Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

gʻarbiy turkiy tillar

bulgʻor, 
oʻgʻuz, qipchoq, quman, saljuqiy, usmonli turk, turkman, chuvash, gagauz, ozarbayjon,
qaraim, qumiq 
tillari; 
sharqiy turkiy tillar:
oʻrxun-enasoy, qadimgi uygʻur, uygʻur, qarluq, 
tatar, boshqird, qozoq, noʻgʻay, qoraqalpoq, oʻzbek, qirgʻiz, oltoy, tuva, xakas, shor, yoqut
tillari [2]. Har bir guruh oʻz ichida yana kichik guruhlarga ajratilgan.
 
V.V Radlov, F.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditskiy, G.Ramstedtlar ham 
turkiy tillarni geografik joylashish oʻrniga koʻra tasniflagan. A.Samoylovich turkiy tillarni 
fonetik xususiyatlariga koʻra tasnif qilgan. A.Samoylovich tasnifida turkiy tillarning fonetik 
jihatdan oʻzaro farqlanishi ham koʻzga tashlanadi [6,184]. 
Tabbert-Stralenbergni Paltava guberniyasi va Sibirda yashagan turkiy qabilalar tilidagi 
yaqinlik qiziqtirgan boʻlsa, 1733-1743-yillarda tarixchi va etnograf olim G.F.Myuller Sibirda 
yashaydigan elatlarning til xususiyatlari haqida boy material toʻpladi, “Tatar tili va boshqa Sibir 
dialektal soʻzlari toʻplami” nomli lugʻatini tuzdi. Mazkur lugʻatdan boshqird, chulim tatarlari, 
teleut, shor tillari, Abakandagi xakas, Sibirdagi buxoroliklar va yoqut tiliga mansub soʻzlar oʻrin 
olgan. Lugʻatda yuzdan ortiq turkiy soʻzlarning qiyosiy jadvali berilgan. Masalan, 
qor
soʻzining 
12 turkiy tildagi varianti keltirilgan: qangli. 
buran
, boshq. 
kar
, tuv. 
kar
, tobol. 
kar,
chat. 
kar,
tomck. 
kar
, teleut.
 kar
, kuznetsk. 
kar
, xakas. 
xar
, buxor. 
qar,
yoq. 
čarr.
Turkiy tillarning nisbatan mukammal qiyosiy grammatikasi, asosan, XIX asrning ikkinchi 
yarmida Rossiya fanlar akademiyasi hamda Sankt-Peterburg tilshunoslik instituti olimlari 


324 
tomonidan yaratildi. Mahmud Koshgʻariy, N.A. Baskakov, B.A. Serebrennikov, N.Z. Gadjiyeva, 
A.M. Sherbak, E.R. Tenishev, L.S.Levitskaya, L.A.Pokrovskaya kabi olimlarning izlanishlari 
natijasida turkiy tillarning mukammal qiyosiy-tarixiy grammatikasi shakllandi.
Turkiy tillar grammatikasi, xususan, sintaktik tizimi ham eng qadimgi oltoy bobo til 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Buni oʻzbek va koreys tili gap qurilishidagi boʻlaklarning oʻrni 
va munosabatini qiyoslash asosida ham kuzatish mumkin. 
Koreys tili ham oltoy tillari oilasiga mansub boʻlib, oʻzbek va koreys tili grammatikasidagi 
oʻxshashliklar turkiy tillar va koreys tili oʻrtasidagi eng qadimgi yaqinlik ildizlarini koʻrsatib 
turadi. Chunki koreys tili va turkiy tillarda asosiy xabar kesimda mujassamlangan boʻladi. 
Gapdagi boshqa barcha boʻlak olib tashlansa ham, mazkur xabar saqlanadi. Gap boʻlagi uning 
kesimini aniqlashdan boshlanadi. Gap boʻlagining turi, odatda, bir-biriga nisbatan olinadi: hol va 
ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, toʻldiruvchi toʻldirilmishga nisbatan. 
Umuman, qolgan barcha boʻlaklar kesimga bevosita yoki bilvosita bogʻlanadi. Shuning uchun 
kesim gapning grammatik markazi, deyiladi. Koreys tilida ham kesim gap boʻlaklarini 
belgilaydigan qism boʻlgani uchun gap markazi hisoblanadi. Gap boʻlagini ajratishda asosiy 
belgi – ular orasidagi sintaktik aloqa. Oʻzbek tilida gap boʻlaklari beshta: ega, kesim, 
toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol. Koreys tilida gap boʻlaklari soni yettita: [
juo], [sosulo], 
[moʻkjogo], [boʻo], [kuanhyungo], [ busao], [donglibo]- 
[5,17]. Beshta gap boʻlagidan 
tashqari kiritmalar va undalmalar ham hisobga olinadi. Koʻrinib turibdiki, har ikki tilning gap 
boʻlaklari ma’lum jihatdan bir-biriga oʻxshash. Bu oʻxshashlik mazkur tillarning uzoq oʻtmishda 
bir bobo til – asos til negizida shakllanganidan dalolat beradi. Har ikki tilning gap boʻlaklari 
oʻrtasidagi farqli jihatlar bu tillarning davrlar mobaynidagi mustaqil taraqqiyoti natijasidir.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish sohasida bir qator 
izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar 
boʻlimi, uning Sankt-Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar 
fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini oʻrganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar yaratildi. 
Turkiy tillar tarixini oʻrganishda ikki yoʻnalish – tarixiy grammatika va adabiy tillar 
tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60-70- yillarda turkiy tillar tarixi boʻyicha bir 
qancha monografiyalar, darsliklar, qoʻllanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va 
diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, 
leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir 
izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qoʻllanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar e’lon qilindi. 
Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar oʻrganildi, nashr etildi. 

Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperimental-fonetik 
tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik sistemasi (unli va undosh tovushlar tizimi), 
aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi 
boʻyicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda 
tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lugʻatlarda 
turkiy boʻlmagan til (masalan, rus tili)ning leksik-grammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi 
orqali aks ettirish, koʻchma ma’nodagi soʻz va iboralarni tarjima qilish, old qoʻshimcha 
(prefiks)li soʻzlarning turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har 
jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, soʻz turkumlarining leksik-semantik, morfologik va 
sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos 
kategoriyalar oʻrganildi. Turkiy tillar sintaksisi boʻyicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 
Soʻz birikmalari, sodda va qoʻshma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi. 
Turkiy tillar dialektologiyasi turkologiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 
Turkiy tillar dialektologiyasi masalalariga bagʻishlangan ilmiy konferensiyalarning muntazam 
ravishda oʻtkazilishi, “Turkiy tillar dialektologiyasi masalalari” toʻplamining nashr etilishi 


325 
dialektologiyaning turkiy tillar fonetik, leksik, grammatik sohalariga doir masalalarni hal 
qilishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. 
Turkiy tillarning sheva va lahjalari monografik tarzda oʻrganilganligi sababli turkiy 
tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun muhim qiymatga ega boʻlgan fonetik, grammatik 
va leksik xususiyatlar aniqlandi. Turkiy tilli respublikalarning dialektologlari tomonidan 
dialektologik atlaslarning tuzilishi soha taraqqiyotidagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Turkiy 
tillarning sheva va lahjalari boʻyicha toʻplangan faktik materiallar asosida bir qator lugʻatlar 
ham tuzilgan.
Qayd etilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlar turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy 
grammatikasi masalalariga doir manbalar sifatida ahamiyatlidir. 
Keying yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng 
qadimgi sugʻd, koʻk turk (oʻrxun-enasoy, turkiy run), eski uygʻur (turk) yozuvlaridagi 
yodgorliklarga oid izlanishlar olib borilmoqda. Koʻk turk xoqonligi davrida yaratilgan Bugʻut 
mangutoshi, uning tiklanish tarixi, yodgorlikda saqlanib qolgan sugʻdcha bitik talqini, sugʻd 
tilidagi arablar istilosi bilan bogʻliq nazariy qarashlar, koʻk turk bitiklari, koʻk turk yozuvining 
oʻziga xos jihatlari, imlo xususiyatlari, koʻk turk xatida bizgacha yetib kelgan Toʻnyuquq, 
Oʻngin, Kul tegin, Bilga xoqon, Suji bitiklarining matni talqini, turkiy yozma yodgorliklar 
asosida rasmiy uslubning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, hujjat turlari haqida muhim 
ma’lumotlar qayd etilgan [5,116]. 
Hozirgi kunda turkiy tillarning qadimgi davrini oʻrganishga doir tadqiqotlar ham amalga 
oshirilmoqda. Shunga qaramay, turkiy tillar tarixida aniq yechimini topmagan, hozirgacha hal 
qilinmagan murakkab va dolzarb masalalar koʻp. Turkiy adabiy tillar tarixini davrlashtirish, 
oʻzaro qiyoslash, umumturkiy taraqqiyot bosqichidan keyingi rivojlanish jarayoni, turkiy tillar 
dialektlari oʻrtasidagi munosabat, oʻxshash va farqli jihatlarni tahlil qilish masalalari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu muammolarni turkiy adabiy tillar grammatikasini qiyoslash, umumxalq 
turkiy soʻzlashuv tili hamda adabiy kitobiy tilning turli tarixiy davrlardagi uslubi, ichki – 
intralingvistik omillarning oʻrni, tashqi – ekstralingvistik omillar ta’siri, yozuvning ahamiyati va 
xalqning madaniy taraqqiyot saviyasini nazarda tutgan holda hal qilish maqsadga muvofiq.
Qadimgi turkiy qabilalardan boʻlgan xunlar, xazarlar, bulgʻorlar tili hamda chuvash, 
yoqut tillari aloqadorligi masalalari ham oʻz yechimini kutmoqda. Bu masalalarni ijobiy hal 
qilishda oʻrxun-enasoy yozuvidagi bitiktoshlardan oldingi davr manbalaridagi faktik 
materiallarga ham murojaat etish zarur boʻladi. 
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bu tillarning boshqa tillar bilan 
aloqadorligini oʻrganish muammosini hal etishda ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadim 
zamonlardan beri hind-yevropa, fin-ugor, semmit, moʻgʻul va boshqa xalqlar bilan yondosh 
holda yashagan va oʻzaro munosabatda boʻlgan. Xalqlar oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar 
tilda oʻz ifodasini topadi. Tadqiqotlar jarayonida boshqa tillarning turkiy tillarga ta’sirini 
oʻrganish bilan bir qatorda, turkiy tillarning german, roman, slavyan, moʻgʻul, fors-tojik kabi 
qardosh boʻlmagan tillarga ta’sirini tekshirish, tadqiq qilish, substrat holatlarni aniqlash ham 
muhimdir. 
Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari tarixiy taraqqiyot jarayonini ifoda etadi.
 
Fonemalar singari morfologik birliklar ham sodda va murakkab birliklarga boʻlinadi. 
Morfemalar sodda morfologik birliklardir. Murakkab morfologik birliklarni analitik soʻz 
shakllari tashkil etadi. Turkiy tillarda grammatik ma’no quyidagi usullar orqali ifodalanadi. 
1. Elementar morfologik birliklar. Elementar morfologik birliklar boshqa tillardagi shu 
shakllardan farq qiladi. Ularning oʻziga xosligi agglyutinatsiya bilan bogʻliq. Agglyutinativ
tillardagi affikslarda mustaqil soʻzlarning izlari koʻrinadi, ya’ni koʻpgina affikslar mustaqil 
soʻzlardan yuzaga kelgan. Bunday soʻz shakllarining prototiplari soʻz birikmasi (sintaktik 
birikmalar) boʻlgan. Natijada hokim soʻz oʻzak morfemaga, tobe soʻz affiksal morfemaga 
aylangan. 


326 
2. Agglyutinativ usulda grammatik ma’no ifodalash bilan birga, fleksiya asosidagi 
shakllar ham voqelanadi (ichki fleksiya). Masalan: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish