Tili va adabiyoti universiteti


Til va madaniyat: oʻzaro munosabat va oʻzaro ta’sir masalasi



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Til va madaniyat: oʻzaro munosabat va oʻzaro ta’sir masalasi 
Language and culture: the problem of the relation and interaction 
 
Xudaybergenova Zilola Narbayevna

 
 
Annotation:
 
This article analyzes the concepts of "language" and "culture". Various 
approaches of scientists about the concepts of "language" and "culture" are investigated. These 
concepts are interpreted by different specialists in different ways, however, in all sources, the 
connection between culture and language is noted. Sociological, psychological, axiological 
definitions of culture, functions of culture are considered. The specific features and relationships 
between the concepts "language" and "culture" are described. 
Key words

language, culture, definition, classification, ratio, linguistic ability, social 
heritage 
Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning 
tarkibiy qismi boʻlib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. 
Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon boʻladi. 
Olamning lisoniy manzarasi turfa ranglar, xususan, mifologemalar, obrazli metaforik soʻzlar, 
oʻxshatishlar, konnotativ soʻzlar, stereotiplar, ramzlar va h.k. vositasida yaratiladi. Har qanday til 
oʻzida mazkur til egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan 
milliy, oʻziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi. Har qanday madaniyat oʻzining kalit 
soʻzlariga ega boʻladi.
Oʻzbek tilshunosligida til va madaniyat tushunchalari quyidagicha izohlanadi: “til va 
madaniyat deganda, koʻpincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assotsiativ holda esga 
tushsa-da, bu ikki oʻrindagi madaniyatning aynanligini aslo koʻrsatmaydi. Til va madaniyat 
deganda, odatda, til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni oʻrganish orqali u 
yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan boʻlsak, lingvokulturologiyadagi 
madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xoʻjalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (
nutq 
madaniyati
)” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy 
hayotida qoʻlga kiritgan yutuqlari majmui (
madaniyat tarixi, oʻzbek madaniyati
)” 
demakdir”[Mahmudov N, 2012 : 10].
“Insonning nutqiy faoliyati tugʻmami yoki keyin shakllanganmi?” degan savol haligacha 
munozarali boʻlib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini psixofiziologik mexanizm bilan 
ta’minlaydigan tugʻma lisoniy qobiliyatga egaligini barcha e’tirof etgan. Koʻpchilik 
tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi 

Professor, filologiya fanlari doktori, Bartin universiteti professori, 
aloliz74@mail.ru
 


251 
birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash 
qoidalarini oʻzlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til 
egalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta’limotiga koʻra, lisoniy 
qobiliyatning tugʻma komponenti juda sermazmun boʻladi, shuning uchun ontogenezda til 
oʻrganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tugʻma va universal bilimlarni oʻz 
ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy 
til 
strukturasi 
va 
semantikaning 
botiniy 
xususiyatlarini 
tabiiy-genetik 
asosga 
tutashtiradi[Xomskiy, 1972 : 122]. Zero, bu oʻrinda koʻp narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va 
psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va 
undoshlar hamda koʻplab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, 
tabiat bilan bogʻliqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning oʻzi bilan nutq hosil 
qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni 
qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 
[Mechkovskaya, 2000].
“Til va madaniyat” masalasi koʻp qirrali boʻlib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, 
faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning 
tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat oʻzaro munosabatda boʻladi. 
Shunga koʻra, ikkita savol tugʻiladi:
1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta’sir koʻrsatadi?
2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi? 
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning tilni oʻrganayotgan har qanday tilshunos, 
albatta, tanlagan tili uning mahsuloti boʻlgan oʻsha madaniyatning tadqiqotchisiga 
aylanadi[Vinokur, 1959 : 211], degan fikri tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib 
kelmoqda. I.Gerder inson faoliyatidagi toʻrt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh 
bir-biri bilan bogʻlagan. Til oʻzining kelib chiqishiga koʻra madaniyat bilan bogʻliq boʻlib, u 
jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bogʻliqligi uni milliy 
ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi,deb e’tirof etapdi[Gerder 1977, 233]. Til va 
madaniyatning oʻzaro munosabati Vilgelm fon Gumboldtning

Odam tillarining tuzilishini 
farqlanishi va uning odam zotini ma’naviy rivojlanishiga ta’siri”

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish