Tili va adabiyoti universiteti


Yusuf Xos Hojib oʻz asarini



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Yusuf Xos Hojib oʻz asarini 
uygʻur xatida yozib, Tavgʻach Bugʻraxonga tortiq qilgan. Keyinchalik, asarning kengroq 
yoyilishini koʻzda tutgan holda, arab yozuviga ham oʻgirilgan
koʻrinadi.
Yuqoridagi baytga kelsak, harqalay, matn arab yozuviga oʻgirilayotgan chogʻda muammo 
san'ati ishlatib ketilgan boʻlishi kerak. 


131 
E'tiborni tortadigan yeri shundaki, uchala nusxaning matni bir-biriga toʻla mos kelmaydi. 
Qoʻlyozmalarning biri boshqasidan koʻchirilgan ham emas
. Ularga tamoman boshqa-boshqa 
nusxalar asos boʻlgan. 
Mavjud nusxalarning hech biri toʻliq emas. Bir nusxadagi bob boshqasida tushib qolgan 
yoki ularning ayrimlari birlashtirib yuborilgan. Baytlarining soni ham koʻp oʻrinda oʻzaro teng 
kelmaydi: bir nusxada bor bayt boshqasida uchramaydi va b. Qoʻlyozmalar ichida nisbatan 
toʻligʻi QBN boʻlib, u 6106 baytlidir.
Uygʻur yozuvli nusxada esa undan ozroq – she'riy muqaddimani qoʻshib sanaganda 5772 
baytdan iborat. Shunga qaramay, mazkur qoʻlyozmada asarning boshlanishi va oxiri bor. 
«Qutadgʻu bilig»ning uchala nusxasida matn tuzilishi ham bir oz farqli. Jumladan, QBN 
nusxasi qisqa nasriy muqaddima bilan boshlangan. Soʻng fihrist-i abvab keladi, keyin yana 
unvon (basmala) bilan mavzuga oʻtiladi. 
Uygʻur yozuvli QBH nusxasi ham nasriy muqaddima bilan boshlangan. U tugagach, 76 
baytli she'riy muqaddima keladi. Unda ham nasriy muqaddimada tilga olinganlar birma-bir, 
ammo endi nazmda bayon etilgan. Ikkinchi muqaddimadan keyin 
Fihrist-i abvab
sarlavhasi 
bilan boblar mundarijasi keltirilgan. Fihristdan soʻng unvon bilan mavzuga koʻchiladi. 
QBQ nusxasining tuzilishi ham uygʻur yozuvli qoʻlyozmaga yaqin. 
Asar boblarining boshdagi oʻn biri debochadir. Bular hamd, sano; na't; yorugʻ koʻklam va 
ulugʻ Bugʻraxon madhi; yetti yulduz va oʻn ikki burj bayoni; kishi oʻgʻlining qadri bilim va uquv 
bilan belgilanajagi; tilning foydasi bilan ziyoni; kitob egasining uzri; ezgulikning madhi; bilim 
va aqlning fazilati; kitobning mazmuni va muallifning oʻzi toʻgʻrisidagi boblardir. Oʻn ikkinchi 
fasldan boshlab voqealar bayoniga oʻtiladi. 
QBQ ning xotimasida mavzudan tashqari yana uchta bob keltirilgan. Ularda oʻtgan 
yigitlikka oʻkinch, zamona buzuqligʻiyu doʻstlar jafosining xasrati, kitob egasi Yusuf ulugʻ 
Hojibning oʻziga pandi bayon etiladi.
QBN da matn soʻngidagi ushbu uchta bob tushib qolgan, toʻgʻrirogʻi, qoʻlyozmaning oʻsha 
betlari yoʻq. Biroq fihrist-i abvabda ularning ikkisi (
Fanî dunyākä arïlïp, tiriglig yawa bolmïšï; 
Zamāna bïwasïnï, dōstlar jafāsïn ayur
) yakuniy boblar sifatida qayd etilgan.
Uygʻur yozuvli QBH da esa xotimadagi oʻtmish yigitlikka oʻkinch; zamona va doʻstlar 
vafosizligʻining xasrati haqidagi fasllar uchramaydi. Unda soʻnggi kitob egasi Yusuf Xos 
Hojibning oʻziga pandi haqidagi bob keltirilgan. Lekin asar boshidagi mundarijada ushbu fasllar 
(70–72-boblar) qayd etilgan. Ularning atalishi shunday: 
Tiriglig yawa qïlmïšïn ökünmäkligin 
ayur; Yūsuf čïlbašï yigitlikkä ökünüp, awučqalïγïn ayur; Ödläk artaqï, dōst-qadaš jafāsïn ayur

Uchala qoʻlyozma fihristlarining koʻlami ham har xil. Jumladan, QBN fihristida 67 
bobning sarlavhasi keltirilgan. Asarning ilk an'anaviy – tangriga hamd; yalavoch alayhissalom 
oʻgdusi; toʻrt sahobaning fazilati; Oʻrdukan xoni Tavgʻach Bugʻraxon madhi boʻlimlarining oti 
mundarijada yoʻq. Beshinchi – yetti kavokib va oʻn ikki burj toʻgʻrisidagi bobning sarlavhasidan 
oldin 
Kitap bašï
deb qayd etilgan.
 
QBH fihristida berilgan boblarning soni esa 73 ta. Lekin ushbu fihristda, avvalgi 
qoʻlyozmadan farqli oʻlaroq, boshlangʻich an'anaviy toʻrtta bobning sarlavhasi ham siraga qiradi. 
Yana bir belgisi, fihristdagi boblar tartib koʻrsatkichi bilan berilgan: 
avval bāb, ikinč bāb, üčünč 
bāb, törtünč bāb
va b. Oxirgisi 
yetmiš ikinč bāb
, xotimasi esa 
soŋ bāb
deb qayd etiladi. 
QBQ fihristida 72 bobning atalishi berilgan boʻlib, unda ham asarning boshlangʻich 
an'anaviy boʻlimlari boblar sarasida turadi. Ma'lumki, oʻrta asr kitobatchiligida asar 
muqaddimasidagi an'anaviy boʻlimlar va xotima (kitob egasining uzri keltirilgan bob) zaruriy 
edi. Ularni fihristda qayd etmaslik matnshunoslikda jiddiy nuqson sanalmagan. Shuning uchun 
boʻlsa kerak, QBN fihristida ham ushbu boblarning sarlavhalari tushirib qoldirilgan koʻrinadi. 
Yana bir belgisi: QBN da matn orasida ana shu dastlabki toʻrt bobning sarlavhalari 
arabcha, qolganlari turkiyda.


132 
QBQ nusxasidagi bob sarlavhalari bir oz farq qiladi: fihristdagi sarlavhalarning bari 
turkiyda; matn orasida esa dastlabki uch bob sarlavhasi arabcha; toʻrtinchi – Bugʻraxon oʻgdusi 
bobidan boshlab turkiy atalgan. 
Muhimi shundaki, uygʻur yozuvli QBH da ushbu boblarning sarlavhalari fihristda ham, 
matn orasida ham turkiydadir. Jumladan, matn ichidagi ilk toʻrtta sarlavha shunday: 
Teŋri ’azza 
va jalla ögdüsin ayur; Yalawač ’alayhis-salam ögdüsin ayur; Tört ṣaḥabanïŋ faḍilatïn ayur; 
Yaruq yaz faṣlïn, uluγ Buγraxan ögdüsin ayur. 
Koʻrinadiki, 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish