Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasining taraqqiyot xususiyatlari
Development features of comparative-historical grammar of turkish languages
Xolmanova Zulxumor
*
Annotation:
The article discusses the importance of comparative and historical grammar
of Turkic languages in the study of phonetics, lexicon, morphology and syntax of Turkic
languages. The phonetic compatibility of the Turkic, Mongolian, Tungus-Manchurian languages,
which are based on the Altaic language, and the commonalities of the Korean grammar with the
Altaic languages, which belong to this language family, were discussed.
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti universiteti professori, filologiya
fanlari doktori; xolmonova@navoiy-uni.uz.
322
Key words:
ancestor language, language family, Altaic language family, language
groups, Turkic language group, genetic brotherhood, language classification, classification
criteria, genealogical classification, eastern Turkic languages, western Turkic languages.
Til oilalarini oʻrganish qadim davrlardan tilshunoslarning dastlabki e’tiborida boʻlgan.
Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A.
Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование
алтайских языков”, N.P. Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari
shular jumlasidandir.
Bir qator turkologlar tadqiqotlarida oltoy tillarining genetik jihatdan qarindosh ekanligi
asoslangan. J.Deni “Dunyo tillari” kitobida turkiy, moʻgʻul, tungus-manchjur guruhiga kiruvchi
tillarning quyidagi umumiy belgilarini koʻrsatadi:
1. Fonetik sathda: unlilar uygʻunligi, soʻz boshida sonor tovushlarning ishlatilmasligi,
soʻzda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi, soʻz oxiridagi
n
tovushining beqarorligi.
2. Morfologik sathda: grammatik rodning yoʻqligi, oʻzakning mustaqil ma’no anglatishi,
agglyutinativ xususiyatga egaligi; suffiksal xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yoʻqligi,
predloglar oʻrnida koʻmakchilarning qoʻllanishi, grammatik son – birlik va koʻplikning
mavjudligi.
3.Sintaktik sathda: gapning muayyan qurilishga egaligi, son bilan ifodalangan
aniqlovchilarda sonda moslashuvning uchramasligi, soʻroq ma’nosining ifodalanishida
yuklamalarning qatnashishi, aniqlovchi vazifasida keluvchi sifat, son, olmoshlarning
aniqlanmishga muvofiq oʻzgarmasligi va h.k.
4.Leksik sathda: lugʻat tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir boʻgʻinli soʻzlarda
mushtaraklikning yaqqol sezilishi, boshqa tillar ta’sirida leksikaning oʻzgarishi va shu kabilar.
Oltoy tillariga mansub boʻlgan turk, moʻgʻul, tungus-manchjur va koreys tillarining
genetik aloqalarini oʻrganish davom etmoqda. Bu borada tadqiqotlar yaratilmoqda.
Turkologiya sohasidagi ilk tadqiqotchilardan biri Filipp fon Stralenbergdir. U oʻn uch yil
davomida Sibirdagi qavmlarning ijtimoiy hayoti va tillariga doir “Tatar tillari” nomli asar
yaratdi. Bu asari bilan Ural-oltoy maktabiga asos soldi. Stralenberg turkiy qavmlarni “Kichik
Tatariston” va “Katta Tatariston” kabi nomlar ostida ikki hududiy guruhga ajratgan. Asarga ilova
qilingan “Poliglotta tabulasi” jadvalida qalmiq, tatar tillariga oid soʻzlar bilan bir qatorda
moʻgʻul, tungus soʻzlari ham keltirilgan. “Tabula” oʻttiz ikki “Tatar” (bu ta’bir Stralenbergniki –
Х.Z.) sheva va lahjalari haqida bahs yuritadi. Bu jadvalda har lahja va shevaga doir hisob
raqamlari bilan bir qatorda “teŋri”, “gök” kabi oʻttiz beshta turkiy soʻz ham berilgan.
“Tabula”da qayd etilgan oʻttiz ikki til, dastavval, olti guruhga ajratilgan:
1. Fin-ugor (muallif izohiga koʻra “uygʻur”): major, fin, vogul, cheremis, permyak,
votyak, ostyak.
2. Turk-tatar: tatar, yoqut, chuvash.
3. Samodiy.
4. Moʻgʻul-manchjur: qalmiq, manchjur, tangut.
5. Tungus: tungus, kamasin, arin, koryak, kuril.
6. Qoradengiz va Xazar dengizi oʻrtasidagi xalqlar tili.
Stralenberg asarida turkiy xalqlar: chuvash, tatar, boshqird, yoqut, turkman, qoraqalpoq,
baraba va xon turklari tillari haqida fikr bildirilgan. Stralenberg yaratgan Ural-Oltoy nazariyasi
XIX asr boshlariga qadar bu sohadagi yagona manbalardan biri boʻlib keldi [4,11].
Olimlar oltoy tillarini oʻrganar ekanlar, birinchi navbatda, ularning tasnifi masalasini hal
qilishga kirishdilar. Koʻplab olimlar tasnifida, xususan, V.Shotta va N. Baskakov ishlarida oltoy
tili uch guruhga boʻlinadi:
1. Turkiy tillar guruhi.
Bu guruhga oʻttizdan ortiq tillarni kiritish mumkin. Shuning uchun
ham N.A. Baskakov turkiy tillar oltoy oilasining katta qismini tashkil qilishini ta’kidlagan.
323
2. Moʻgʻul tillari guruhi. Bu guruhga
qalmiq, xalxa, buryat, moʻgʻul, dunsyan
kabi tillar
kiradi.
3. Tungus-manchjur tillari. Bu guruh boshqalarga qaraganda kichikroq boʻlib,
evenk,
nigedal, xumari, solon, nanay, manchjur, sibin, jurjen
tillarini oʻz ichiga oladi.
Turkiy tillarni ilk bor tasnif qilgan olim Mahmud Koshgʻariy turkiy tillar qurilishini
tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalangan. Yigirmaga yaqın qabila tillaridagi leksik birliklarni
misollar asosida izohlagan. Soʻzning lugʻaviy ma’nosi, qaysi qabila tilida koʻproq uchrashi,
fonetik tuzilishi borasida muhim ma’lumotlar keltirgan. U turkiy tillarning leksik, morfologik va
fonetik xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, oʻxshash va farqli jihatlarini koʻrsatdi. Lugʻatda
turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 atrofidagi soʻzni izohladi.
Koshgʻariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga ajratadi:
1.Sharqiy turkiylar tili. 2.Gʻarbiy turkiylar tili. Birinchi guruhga Bolosogʻun, Koshgʻar
atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular
chigil, qarluq, uygʻur, tuxsi, yagʻmo
kabi
xalq va qabilalar tillaridan iborat edi. Qolgan tillarni ikkinchi guruhga kiritdi.
Mahmud Koshgʻariy qabilalar hayoti va tilini tarixiy asosda yoritdi. Keyingi davrlarda
mavqeyi nisbatan pasaygan qarluqlar, tangutlar, basmil va boshqa qabilalar tili ham devonda
keng izohlangan. Asarda keltirilgan qabilalar leksikasi haqidagi ma’lumotlar tarixiy
jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Mahmud Koshgʻariy ayrim shevalargagina xos boʻlgan
til hodisalarini ham, koʻpchilik qabilalarning umumlashgan til xususiyatlarini ham izchil
ravishda aks ettirdi. Bu ma’lumotlar Oʻrta Osiyo xalqlari tillarining, jumladan, oʻzbek
tilining shakllanishida asos boʻlgan qabila tillarini aniqlashda muhim material boʻlib
xizmat qiladi.
“Devon”da qabilalar tilida soʻz yasalishi masalasi ham yoritildi. Mahmud Koshga‘ariy
til faktlari asosida qabilalarning bir-biriga boʻlgan munosabatini koʻrsatdi, qabilalarning bir-
birlari bilan qoʻshilishi natijasida yuzaga kelgan boshlangʻich xalq tili namunalarini oʻsha
davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida yoritib berdi. Oʻzbeklar, qozoqlar, qirgʻizlar,
turkmanlar, uygʻurlar, tatar va boshqa xalqlarning qadimgi sodda tillari namunalarini
mukammal izohladi. Bu xalqlar devon materiallari asosida oʻzlarining tillari qaysi qabila
tili asosida shakllanganini aniqlash imkoniyatiga ega boʻldilar. Mahmud Koshgʻariy oʻz
davriga xos til xaritasini ham yaratdi [1].
Turkiy tillar tasnifi bir qator mezonlarga asosan amalga oshirilgan.
N.A.Baskakov turkiy bobo tilni ikki guruhga ajratgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |