Tili va adabiyoti universiteti


Jahon va oʻzbek tilshunosligida korpus lingvistikasining tadrijiy taraqqiyoti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Jahon va oʻzbek tilshunosligida korpus lingvistikasining tadrijiy taraqqiyoti 
Progressive development of corporate linguistics in world and uzbek linguistics 
 
Eshmuminov Asqar Allamurodovich
*
*
 

Annotation.
The article puts forward the views on the Corpus, the history of Corpus 
linguistics, the creation of linguistic corpora. 
Key words:
Corpus, corpus linguistics, corpus types, problems of creating a national 
corpus of Uzbek language 
 
Korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasining mustaqil boʻlimi, lingvistik korpuslar 
(matn korpuslari)ni tuzish va undan foydalanish tamoyillarini kompyuter texnologiyalarini 
qoʻllagan holda ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. U XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 
*
*
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, TerDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, 
easqar@list.ru
 


389 
tilshunoslikning alohida sohasi sifatida rivojlana boshladi. Korpus borasida fanda oʻziga xos 
ilmiy qaydlar mavjud. Ya’ni uni ilmiy apparat bilan ta’minlangan matnlarning elektron 
jamlanmasi sifatida tushunish, shuningdek, “matn korpusi” tushunchasi ostida shakllanayotgan 
korpus lingvistikasiga ishora berish; “ijtimoiy-gumanitar izlanishlarga moʻljallangan, oʻz 
qurilishi va razmetkasiga ega boʻlgan elektron shakldagi lisoniy ma’lumotlar koʻlami”, “nutqiy 
faoliyatning murakkab qurilishga ega boʻlgan ontologiyasi” tarzida anglash kuzatiladi. 
Murakkab lisoniy butunlik sifatida korpus oʻzida nutqiy/lisoniy manbaning tarkibiga doir keng 
hajmli axborotni saqlabgina qolmay, shu axborotni taqdim etishning formal usullari (soʻzlarni 
indeksatsiyalash, morfologik ma’lumot va b. singarilar) ni ham jamlaydi. Shunga mos tarzda, 
korpusni maxsus qurilgan semiotik tizim qabilida sharhlash ham mumkin.
 
Korpus lingvistikasi matn korpuslari tahlili bilan shugʻullanuvchi fan sifatida Gʻarbiy 
Yevropa va AQShda 1960-yillar oxirida vujudga keldi. Kompyuter va axborot-kommunikativ 
texnologiyalarining shiddatli rivoji natijasida 1980-yillar oʻrtalarida turli til va hajmdagi korpus 
loyihalari yaratildi. Bu davrda korpus lingvistikasida erishilgan natijalar til oʻqitish jarayoniga 
keng tatbiq etila boshlandi, jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida korpus lingvistikasi 
boʻyicha yaratilgan loyihalar amaliyot va kun mavzusiga aylana bordi. Bu orqali korpus 
yondashuvning tarixiy, geografik, ijtimoiy variatsiyasi va uning lisoniy tizimdagi oʻzgaruvchan 
shakllarini namoyon etuvchi optimal tabiati ochila bordi. Bu, oʻz navbatida, lingvistik tahlilning 
korpusga asoslangan usullarga doir asosiy tamoyillarni oʻzlashtirish imkonini yaratdi.
 
Korpus lingvistikasining rivoji, korpuslarning yaratilish masalasi oʻz kelajak taqdiriga 
qaygʻuradigan millatlar uchun dolzarb masalalardan biri. XX asrning birinchi yarmida milliy 
korpusni faqat qoʻlbola usulda tuzish imkoni mavjud edi. Bu esa uzoq muddat va koʻp xarajat 
talab qilardi. Shu sababli matn korpuslarini yaratishga u qadar roʻyxushlik bilan yondashilmas, 
unga qoʻl urilishi ham koʻpchilik tomondan bildirilgan qiziqish evaziga sodir boʻlardi. Yuqorida 
ta’kidlangani kabi, axborot-kommunikativ texnologiyalar taraqqiyoti bilan korpusga aloqador 
materiallarni sinxronlashtirish va tizimga solish ishlari osonlashdi, xarajatlar ham shunga koʻra 
kamaydi. 
 
Korpus lingvistikasining rivoji jamiyatga mislsiz foydani va’da qiladi: holbuki, unda 
gumanitar va texnika fanlariga oid koʻplab ijobiy jihatlar oʻzaro birlashadi. Biroq yaqin yillarda 
shakllangan fan sifatida korpus lingvistikasi hali toʻlaqonli mustaqillikka erishgan, 
takomillashgan fan hisoblanmaydi. Chunonchi, qator olimlar korpus lingvistikasini an’anaviy 
tilshunoslikning sohasi sifatida sharhlaydilar va tushunadilar. Bunda ular korpus lingvistikasini 
nazariy asosdan xoli, faqat amaliy jihatlardan tarkib topgan fan, deya izohlaydilar. Ularning 
fikricha, korpus materialni qayta ishlashning optimal usuli, yangi informatsion resurs. 
Vaholanki, tilshunoslikning amaliyot bilan bogʻlangan har qanday sohasi oʻz predmeti, usuli va 
nazariyasiga ega fan sifatida mavjud boʻla oladi, busiz korpus lingvistikasining terminologik 
apparati shakllanmasdi ham. 
 
Aslida, korpus lingvistikasining vujudga kelishida XIX asr oʻrtalaridagi lingvistikaga 
boʻlgan ratsional (toʻgʻri va notoʻgʻri konstruksiyalarni farqlashga xizmat qiluvchi lingvistik 
ichki hissiyotga asoslanadi) va uning ketidan empirik (kommunikatsiya uchun qulayliklar 
majmuasini taqdim etuvchi resurs – zaхira) yondashuvning ta’siri bor. Bugungi kunda korpusni 
tuzishda qoʻllanadigan texnologiyalarning dastlabki koʻrinishlari hali kompyuterlar kashf 
qilinmagan davrda – XVIII – XIX asrlarda yaratilgan. Tilni qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtai 
nazaridan tekshiruvchilar tomonidan ulkan miqdordagi matnlarni bobo tilga chiqib borish 
maqsadida oʻrganish ham korpus lingvistikasining ildizlari sifatida baholanadi. Korpus 
lingvistikasining rivojiga xizmat qilgan bosqichlarning yana biri – sotsiolingvistik tadqiqotlardir. 
Negaki, XIX asrdayoq olimlar dialektlarning xaritalarini tuzish asnosida dialektlararo 
munosabatlar toʻplamini yarata boshladilar. Binobarin, bu ishda korpusga tegishli dastlabki 
tamoyillarning qoʻllanilgani, shubhasiz.
 


390 
Bugungi kunda esa korpus lingvistikasining bor shiddat bilan taraqqiy etishiga toʻsiqlar 
deyarli mavjud emas, deb hisoblasa boʻladi: butunjahon internet tizimining rivoj topishida 
korpusga aloqador hajm va koʻlam masalalari oʻz-oʻzidan barham topa bordi. Shuningdek, 
Shimoliy va Gʻarbiy Amerikadagi axborot texnologiyalarining rivoj topishi, oʻz navbatida, XX 
asr 60-80 yillar Britaniya korpus lingvistikasining istiqbollariga keng yoʻl ochdi.
 
Umuman, XX asrda rivoj topgan korpuslarning xossalarini quyidagi jadval orqali 
koʻrsatish mumkin. Bundan tashqari, Britaniya milliy korpusidan ilhomlanib yaratilgan rus 
milliy korpusi ham oʻz ichiga 163 mln. (bugungacha esa 500 mln.) tarixiy va zamonaviy 
qatlamga tegishli soʻzlarni kiritganligi bilan mashhur.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish