Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

zokir boʻlib, zikrin aytib 
– zikr aytib, zokir boʻlub
kabilar) bilan bir qatorda, birinchi misradagi «sobit» soʻzi oʻrnida 
«zobit» - «zabt etuvchi» ma’nosini anglatuvchi soʻz qoʻllangan. Ma’lumki, tariqat ahli – 
«zokir»lar faoliyatiga «zobit»lik emas, «sobit»lik xosdir.
4.Sintaktik sathda: Quyidagi banda «Ishqingga» soʻzi notoʻgʻri qoʻllanganki, bu she’rning 
ma’nosini oʻzgartirib yuborgan. Natijada «yigʻlab keldim eshigingga» jumlasi oʻrniga «yigʻlab 
keldim ishqingga» gapi hosil boʻlgan. «Hikmatlar devoni»ning keyingi ikki nashrida bunday 
gʻalizliklar Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflardan keltirilgan parchalarda ham uchraydi. 
Qiyoslang: 


163 
1991-yil nashrida: 
Avval alast birabbikum dedi xudo, 
Qolu balo debon ruhlar qildi sado. 
Yigʻlab kelduk ishqingga jumla gado, 
Lutf aylasang yuz ming osiy xandon erur. 
1992-yil nashrida: 
«Alast-bi-rabbikum» dedi xudo, 
Qolu balo debon ruhlar qildi sado. 
Yigʻlab kelduk ishqingga jumla gado, 
Lutf aylasang yuz ming osiy xandon erur. 
Xullas, «Hikmatlar» variantlarini qiyoslab oʻrganish ular ustida jiddiy tekstologik 
tekshirish lozimligini koʻrsatdi. Chunki ma’naviyatimiz peshvolaridan boʻlgan ulugʻ allomaning 
kalomlarini aslicha berish uning asarlaridagi oʻquvchini chalgʻituvchi oʻrinlardan xalos etadi. 
Til va adabiyotimiz tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadigan asarlar sirasida “Devoni 
hikmat”ning 
oʻrni 
masalasida 
fanda 
allaqachonlar 
fikrlar 
bildirilgan. 
Oʻzbek 
adabiyotshunosligida XX asr boshlarida yaratilgan ba’zi tadqiqotlarda mazkur masala xususida 
ham ilmiy ahamiyatga molik fikrlar bayon qilingan [Fitrat,1994: 33-38). Ammo bu kuzatishlar 
hikmatgoʻy shoirlar va ular merosini oʻrganish borasidagi dastlabki ma’lumotlardan iborat edi. 
Toʻgʻri, shuning uchun boʻlsa kerak, ba’zi ijodkorlar shaxsi haqida birmuncha taxminiy 
mulohaza ham bildirib oʻtilgan [Fitrat,1994:36-37]. Shu oʻrinda aytish joizki, yaqin yillarda olib 
borilgan tadqiqotlarda bu taxminning haqiqatda toʻgʻri ekani e’tirof etildi [Abdullayev, 2000: 
17]. 
Adabiy tilining eng qadimgi davrdan hozirgacha boʻlgan taraqqiyot bosqichlari
tarixiy-qiyosiy asosda tadrijiy tahlil etilgan manbalarda Ahmad YAssaviy merosining til 
rivojida tutgan oʻrni Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib (va b.) soʻz san’atkorlari ijodi 
bilan birgalikda tilga olinishi bejiz emas. Toʻgʻri, “Devoni hikmat”ga mutafakkir izdoshlarining 
ijod namunalari ham kiritilgan. Natijada, hikmatlar tili va uslubida ma’lum oʻzgarishlar hosil 
boʻlgan.
Adabiy tilning xalq tili boyliklari asosida shakllanishida “Devoni hikmat”ning oʻrni 
muhimligi turkiy tillar tasnifi borsidagi tadqiqotlarda ham oʻz aksini topgan. Chunonchi, N.A. 
Baskakov tasnifida turk tillarining Gʻarbiy xun tarmogʻi qarluq tillari guruhiga kiritiladi va 
qarluq-xorazm guruhini tashkil etuvchi qoraxoniy-xorazm tili masalasida Ahmad Yassaviy
merosi alohida qayd etiladi [Tursunov va b., 1995: 24]. Asarning tili haqida bildirilgan fikrlar 
turlichadir. Jumladan, A.K. Borovkov Yassaviy hikmatlari qarluq-uygʻur tilida yozilgan
boʻlib, «Qutadgʻu bilig» tiliga yaqinlashmaydi, deb ta’kidlasa, G. Vamberi hikmatlar tili
Qoʻqon xonligi dialektiga asoslangan, deydi. Olim Koʻprulizoda Ahmad Yassaviyni argʻu 
urugʻining vakili deb, uning tilida qisman oʻgʻuz tili ta’siri bor va hikmatlar tili «Qutadgʻu
bilig» asariga yaqin turuvchi til deb koʻrsatadi [Tursunov va b., 1995:81].
Prof.I.Haqqul Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida keltirilgan quyidagi she’ri 
parcha haqida toʻxtalib, hikmatlarning til xususiyati haqida turli shubha-gumonga boraverish 
unchalik ham toʻgʻri emasligini aytadi: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish