Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
periphrasis, figurative expression, social, communication, national-ethnic, 
language, linguistics, vernacular, culture, attitude.
 
*
*Buxoro davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, 
u.s.ahmadova@buxdu.uz
 


419 
Kishilik jamiyati taxminan ikki million yillik murakkab tarixga ega boʻlib, jahondagi har 
bir xalq, millat, elat asrlar silsilasining muayyan davrlarida shakllanib, oʻziga xos ijtimoiy 
taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtganki, bu bevosita oʻzbek millatiga ham tegishli. Tarixdan ma’lumki, 
dunyodagi har bir millatning, jumladan, oʻzbeklarning ham tafakkuri, ruhiy qiyofasi oʻziga xos 
tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois uning jamiyatda sodir 
boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga boʻlgan munosabati ham turli 
boʻlishi shubhasiz. Zero, milliy oʻziga xosliklar asrlar davomida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
jarayonlar, tabiiy geografik oʻrnashuv, oʻzaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida 
qaror topadi; xalqning ruhiy karashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar 
shakllanadi. Xalq, millat, elat hayotida roʻy bergan istalgan oʻzgarishlar: yuksalishlaru 
evrilishlargacha barcha-barchasi tilda oʻz aksini topadi. 
Til xalqning bebaho mulki, nodir va nozik boyligi ekanligi ma’lum. Unda xalqning 
dunyoqarashi, ruhiyati, takomil tadriji, asrlarga tengdosh tarixi, xullas, millatning butun boʻy-
bastiyu aqliy-ma’naviy olami qatrada quyosh aks etganiday oʻz tajassumini topadi.
 
Tilning muhtasham xazinasida tasviriy ifodalar deb umumlashtiriladigan muhim bir qatlam 
borki, u xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tegishli hududning geografik va iqlim 
xususiyatlari, qisqasi, butun xalqning milliy-etnik jihatlari haqida ishonchli ma’lumotlar beradi. 
Kuzatishlarimiz asosida ayta olamizki, oʻzbek milliy perifrazalari etnik jihatdan ham 
farqlanadi. Bu farqlanish asosida uning quyidagi tiplarini ajratish mumkin: 
1. Qavm-sulolaviy asoslarga koʻra tiplar. 
2. Madaniy-estetik darajalarga koʻra tiplar. 
3. Etno-hududiy tiplar. 
4. Diniy konfessional tiplar. 
Quyida biz mazkur tiplarning qavm-sulolaviy asoslarga koʻra
 
xususiyatlari xususida 
batafsil toʻxtalishga harakat qilamiz. 
Jahon tilshunosligida, shuningdek, oʻzbek tilshunosligida ham perifrazalar borasida koʻplab 
tadqiqotlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramay nutqdagi mazkur voqelik hali me’yor 
darajasida oʻrganilgani yoʻq. Jumladan, «Perifraza qaysi sath birligi?» degan savolga hamon 
asosli javob qaytarilmaganligi, hozirgacha ularning idiomatik ma’noli turi frazema nomi ostida, 
nominativ xususiyatiga koʻra leksikologiya tarkibida yoki shaklan soʻz birikmasining alohida 
koʻrinishi tarzida oʻrganilib kelinayotganligining oʻziyoq bu borada talay chalkashliklarni 
keltirib chiqarmoqda. Hatto tarkibida idiomatik ma’no kuzatilmaydigan perifrazalarni tarkibli 
atama va murakkab terminlar paradigmasiga tegishli sof turgʻun soʻz birikmalari maqomida 
talqin etish hollari ham uchraydi [Shodiyev, 2017: 20-30]. 
Perafrazalarning sintaktik tabiati, komponentlari oʻrtasidagi munosabat masalalari tadqiqi 
ham oʻz yechimini kutmoqda. Oʻzbek milliy perifrazalarining etnik tiplari haqida ham shunday 
deyish oʻrinli. Perafrazalarning qavm-sulolaviy asoslarga koʻra tiplarini ajratishdan avval
qavm, 
sulola
soʻzlarining lugʻaviy ma’nosiga biroz e’tibor qaratamiz. «Oʻzbek tilining izohli lugʻati» 
(OʻTIL)da qavm soʻziga shunday izoh berilgan:
QAVM (arabcha – xalq, millat; kishilar toʻdasi, guruhi). 1. Bir avloddan tarqalgan, oʻzaro 
qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan kishilar birlashmasi; urugʻ, aymoq, qabila. 
Garchi 
sizning qipchoq qavmiga mansubiyatingiz boʻlsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga 
unutilmaslik... xizmatlar qildingiz 
(A.Qodiriy, Oʻtkan kunlar). 
2. 
Din.
Bir masjidda ibodat qiluvchi kishilar, bir masjidning nomozxonlari va ularning har 
biri. 
Jilovxonada namoz kutib oʻtirgan qavmlar ichida Samad boʻqoq, Shukur soʻfilar ham 
koʻrinar edilar.
(A.Qodiriy, Mehrobdan chayon). 
3. Kishilarning ma’lum bir ish va b. jihatdan boʻlgan birligi, guruhi; toifa.
Haligi 
qavmdagi mualliflar endi oshkora oshna-ogʻaynigarchilik, loʻttibozlik, guruhbozlik yoʻliga oʻtib 
oldi
(Gazetadan). 


420 
4. «Qatorida» ma’nosini bildiradi. ...
Zokir temirchi gʻoziyningqilichidan oʻlgan, shuning 
uchun u kofir qavmida ketgan emish 
(S.Anorboev, Oqsoy) [`OʻTIL, 2007: 7]. 
Jahon ilm-fani, xususan, oʻzbek, yapon, xitoy olimlari tomonidan soʻnggi yillarda olib 
borilgan izlanishlar kuch, qudrat, yetuklik, ulugʻvorlikni anglatuvchi «turk» atamasi bundan 
kamida 3000 yil burungi bitiklarda tilga olinganini isbotlamoqda. Biz turkiy qavmlarning kelib 
chiqish tariximiz esa undan-da qadimiyroqdir. Turkiy tilshunoslik ilmini XI asrdayoq boshlab 
bergan, «Devonu lugʻotit turk» asari bilan butun dunyoda shuhrat qozongan Mahmud 
Koshgʻariy turkiylarga koʻrkamlik, yoqimlilik, odoblilik, kattalarga hurmatda boʻlish, soʻzining 
ustidan chiqish, kamtarlik, botirlik xosligini hamda tili boyligini alohida urgʻulab oʻtgan edi. 
Turkiy xalqlarning kishilik tarixidagi oʻziga xos oʻrni va ulkan ta’sirini hech kim inkor 
etolmaydi. Alp Er Toʻnga (Afrosiyob), Tomir xotun (Toʻmaris), Jaloliddin Manguberdi, Amir 
Temur, Saroymulkxonim (Bibixonim), Sulton Sulaymon singari bir qavmga xos buyuk 
shaxslarni bilmagan, ular haqida eshitmagan kishi kamdan-kam topilsa kerak. Shu bilan birga, 
turkiy xalqlarning kishilik tarixidagi kuch-qudrati, yetuklik va ulugʻvorligi oʻtmishdagi buyuk 
davlat arboblari, sarkardalari, saltanatlari bilangina emas, balki, eng avvalo, oʻz yurtlari 
barobarida butun insoniyat yuksalib borishiga tengsiz va ulkan ulush qoʻshgan olimu fozillar 
iste’dodi va mehnati orqali belgilanadi, desak, adashmaymiz.
SULOLA
(arabcha – nasl, zot, zurriyot; avlod, bolalar; urugʻ, oila). 1. Bir avloddan 
tarqalib, vorislik, valiahdlik huquqiga asosan birin-ketin taxtga oʻtirgan podshohlar, amirlar, 
xonlar va sh.k.; dinastiya. – 
Somoniylar sulolasi. Gʻaznaviylar sulolasi... 
2. Ish-faoliyat an’analarini, mahorat sirlarini davom ettiruvchi avlod, nasl.
Hindiston 
kinematografiyasining dovrugʻiga dovruq qoʻshayotgan san’atkorlar orasida Kapurlar sulolasi 
alohida ajralib turadi 
(Gazetadan) [ OʻTIL, 2007: 585]. 
Demak, qavm ham, sulola ham qon-qarindoshlik asosida birlashishi yoki qon-qarindosh 
boʻlmasa-da, muayyan faoliyat, kasb-kor, an’anani bajaruvchilar, davom ettiruvchilar sifatida 
muayyanlashishi mumkin ekan. Biz tahlilga tortgan oʻzbek milliy perifrazalari yuqori tabaqali 
qavmlar, sulola vakillari, shuningdek, oddiy mahalliy 
qavmlar nutqida farqlanishini kuzatamiz. 
Chunonchi, Shoirlar qavmiga tegishli ulugʻ ajdodlarimiz – hazrat mir Alisher Navoiy, 
Boborahim Mashrab, Zahiriddin Muhammad Boburlarning nomlariga nisbatan qoʻllanilgan 
perifrastik birliklar turli davrlarda paydo boʻlgan yoki keng iste’molga kirgan boʻlsa-da, ularning 
bizgacha yashab kelayotganligi fikrimizni dalillaydi.
Husayn Boyqaroning
«
Risola
»
sida ham hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi,
xususan, she’riyati hamda 
«
Xamsa
»
 asariga yuksak baho berilib, buyuk shoir 
«

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish