Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbek tiliga davlat 
tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi”// 2019- yil, 
21- oktyabr// http: //uza.uz/oz/politics 
2. https://kun.uz/news/2019/08/27/bunday-ona-tili-talimi-oʻzimizni-aldashdan-boshqa-
narsa-emas-tilshunos-olim-bilan-suhbat 


409 
3. Агаджанян 
С.А. Вербальная коммуникация «врач – пациент» в 
функционально-стилистическом аспектк (на материале английского языка) // 
дисс…канд… наук. – Москва // 2018. – 177 с.;
4. Omonturdiyev А. Professional nutq evfemikasi. – Toshkent: Fan, 2006. – 232 b. 
5. Ernazarov T. Shifokor deontologiyasi va tibbiy axloq.// – Toshkent: Fan // 2005. –
118
6. Hojiev А. Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. – Toshkent: OʻzME, 2002. 164 

 
 
Xalq maqollari mualliflik variantlarining badiiy nutqdagi oʻrni 
The meaning of the author's discrepancy (variation) of folk proverbs in artistic speech 
 
Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovna
*
*
 
Annotation. 
This article comprehensively examines the meaning of the author's 
discrepancy (variation) of folk proverbs in artistic speech. Along with this, with the help of 
examples, the solution of the peculiar aesthetic tasks of folk proverbs in the artistic speech of 
writers and poets is revealed. 
 
Key words:
 proverbs, sayings, artistic speech, artificial language, national color, artistic 
and aesthetic task, intertextual. 
Xalq maqollari yozuvchi va shoir nutqida oʻziga xos vazifa bajaradi, badiiy asarning 
estetik qimmatini oshiradi, yozuvchiga fikrini yorqin ifodalashga yordam beradi, kitobxonga 
yozuvchi maqsadini aniqroq tushunish imkonini yaratadi. Y.Jigarina maqolning badiiy-estetik 
vazifasini “… masal yoki boshqa axloqiy-tarbiyaviy bir hikoyaning qisqartirilgan mazmuni” 
sifatida baholaydi. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy 
til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma davrlarda soʻz san’atkorlarining 
diqqat markazida boʻlgan. 
N.Mahmudov til bajaradigan vazifalar haqida shunday yozadi: “Til fikrni ifodalash, 
dunyoni bilish, bilim-tajribalarni toʻplash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy 
munosabatlarni aks ettirish, goʻzallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni 
bajaradi. Tilni faqat kishilar oʻrtasidagi aloqa vositasi sifatida talqin etish insonning tabiiy tilini, 
bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami joʻnlashtirishdan, aniq bir milliy 
qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mosuvo boʻlgan sun’iy tilga (masalan, esperanto kabi) 
tenglashtirishdan, yoʻl harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “til”ga 
baravarlashtirishdan boshqa narsa emas... Holbuki, odamlar til vositasida tuygʻu va 
kechinmalari, quvonch va qaygʻulari, hayrat va hayronliklari, qalbdagi huzurlari kabi xilma-xil 
sezgilarini ham ifodalaydilarki, bu hamisha ham sof kommunikativ maqsadlarni koʻzda 
tutmaydi... Estetik vazifa tilning asosiy kommunikativ vazifasini qulaylashtiradi, uning 
imkoniyatlarni boyitadi. Til va nutq ayni shu estetik vazifasi bilan ifodalilik hamda ta'sir 
quvvatini namoyon etadi”. I.V.Arnold muayyan matnda aynan yoki qisman oʻzgartirilib, qayta 
ishlanib kiritilgan boshqa matnlar yoki ularning qismlarining mavjudligini “intertekstuallik” deb 
nomlaydi. M.Yoʻldoshev: “Muayyan badiiy matn tarkibida oʻzga matnlarga daxldor unsurlarning 
mavjudligi shu matnning intertekstualligidir... Har qanday badiiy matn intertekstual boʻlishi shart 
emas, bu yozuvchining badiiy maqsadi, uslubi bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Boshqacha 
qilib aytganda, badiiy matnga olib kiriladigan har qanday boshqa matn yoki uning unsuri asosiy 
matn mazmuni va lisoniy qurilishi bilan uygʻunlashib, yozuvchining estetik niyati roʻyobi uchun 
xizmat qiladi”, - deb ta’kidlaydi. 
*
*
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona politexnika instituti, turdaliyevadilfuza79@com


410 
Ana shu estetik vazifa hamda ta’sir quvvatini quyida badiiy asarlardan olingan parchalar 
misolida koʻramiz. Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi mazkur parchadagi 
maqolning yozuvchi maqsadini ifodalash imkoniyatini kuzataylik. 
Onamiz norozi boʻldi. Beti burishib-burishib ogʻrindi. Labini burib mingʻilladi: 
- Otimnimam… otdan mashina yaxshi… - dedi. 
- Mashina nimam? 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish