Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet483/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Ishqqa tushding, o‘tga tushding, kuyib o‘lding, 

Parvonadek jondin kechib axgar bo‘lding. 

Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, 

Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. 

Ahmad  Yassaviy  ushbu  bandda  oshiq  holining  kuchayganligi,  ishq 

dardiga  mubtalo  bo‘lgan  kishidagi  ruhiy  o‘zgarishlarni  tasvirlar  ekan,  oshiq 

holini  bamisoli  o‘tga  tushgan  odam  holiga  qiyoslaydi.  Ikkinchidan,  sham 

tegrasida aylanib kuygan,axgar (laxcha cho‘g‘) bo‘lgan kapalakka o‘xshatadi. 

Yassaviy  har  vaqt  nafs  haqida  gapirganda  unga  insonning  kamolotida 

xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” 



 

823 


sifatini beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafsi yo‘li”, “nafsi ilgi” singari 

istioralarni ham qo‘llaydi. Adib to‘g‘ridan to‘g‘ri nafsga qarshi kurashni, uning  

yo‘rig‘iga yurmaslikni targ‘ib qiladi. Nafsning domiga ilinishi insonni qanchalik 

yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko‘rsatib beradi. 

Boshqa bir she‘rida shunga urg‘u berib yozadi: 

Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur, 

Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur. 

Yotsa,qo‘psa shayton bilan hamroh bo‘lur. 

Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey bardikor. 

Ahmad  Yassaviy  she‘riyatining  keng  tarqalishi  va  xalq  orasida  sevib 

o‘qilishining  asosiy  sabablaridan  biri  uning  xalq  og‘zaki  ijodiga  nihoyatda 

yaqinligidadir[4.53-55-]. 

Yassaviy  hikmatlarida  xalqparvarlik,  mehr-muhabbat,  sabr-u  qanoat 

tushunchalari  ham  jonli  tarzda  o‘z  aksini  topgan.  Adib  jaholat  va  razolatni 

qoralash, nodonlik,  do‘stlikka xiloflik qilish, manmanlikni ham tanqid qiladi: 

Duo qiling nodonlarning yuzin ko‘rmay, 

Haq taolo rafiq bo‘lsa, birdam turmay, 

Bemor bo‘lsa, nodonlarni holing so‘rmay, 

Nodonlardin yuz ming jafo ko‘rdum mano. 

Ayo do‘stlar nodon birla ulfat bo‘lub, 

Bag‘rim kuyub, jondan to‘yib o‘ldim mano. 

To‘g‘ri aytsam egri yo‘lga bo‘yin to‘lg‘ar, 

Qonlar yutib, g‘am zahriga to‘ydim mano. 

Qayda ko‘rsang ko‘ngli sinuq marham bo‘lg‘il, 

Andoq mazlum yo‘lda qolsa hamdam bo‘lg‘il. 

Ummat bo‘lsang g‘ariblarga tobe bo‘lg‘il, 

Oyat, hadis har kim aytsa, some bo‘lg‘il 

Oqil ersang g‘ariblarning ko‘nglin ovla, 

Mustafodek elni kezib, yetim kovla. 

G‘arib, faqir, yetimlarni qilg‘il shodon, 



 

824 


Haqlar qilib, aziz joning ayla qurbon. 

Taom topsang joning bila qilg‘il ehson 

Haqdin eshitib bu so‘zlarni aytdim mano. 

Bir  guruh  hikmatlarda  shoir  kishilarni  qadrdon,  halol-u  pok,  ilm-

donishli, diyonatli, imon-e‘tiqodli bo‘lishga da‘vat etadi; dilozordan haq bezor, 

barchaga  yaxshilik  qilmoq-har  bir  mo‘minning  bosh  shioridur;  chunki, 

mardumozorlikning jazosi qattiq: 

Sunnat ermish kofir bo‘lsa, berma ozor, 

Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo bezor. 

Oqil ersang eranlarg‘a xizmat qilg‘il, 

Amri ma‘ruf qilg‘onlarni izzat qilg‘il [1.112-113]. 

Alisher  Navoiy  “Mahbub  ul-qulub”da  yozgan:  “Nodon-eshak,balki 

eshakdan ham battar. Eshakka nimani yuklasang ko‘taradi;qayoqqa haydasang 

o‘sha yoqqa boradi,unda aql-farosat davosi yo‘q bermasang och, bersang to‘q. 

Bu bir bechoradur, yuk tashuvchi, o‘tin-cho‘p tashuvchi, balki g‘alla tashuvchi… 

Nodon yuqoridagi sifatlardan holi; bilim libosidan mahrum. Nodonning 

ishi takabburlik, kekkayish,hayolida yuz xil behuda tashvish…” 

Qaysi elda ichki horg‘inlik va ruhiy ozurdalik g‘olib kelsa, u elda nodonlik 

avjiga chiqqan bo‘ladi. Qaysi yurtda ma‘naviy qadriyatlar qimmati pasaytirilib, 

adolat  ustunlari  qulatilsa,  u  yurtda  g‘ofil  bandalarning  baland  martaba  va 

mavqelarga  ko‘tarilmog‘lari  uchun  keng  yo‘l  ochilganidir.  Navoiy  “Nodonlig‘ 

erur  elda  malomatg‘a  dalil”,  deya  bashorat  so‘zlarni  yozib  qoldirgan. 

Adabiyotimiz  tarixida  nodonlik  atalmish  ofatdan  Ahmad  Yassaviychalik  ranj 

chekkan shoir bo‘lmasa kerak. Nodonlik-xalqning kulfati.Nodonlik-o‘ziga xos 

yovuzlik.  Nodon-aql  jallodi.  Mana  shuning  uchun  Yassaviy  “Duo  qiling 

nodonlarni yuzin ko‘rmay”, deya yolvorgan va o‘nlab hikmatlarini nodonlikdan 

shikoyat mazmunida yaratgan. 

Yassaviy dunyoning o‘tkinchiligi haqida ushbu misralarni keltiradi: 



Beshak biling bu dunyo borcha xalqdin o‘taro, 

Ishonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketaro. 


 

825 


Ota-ona, qarindosh qayon ketti- fikr qil, 

To‘rt oyog‘liq cho‘bin ot bir kun sanga yetaro. 

“Dunyo”ni  ishvagar,  subutsiz,  aldoqchi,  zolim,  bevafo  qiyofalarida 

xarakterlash turkiy xalqlar she‘riyatida XII asrlardayoq g‘oyaviy-badiiy an‘ana 

holida  shakllangan  edi.  Yusuf  Xos  Hojib  unga  “yiyig‘  dunya”-bevafo  dunyo 

sifatini  beradi.  Ahmad  Yugnakiy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Ahmad  Yassaviy  tasvirida 

ham “dunyo” poetik obrazga aylantirilgandir. “Beshak biling, bu dunyo borcha 

xalqdan o‘taro”dagi “dunyo” ,birinchidan,Ahmad Yugnakiy aytgan,odamlar bir 

qo‘nib  yana  ketadigan  “rabot”  ma‘nosiga  ega.Ikkinchidan,  u  inson  umrining 

ko‘zgusiday  gap.  Unda  fikran  nazar  tashlab,  umrning  naqadar  yugurikligini 

bilsa bo‘ladi. Uchinchidan, u taqdir timsoli. Umrning yelday o‘tishi taqdirdanmi 

yo dunyoning ishimi-bilish qiyin. Shunisi aniqki, taqdirning ayovsizligi oldida 

mol-dunyoga inonmoq nodonlik va g‘ofillikdir. To‘rtinchidan, bu olam shunday 

bir “maydon”ki, unda hamma ham oxir-oqibatda “to‘rt oyog‘li cho‘bin ot” ustida 

jonsiz  yastanib  ketmakka  mahkumdir.Odam  tug‘ilsa  nega  o‘ladi?  O‘lsa  nega 

tug‘iladi?[1;29-39bet]. 

Sharq  mutaffakkirlari  o‘limni  tiriklikning  teskari  va  toza  tomoni  deb 

aytishgan.  Nega  shunday  deyishgan?  Bu  haqiqatni  qanday  qilib  anglash 

mumkin?  Turmushning  mayda  tashvishlari  o‘lim  qarshisida  nimaga  arziydi? 

Inson  tirik  murdaga  o‘xshab  yashamasligi  uchun  vaqtni  o‘ldirmasligi  kerak 

emasmi?  Vaqt  qahridan  cho‘chimaslik  nima  oqibatlarga  olib  keladi?  Bunday 

savollar xususida tinimsiz o‘ylash lozim. O‘limni anglash-hayotni ma‘rifat bilan 

qadrlash, odam farzandini g‘animat bilish, manmanlik va jaholat “tulpor”larga 

minib hovliqmaslik degan mantiqlarni ham o‘z ichiga oladi. 

Ahmad Yassaviy uchun saodat va haqiqat ashyoviy narsalarga ega bo‘lish 

emas.  Bular  hatto  maqsad  ham  emas.  Uningcha,  haqiqat  Yurakda,  Haqiqat-

Borliq,  Ruh,  olam  bilan  ruhan  uyg‘unlikka  kirishish-  oliy  saodat.  Saodat-

ma‘rifat nurlaridan ong va dilni tiniqlashtirish. Shoir o‘z mavjudligini Ruh va 

ruhiy hayotdagi o‘zgarishlar, to‘lg‘anishlar, yuksalishlar orqali idrok qilmoqni 

xohalaydi. U insondagi ichki boylikni muqaddas bilgan.Shuning uchun tashqi 



 

826 


boyliklar, gunoh va mutelik “narxi”ni oshiruvchi ularning har qanday turidan 

hazar qiladi. 

Piri  Turkiston  qarashlarining  millat  madaniyati,  qadriyati  va 

ma‘rifatdagi  nufuzi  baland  bo‘lgan.  Uning  xalq  tasavvuridagi  tarixiy  va 

manqabiy siymosi, unga doir rivoyatlar xalqning ko‘z o‘ngida ulug‘ shayxni ishq 

va irfon darg‘asi qiyofasida gavdalantirib kelgan. Shu bois xalq unga bo‘lgan 

ehtiromini darig‘ tutmagan va asrlar mobaynida Piri Turkiston, Xoja Turkiston, 

Sulton ul-orifin, Sulton ul-avliyo,  Hazrati Sulton, Turklar  otasi deya ta‘riflab, 

hurmat ila tilga olishdan to‘xtamagan. 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish