Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
 
cultural, cultural cooperation,
 
intercultural communication, The Days Gone 
By, Bygone Days. 
 
Madaniyatlararo muloqot – turli madaniyat vakillari oʻrtasida amalga oshiriladigan 
muloqot hisoblanadi [Sadoxin, 2005:78]. Boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishish tarjimon va 
tarjimaning professional muloqot sohasidagi eng muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
"Oʻtkan kunlar" – bu oʻzbek adabiyotidagi birinchi realistik roman hisoblanadi, shu bilan 
birga eng mashhur va eng koʻp oʻrganilgan roman. Olimlar odatdagidek, unda milliy urf-
odatlarning qiyofasini alohida ta'kidladilar, uning xalq dostonlari va oʻtgan asrlardagi sarguzasht 
romanlari bilan yaqinligini ta'kidladilar, unda tasvirlangan voqealarning tarixiy ildizlarini tahlil 
qildilar. Oʻtmishda gʻoyib boʻlgan dunyoni aks ettirgan muallif, goʻyo oʻquvchini oʻtgan vaqt 
ichida aniqlangan ilohiy nurga e'tibor berishga va shaxsni takomillashtirish yoʻlida, ma'lum bir 
rang-barang kontekstda oʻquvchiga berilgan yorugʻlik yoʻliga chaqiradi.
Angliyada sanoat rivojlanishi inglizlarning millat sifatida yanada kuchliroq jipslashishiga 
olib kelgan boʻlsa, AQShning zamonaviy ilm-fan rivojiga qoʻshayotgan hissasi turli millatlardan 
kelib chiqqan xalq vakillariga milliy iftixor tuygʻusini singdiradi. Shu jihatdan kashfiyotlar 
bevosita boʻlmasa-da, bilvosita ma'naviy manba, qolaversa, milliy-ma'naviy taraqqiyot 
sababchilaridan biri sifatida baholanishi mumkin. Zero, xalqaro tarixiy ahamiyatga ega har bir 
kashfiyot milliy gʻurur shakllanishi, va milliy oʻzlikni anglash kabi jarayonlarga turtki boʻladi. 
Bunga misol qilib, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini oladigan boʻlsak, bu roman 
hozirgi kunda chet el tarjimonlari tomonidan ham oʻrganilmoqda. Qodiriy aytilmoqchi boʻlgan 
fikrning mazmundorligi, soʻzning zalvori va jozibasi, xarakterning tabiiyligi, tasvir aniqligi, 
ifodaning tushunarli boʻlishi, uslub ravonligi, ijodkor samimiyati, iste'dodining darajasi kabi 
oʻnlab masalalarni kun tartibiga qoʻyadi. Bundan ma'lumki, oʻzbek asarlari xozirgi kunda turli 
xil tillarga tarjima qilinmoqda va dunyo boʻylab oʻqilmoqda. 
Hozirgi kunda “Oʻtkan kunlar” romani ingliz tilida 3 marotaba tarjima qilindi.
• “The Days Gone by” I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov.-T.: MASHHUR-
PRESS. 2017, - 380 p [Tukhtasinov, 2017: 380]. 
• “DAYS GONE BY” Carol Ermakova. Karimov foundation, 2018, - 349 p [Ermakova, 
2018: 349]. 
• 
“Bygone Days” Mark Reese. Muloqot Cultural Project, 2019, - 661 p [M.Reese, 2019: 
661]. 

Doktorant, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 
kholmurodovamadina599@gmail.com
 


302 
AQSh tarjimoni oʻz nutqida shunday deydi: Kamina Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” 
romani tarjimoni Mark Risman. 15 yildan ortiq vaqt mobaynida oʻzbek hamkasblarim va 
doʻstlarim bilan yaqindan hamkorlikda men bu asarni tarjimasi va tahriri ustida ish olib bordim. 
Oʻtgan ikki hafta ichida men roman mazmunini gʻarb oʻqituvchilariga tanishtirish maqsadida 
Oʻzbekistonning ayrim hududlariga safar qilib, romanda keltirilgan joylarni aniqlashga harakat 
qildim. Ushbu asar oʻzbek xalqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Kitob 1926 yilda bosilgan va 
shuhrat qozongan, ammo tez orada taqiqqa uchragan. Abdulla Qodiriy 1938 yili hibsga olingan 
va qatl etilgan. 1939 yili romanning kuchli tahrirdan oʻtkazilgan yana bir varianti qayta bosildi, 
keyincha u 1950 yillar boshida nashr etildi. Toshkentdagi Abulqosim madrasasining sobiq 
direktori, rahmatli doʻstimiz Abdulaziz Muhammadkarimov bir uchrashuvda menga aytishicha, u 
yoshligida kitob doʻkonida shu asarni sotishga mas'ul xodim boʻlib ishlagan va kitobdan bir 
nusxa sotib olish uchun odamlar kunlab navbatda turishgan. Undan ilgarilari bu kitobga ega 
boʻlish noqonuniy sanalgan, u kimda boʻlsa, qamoqqa tashlangan. Natijada oʻzbeklar qatagʻonga 
uchramaslik uchun asar nusxalarini yashirincha bir biriga berishgan. Kim bu kitob bilan qoʻlga 
tushsa, siyosiy maqsadda ayblanishi, ishdan haydalishi, mansabdan ayrilishi mumkin edi. Bu 
roman Oʻzbekistonda nechogʻli ahamiyatga egaligini ta'riflash mushkul. Men Abdulla Qodiriy 
tugʻilgan kunining 125 yilligiga bagʻishlab 2019 yil apreligacha vebsayt ochish, romanning 
inglizcha tarjimasini bosish, bir mukammal elektron kitob (ebook) tayyorlab, unga musiqa, surat 
va xaritalar kiritishni rejalashtirganman (Hozirgi kunda bu sayt oʻz ish faoliyatini olib 
bormoqda). Shuningdek, gʻarb oʻqituvchilari roman mazmunini toʻlaroq tushunishi uchun 400 ta 
sharh tayyorlaganmiz. Madaniy jihatdan boy boʻlgan bu hujjat nafaqat Oʻzbekiston tarixini, balki 
bugungi kunda oʻzbeklar hayotidagi diniy va ijtimoiy oʻzgarishlar hamda oʻzbeklar tarixini ham 
qamrab oladi. Shu ma'noda 24 yildan beri Oʻzbekiston bilan shugʻullanayotgan kishi sifatida 
aytishim mumkinki, nafaqat Oʻzbekiston xalqini, balki butun Markaziy Osiyo xalqlarini 
tushunish uchun ham bu romanni oʻqishingiz lozim [www.https://youtu.be/V434Zn13Xvk].
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz va chet davlatlari bilan sheriklik 
munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalardagi amaliy koʻmagi, xalqlar 
oʻrtasidagi oʻzaro bir-birini anglash va qoʻllab-quvvatlash, doʻstlik va madaniy hamkorlik 
aloqalarini kengaytirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun sharqshunos olim, "Oʻtkan kunlar" 
asari tarjimoni Mark Edvard Rizni "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi [http://navoiy-
uni.uz/uz/the-translator-of-bygone-days-was-awarded-with-the-order-of-friendship].
Mark Riz — AQShning Vashington universitetida “Markaziy Osiyodagi turkiy tillar, 
xususan oʻzbek tili, jadidchilik va Islom fiqhi” boʻyicha ta’lim olgan. U 23 yillik ish faoliyatini 
Markaziy Osiyoda “Tinchlik korpusi” volontyori sifatida boshladi. Termiz, Samarqand, Qoʻqon 
shaharlarida ingliz tilidan bolalarga dars berdi va oʻqituvchilar malakasini oshirish dasturlarida 
ishtirok etgan. Shuningdek, atoqli oʻzbek adibi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini 
ingliz tiliga tarjima qildi. 
«Men oʻzim va tarjimamni asar qahramoni Otabekka qiyoslayman. U Margʻilon — 
Toshkent oʻrtasida ishq tufayli qatnaganidek, men ham Amerika va Oʻzbekiston oʻrtasida 
“Oʻtgan kunlar” asariga boʻlgan muhabbatim sabab koʻp bora kelib-ketib yurdim. Ushbu asar 
tarjimasi bilan toʻxtab qolmoqchi emasman. Endi Abdulla Qodiriyning oʻz hayotini, ijod maktabi 
haqida ssenariy yozib, badiiy film olmoqchiman. Chunki, Markaziy Osiyoda qanday buyuk 
ijodkorlar, qalam ahli borligini, ular har qanday ogʻir kunlarda ham oʻz maqsadlari, orzu 
umidlaridan, xalqidan voz kechmaganliklarini butun dunyo, jumladan, amerikaliklar ham katta 
ekranlar orqali bilishini juda-juda istayman» (Mark Riz - tarjimon, sharqshunos olim) 
Tarjimonning vazifalari nafaqat axborotni “uzatish” balki “uzatish” va “qabul qiluvchi” 
ikkala tomon ham nima haqida gaplashayotganini tushunishi kerak. Bu tarjima vositasi boʻlgan 
madaniyatlararo muloqotning mohiyatidir [Sareva, 2006]. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, bu 
iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilish yechimi mushkul bir muammo. Ta'kidlash lozimki, 


303 
bu tushunchalar kimdir shunchaki oʻylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan soʻzlar 
emas. 
Shunday qilib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda boshqa madaniyat vakillari bilan 
muvaffaqiyatli aloqalar madaniyatlararo muloqatga ushbu madaniyatlarning oʻziga xos 
xususiyatlarini va amaliy koʻnikmalarini bilmaslik mumkin emas. Mamlakatimiz va chet 
davlatlari bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda hozirgi kunda nodir asarlarimizning 
tarjima qilinishi oʻz samarasini bermoqda. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish