Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Foydalanilgan adabiyotlar : 
1.
Винокур Г. О. Избранные работы по русскому языку. – М., 1959.
2.
Гердер И. Г.
 
Идеи и философия истории человечества. – М., 1977.
3.
Гумбольдт В.
 
Избранные труды по языкознанию. - М., 1984.
4.
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, 
заведений. – М.: Издательский центр «Академия», 2001.
5.
Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва 
адабиёти. – Тошкент, 2012. - № 5. – Б.10.
6.
Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. 2-изд. - М., 2000.
7.
Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Харьков, 1922. 
8.
Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологи. - М.: Прогресс, 
1993. 
9.
Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в 
зарубежной лингвистике. – М., 1960. – Вып. 1. – С. 174-195.
10.
Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. М., 1972. 
Ona tilimiz fidoyilari 
Patriots of mother tongue 
Azimov Inomjon

 
Annotation:
The article analyzes the scientific activity of one of our devoted 
compartriots Shokirjon Rahimi, who made a worthy contribution to the formation of the Uzbek 
literary language at the beginning of the last century, the development of the first spelling rules, 
the regulation of the national alphabet.
Key words:
jadid, literary language, norm, phonetics, vowel sound, synhormonism, 
dialect
.
Oʻtgan asrning 30-yillarigacha boʻlgan oʻzbek tilshunosligi oʻz ilmiy-nazariy, amaliy-
usuliy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati hamda ijtimoiy-madaniy ziddiyatlari bilan oʻrganilishi 
zarur va shart boʻlgan dolzarb muammolardan biridir. Bu davrdagi oʻzbek tilshunosligining 
oʻziga xos tomonlari, oʻzbek adabiy tilining shakllanishi, dastlabki imlo qoidalarining ishlab 
chiqilishi, milliy alifboning tartibga solinishiga munosib hissasini qoʻshgan fidoiy 
vatandoshlarimizning faoliyati, ularning ilmiy merosi Fitrat, Choʻlpon, Elbek, Ashurali 

 
Dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti, azimov@navoiy-uni.uz 


256 
Zohiriylarni hisobga olmaganda, deyarli oʻrganilmagan. Istiqlolga qadar nashr qilingan 
adabiyotlarda oʻzbek tilshunosligi 40-yillarda shakllana boshlagan degan fikr ustuvor boʻlib, 20-
30-yillar oʻzbek tilshunosligi deyarli inobatga olinmadi. Vaholanki, oʻsha davrda mukammal 
alifbosi, ma’lum qoidalarga solingan adabiy tili boʻlishini orzu qilgan, shu yoʻlda oʻz jonini 
qurbon qilgan, tarix sahifalariga “jadidlar” nomi bilan kirgan millatparvar bobolarimiz oʻzbek 
tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qoʻshishgan. 
Millatimizning shunday qahramonlaridan biri Shokirjon Rahimiydir. Shokirjon Rahimiy 
haqida juda kam ma’lumotlar mavjud. Masalan, Shosh.uz saytida uning hayoti va ijodi haqida 
shunday deyiladi: “Rahımıy Shokirjon (1898–1938.4.10) – ma’rifatparvar, taraqqiyparvar 
pedagog. Toshkentda tugʻilgan. Otasi qoʻlida xat-savodini chiqargach, madrasada, usuli jadid 
maktabi va kechki rus-tuzem maktabida oʻqigan (1903–09). «Rahimiya» maktabida oʻqituvchilik 
qilgan (1909–19). Rahimiy «Turon» teatr toʻdasi faoliyatida qatnashish bilan birga, Xalq 
universiteti (1918), «Ishtirokiyun» gazetasi (1919) va «Nashri maorif» jamiyatining tashkil 
etilishi (1923)da tashabbuskor boʻlgan. 1912 yildan boshlab usuli jadid maktablari va turli oʻquv 
yurtlari uchun oʻquv qoʻllanmalarini nashr etgan. Oʻzbek tilidagi birinchi alifbe darsligi – 
«Sovgʻa» (1919), shuningdek, «Ona tili» (1918, Fitrat va Q.Ramazon bilan hamkorlikda), 
«Kattalarga oʻqish» (1920), «Alifbe darsligi» (1922), «Kattalar yoʻldoshi» (1924), «Kattalar 
alifbesi» (1927), «Savod» (1930), «Oʻzbek tili. Ish kitobi» (1932) singari darslik va oʻquv 
qoʻllanmalar muallifi. «Sadoi Turkiston» gazetasida adabiy xodim (1914–15), Eski shahar 
(1918–23) va Toshkent viloyat xalq maorif boʻlimlarida mudir (1924), ayni paytda 1-bosqich 
maktablari, ta’lim va tarbiya bilim yurtlarida oʻqituvchi va mudir (1918–22). Rahimiy 1924-
yilda Moskvada oʻzbek yoshlari uchun tashkil etilgan Buxoro maorif uyi va ishchilar fakulteti 
mudiri. 1930–31-yillarda «milliy ittihodchilar» ustidan boʻlib oʻtgan suddan keyin Toshkentga 
qaytib, maorif tizimidagi muassasalarda ishlagan. 1937-yil 5-avgustda «xalq dushmani» sifatida 
qamoqqa olinib, koʻp oʻtmay, otib tashlangan. Keyinchalik oqlangan. Toshkentdagi koʻchalardan 
biri Rahimiy nomi bilan atalgan” [Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy. Shosh.uz.]. 
“Vikipediya” internet-ensiklopediyasida ham ayni shu ma’lumotlar takrorlanadi 
[Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy. Vikipedia.org.]. 
Demak, yosh Rahimjon 1903-1909-yillar orasida otasining qoʻlida xat-savodini 
chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va rus-tuzem maktabida oʻqigan. Bu davr tarixiga
oid hujjatlar oʻrganilishi jarayonida shu narsa ma’lum boʻldiki, u 1910-1911-yillar oraligʻida 
Turkiyaning Konstantinopol shahriga oʻqishga yuborilgan. 
Toshkent Tuzem (erli xalq 
yashaydigan) qismi politsiya kapitani Kolesnikovning 1911-yilda Turkiston rayon qoʻriqlash 
boʻlinmasi boshligʻiga yozgan xabarnomasida Munavvarqori boshchiligidagi ziyolilar iqtidorli 
yoshlarni Turkiyaning Konstantinopol shahriga oʻqishga yuborishayotgani, bularning orasida 
Shokirjon Rahimiy ismli oʻta nochor oiladan chiqqan yigit ham borligini yozadi: “Из лиц, 
посланных в Константинополь, мне известен сарт Нур-Магомет Мулла Мир Хидоятов, 
брать состоятельного сарта Самык Кары Мир Хидоятова, юноша Шакирджан Рахимов – 
очень бедный, отправлен на собранные деньги в пользу его” (Тарихнинг номаълум 
саҳифалари, 2012: 101
]. 
Bu ma’lumotdan Shokirjon Rahimiy kambagʻal oiladan chiqqani, 
Munavvarqori Abdurashidxonov homiyligida Turkiyada tahsil olib qaytgani ma’lum boʻladi.
Shokirjon Rahimiy Fitrat, Choʻlpon, Qayum Ramazon, Elbek kabi oʻz davrining yetuk 
namoyandalari bilan bir qatorda xalqni savodli qilish, milliy til va adabiyotning sofligini saqlash, 
adabiy til va imlo muammolari boʻyicha izchil faoliyat olib bordi. U Fitrat tomonidan tashkil 
qilingan “Chigʻatoy gurungi” tashkilotining faol a’zolaridan biri edi. Bu haqda adabiyotshunos 
Naim Karimov shunday yozadi: “Fitratdan tashqari, “gurung”da Shokirjon Rahimiy, Qayum 
Ramazon, Shorasul Zunun, Choʻlpon, Elbek, Botu, Saidahmad Nazirovlar a’zo boʻlganlar. Ular 
Xadrada umuturk tili va adabiyotini oʻrganish boʻyicha pulsiz kurslar tashkil etib, shahar 
maktablaridagi koʻplab muallimlarni oʻz darslaridan bahramand etganlar” 
[
Karimov, 2008: 237
]
.


257 
Shokirjon Rahimiy faoliyati, uning ilmiy merosi hali oʻrganilgani yoʻq. Tilshunos olimlar 
Hasanboy Jamolxonov va Abdusalom Umarovlar tomonidan arxiv materiallari asosida e’lon 
qilingan “Oʻzbek yozuvining XX asr tarixi” kitobida olimning 3ta maqolasi e’lon qilindi. 
Ulardan birinchisi “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 22-mart sonida “Oʻzbek imlosi 
toʻgʻrisida asoslar (Maorif qurultoyigʻa)” nomi bilan e’lon qilingan. 
Ma’lumki, 1921–1925-yillarda jadid ma’rifatparvarlari tomonidan adabiy til, termin 
(istiloh), alifbo va imloni takomillashtirishga, arab grafikasidagi eski oʻzbek yozuvi bilan oʻzbek 
tili fonologik tizimi oʻrtasidagi nomutanosiblikka barham berishga, yozuvni isloh qilishga 
qaratilgan takliflar oʻrtaga tashlangan, ularni amalga oshirish uchun Toshkent, Samarqand va 
Buxoroda konferensiya va qurultoylar oʻtkazilgan, ana shu tadbirlar oldidan turli gazeta 
nashrlarida mutaxassislar fikrlari berib borilgan, oʻzaro munozaralar, tortishuvlar ommaviy 
nashrlar orqali amalga oshirilgan. Shokirjon Rahimiyning ham mazkur maqolasi “Nashri maorif” 
jamiyatining til, imlo masalalariga bagʻishlanib oʻtkazilgan qurultoyi oldidan yozilgan edi. 
“Har qaysi xalqning adabiyotining mukammalligi shu xalqning til va yozuvining tartiblik 
va qoidalik boʻlishiga bogʻliqdir. Tartibsiz va qoidasiz til va yozuv boʻyicha tuzilgan 
adabiyotning bir kun emas bir kun inqirozga uchrashiga hech shak-shubha yoʻqdir. Til jon 
boʻlsa, yozuv uning badanidir. Sogʻ boʻlmagan bir tanda jonning uzoq yashamogʻi qiyindir”, - 
deb yozadi olim 
[
Jamolxonov,Umarov, 2017:125
]
.
Maqolada usmonli turk va shimol turklari 
(tatarlar) ning matbuoti ta’sirida ularda boʻlayotgan alifbo, imlo muammolari bizga ham kirib 
kelgani, lekin dastlabki davrlarda tajribali maorifchilar boʻlmagani sababli bu narsa dastlab 
taqlidchilikdan nariga oʻtilmagani aytiladi. Oʻtgan toʻrt yil mobaynida maorif sohasida bilimli 
yoshlar yetishib chiqqani, yetarli tajriba toʻplangani natijasida “imlochilar” (xalq tili bilan 
aytganda, “ona tilichilar”) yetishib chiqqani bilan faxrlanadi. 
U oʻzbek imlosi oldida turgan quyidagi muammolarni aytib oʻtadi: 
1.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish