Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

qoʻl 
va
 ushlamoq, 
koʻz 
va 
koʻrmoq, tabib 
va
 davolamoq, oyoq 
va
 yurmoq
singari soʻzlararo suppletiv aloqa mavjud 
va shu sabab bu soʻzlarni lugʻaviy suppletivlar deya izohlaydi.
Professor A.Berdialiyevning assimilyatsiya va dissimilyatsiya singari fonetik 
jarayonlarning izomorfizm qonuniyati ta’sirida tilning lugʻaviy sathida ham boshqacha lisoniy 
qiymat bilan amal qilishi haqidagi qarashlari uning “Semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya 
hodisalari haqida” deb nomlanuvchi maqolasida oʻz ifodasini topgan [4, 1997: 5-12]. Maqola til 
ilmining oʻta murakkab va dolzarb muammolariga qaratilgan. Ma’lum boʻlishicha, semantik 
assimilyatsiya semantik dissimilyatsiya bilan mantiqiy-lisoniy jihatdan oʻzaro bogʻliq har xil 
tushunchalardir. Maqolada semantik assimilyatsiya va semantik dissimilyatsiyaning uch amaliy 
turi ajratiladi. Ular: a) sinxron semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya; b) diaxron semantik 
assimilyaiya va dissimilyatsiya; v) qiyosiy semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya [4, 1997: 
10]. 
A.Berdialiyevning nomi yuqorida tilga olingan ikki maqolasi ham umumtilshunoslik 
nuqtayi nazaridan oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlib, yirik monografik tadqiqotlar uchun 
mavzudir. Biroq maqolaning e'lon qilinganiga qariyb chorak asr boʻlayotgan boʻlsa-da, afsuski, 
bu mavzu oʻzining fidoyi tadqiqotchilarini topgan emas. 
Prof. A.Berdialiyevning “Lugʻaviy birliklararo lisoniy munosabatlar masalasiga doir” 
nomli maqolasida lugʻaviy birliklar: a) shakldoshlar soʻzlar; b) ohangdosh soʻzlar; v) ma'nodosh 
soʻzlar kabi uch guruhga ajratiladi. Lugʻaviy birliklarning denotativ asosda farq qiluvchi guruhi 
oʻz navbatida yana giponimlar, ekvonimlar, partonimlar va graduonimlarga ajratiladi [5, 2011: 9-
16].
Prof. A.Berdialiyevning esa, soʻz turkumlarining yangicha tasnifi, konversiya va 
transpozitsiya, pronominalizaiya jarayonlari bilan bogʻliq ilmiy jihatdan oʻta toʻlaqonli original 
maqolalari mavjud. Olimning prof. A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab yozilgan 
“Soʻz turkumlari tizimidagi bir lisoniy jarayon” nomli maqolasida [6, 2012: 116-124] oʻzbek tili 
nazariy morfologiyasining hozirgacha hal etilmagan ikki muhim nuqtasiga urgʻu beradi. 
Birinchisi – bu soʻz turkumlari tasnifi, ikkinchisi – transpozitsiyaning (koʻchishning) 
konyunkiolizatsiya jarayoni bilan bogʻliq tomoni.
Olimning 
konyuktsionalizatsiya 
hodisasi 
haqidagi 
qarashlari 
uning 
shogirdi 
O.Mavlonberdieva tomonidan oʻzbek tilining fe’l tizimiga ham tatbiq etilib, “Oʻzbek tili harakat 
fe’llari tizimida konyuktsionalizatsiya hodisasi haqida” mavzusida alohida maqola e’lon qilingan 
[Mavlonberdiyeva, 2014: 85-88]. Soʻz turkumlari tasnifi bilan aloqador masalada olim oʻzining 
original ilmiy qarashlarini tavsiya etadi. Soʻz turkumlarining ichki turlari va ularning 
nomlanishini saqlagan holda, bu murakkab lugʻaviy-grammatik kategoriyani dastlab ikki 
guruhga ajratadi: a) 
lugʻaviy-ma'noviy birliklar turkumi;
b) 
lugʻaviy-shakliy birliklar guruhi
.
Birinchi guruhga an’anaviy mustaqil soʻz turkumlari sanaluvchi ot, sifat, son, olmosh, 
fe’l va ravishlarni kiritadi. Ular tilning nominativ bajaruvchi birliklari guruhi hisoblanadi. Shu 
guruhga 
taqlidiy 
va
 modal soʻzlar
ham kiritiladi.
Lugʻaviy-shakliy birliklar guruhiga grammatik vazifa bajaruvchi 
bogʻlovchi 
va
 
yuklamalar
kiritiladi. An’anaviy tarzda 
yordamchi soʻz
turkumi sanaluvchi yuklamalar, 
grammatik ma'no bajarmaganligi uchun, lugʻaviy-shakliy birliklar guruhidan chetlashtiriladi. 
Undovlar
esa, lugʻaviy-ma’noviy, lugʻaviy-shakliy birliklar guruhiga daxldor boʻlmagan 
shakliy-
emotsional birliklar
maqomida qaraladi. Soʻz turkumlarining geteregon tizimi 
lugʻaviy-
ma

noviy, lugʻaviy-shakliy, shakliy-pragmatik 
va
shakliy-emotsional
xarakterdagi toʻrt lisoniy 
hodisalar uyushmasi sifatida qaraladi.
A.Berdialiyev konsepsiyasining soʻz turkumlari tizimi bilan bogʻliq ikkinchi jihati – bu 
shu ichki guruhlarning konversiya-transpozitsiyaga munosabati masalasidir. Unda mustaqil 
ma'noli soʻzlarning, ya’ni lugʻaviy-ma'noviy birliklarning yordamchi soʻzlarga koʻchishi 
masalasiga e'tibor qaratiladi. Shu lisoniy jarayonga nisbatan kon'yunktsiya atamasi tavsiya 


267 
etiladi. Xullas, prof. A.Berdialiyevning soʻzlar turkumi bilan bogʻliq qarashlari oʻzbek 
tilshunosligidagina emas, balki umumiy tilshunoslikda ham kutilmagan ilmiy yangilikdir.
Olimning 
pronominalizatsiya
va uning jarayonlari haqidagi qarashlari ham 
umumtilshunoslikda mutlaqo yangilik hisoblanadi. Bu lisoniy hodisa olmoshlashish jarayoni 
bilan aloqador boʻlib, unda ot, sifat, ravish va ayrim fe'l-leksemalar neytralizatsiya konuniyati 
ta'sirida, kategorial grammatik va lugʻaviy ma'nolari xiralashadi, olmoshlar xarakterini kasb 
etadi.
Prof. A.Berdialiyevning “Fe'l grammatik shakllaridan birini hosil qiluvchi -
iz
unsuri 
haqida” maqolasida ham oʻzbek tili morfologiyasining dolzarb muammolaridan biri haqida soʻz 
yuritiladi [8, 2014: 13-18]. Unda fe'lning ikkinchi shaxs koʻpligi shaklini hosil qiluvchi 
fakul`tativ xarakterdagi 
-iz
qoʻshimchasining (
keling-kelingiz, ayting-aytingiz, boring-boringiz
va h.k.) aslida “siz” olmoshidan (qiyoslang: 
keling siz – kelingiz, boring siz – boringiz
), uning 
birinchi tovushi “s”ning tushib qolishi tufayli hosil boʻlgan degan ilmiy asosli fikrni olgʻa suradi, 
ya'ni ega va kesim inversiyali sintaktik qurilma (gap)ning morfologizatsiyalashuvi deb toʻgʻri 
baholaydi.
Demak, shu narsa ma’lum boʻladiki, Tojikiston oʻzbek tilshunoslari Oʻzbekistonda 
yashab, ilmiy ijod bilan regulyar shugʻullanuvchi olimlar bilan bir qatorda, oʻzbek 
tilshunosligining ravnaqi yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan ekanlar. Tojikiston oʻzbek 
tilshunoslarining til ilmining har bir sohasidagi faoliyati monografik rejada amalga oshishi 
mumkin boʻlgan alohida-alohida tadqiqotlar uchun obyekt boʻla oladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish