Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: ghazal, qasida, prose statement, commentary, translation. 

 

 

Mumtoz  adabiyotimiz  namunalarini  sharhlash  qadimdan  shakllanib 

kelgan. Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Bedil, Xoʻja Hofiz kabi shoirlar asarlari 

turli  davrlarda  sharhlangani  ma’lum.  Sharh  asarning  ma’no  mazmunini 

soddaroq  qilib  tushuntirishga,  asardagi  ibora  va  istilohlar  ma’nosini  ochib 

berishga xizmat qilgan. Sharh birinchidan, mashhur asarlar gʻoyalari ma’nosini 

soddaroq tarzda keng oʻquvchilarga taqdim etishga koʻmaklashsa, ikkinchidan, 

yangi-yangi asarlarning yaratilishi, oʻlmas insoniy tuygʻular, tafakkur va aqliy-

ijodiy kashfiyotlarning yaratilishiga sabab boʻlgan [1.3-bet]. 

 Hazrat  Alisher  Navoiy  ijodini  oʻrganish  shoirning  hayotlik  davridan 

boshlangan.  Uning  yaratgan  asarlari  asrlar  davomida  turli  millat  vakillari 

tomonidan  turli  tillarda  izohlanib,  sharhlanib  kelinmoqda.  XXI  asrda  ham 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

628 


insoniyat Navoiy ijodiga shoirning insoniyat uchun yaratgan oʻlmas gʻoyalariga 

ehtiyoj  sezadi.  Zero,  bu  gʻoyalar  xalq  ommasini  zavqlantirishga 

koʻmaklashibgina  qolmay,  insonlarning  ruhiyatida  kamolot  yoʻlida,  ta’lim 

tarbiyasida ham oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Navoiyshunos olimlarimiz shoir ijodini 

xalqqa yaqinlashtirish va asarlarining tushunilishini oson boʻlishi maqsadida 

nasriy bayonlar, sharhlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. 

 Shunday  tadqiqotlar  sirasida  Najmiddin  Komilovning  hazrat  Alisher 

Navoiy lirikasidan oʻrin olgan gʻazallar sharhi katta oʻrinni egallaydi. Olim ilmiy 

faoliyatining asosiy yoʻnalishlari  biri  Navoiy  gʻazallarining  sharhidir.  U 

sharhlarni  oddiy  (izoh)  va  murakkab  sharhlar  sifatida  2  guruhga  ajratadi. 

Oddiy  sharhda  she’riy  asarning  ma’nosi  shunchaki  izohlanadi.  Murakkab 

sharhda  esa  bir  she’r  yoki  bir  bayt  butun  boshli  risola  va  kitoblarda  har 

tomonlama keng va chuqur tahlil etiladi. 

Olim  ta’kidlashicha:  “badiiy  asar,  jumladan  gʻazalni  sharhlashning  oʻz 

talablari bor. Sharh bu hamma vaqt asarning oʻrnini bosa olmaydi. Sharh shu 

kabi tom ma’nodagi adabiy tanqid yoxud tadqiqot emas, garchi unda tadqiqotiy 

va interpretatsion xususiyatlar boʻlsa ham. Sharhning bosh maqsadi asarning 

(jumladan  gʻazalning)  qiyin  iboralari  koʻp  ma’noli  murakkab  oʻrinlarini 

soddaroq qilib tushuntirishdir” [1. 3-bet]. 

Alisher Navoiy gʻazallari tahliliga bagʻishlangan “Ma’nolar olamiga safar” 

nomli asari gʻazalshunoslikda  shoir  gʻazallari  ma’nosini  uning  tasavvufiy 

istilohlari bilan birga anglatishga bagʻishlangan muhim tadqiqotdir. Asar shoir 

ijodi  namunasi  boʻlmish  50  ta  gʻazal  sharhidan  iborat.  Kitobda  gʻazallarga 

berilgan  sharhlarga  qarab  olimning  uslubini  quyidagicha  tasniflab  olish 

mumkin: 

Birinchidan,  gʻazaldagi  notanish  soʻzlar  (qadimda  qoʻllanilib  bugungi 

kunda iste’molda boʻlmagan) va tasavvufiy istilohlar ma’nosini lugʻat shaklida 

izohlanadi.  Ikkinchidan,  gʻazaldagi  har  bir  baytning  ma’nosi  nasriy  bayon 

shaklida taqdim etiladi. Uchinchidan, gʻazalning umumiy mazmuni, mohiyati 

yoritib beriladi. 




 

629 


 Najmiddin Komilov asarda oddiy inson mushohada qilishi qiyin boʻlgan 

misralar  ma’nosini  oʻzining  sharhlash  prinsipi  orqali  sodda  va  oson  tarzda 

tushuntiradi.Olim gʻazallarni goʻyoki musiqa deb aytadi. Chunki gʻazaldagi har 

bir soʻz nozik va nafis, undagi mazmun va ohang ham oʻzaro mutanosibdir. Aruz 

vazni  qoidalariga  koʻra  gʻazaldagi  bitta  tovush  yoki  qoʻshimcha  notoʻgʻri 

talaffuz etilsa,vazniga tushmasa gʻalizlik va dagʻallik va ma’no oʻzgarishi yuz 

beradi.  

 Zukko  olim  Navoiy  gʻazallarining  mazmun-mohiyatini yoritish bilan 

birga  uning  kompozitsion  tuzilishdagi  oʻziga  xoslikka  ham  e’tibor  qaratadi. 

Jumladan,  tadqiqotchilar  gʻazalni  tuzilishiga  koʻra  4  turga  ajratishadi: 

parokanda,  yakpora,  voqeaband  va  musalsal  gʻazallar.  Olim  bunday 

tuzilishning barchasi ham Navoiy uslubi talablariga toʻgʻri kelmasligini isbotlab 

beradi.  Oʻzaro  bir-biriga bogʻlanmagan  mustaqil  baytlar  uchun  qoʻllanilgan 

parokanda istilohini qoralaydi. Olim parokandalik badiiy asarga xos tushuncha 

emas, u butunlay bogʻlanmagan baytlar yigʻindisini bildiradi. Navoiyda bunday 

she’r yoʻq. Baytlar yuzaki qaraganda mazmunan bogʻlanmagan, turli mavzuda 

boʻlib  tuyulsada,  botinan  ular  aloqador.  Shuning  uchun  bunday  gʻazallar 

tahlilida  bevosita  bogʻlanish(musalsal)  va  bavosita  bogʻlanish  degan 

tushunchalardan foydalanishni ma’qul deb aytadi. “Ahd qildim ishq lafzin tilga 

mazkur  etmayin”  nomli  gʻazalni  ham  olim  hasbi  hol  tarzida  yozilgan  oshiq 

kechinmalarini ifodalaydigan asar deb aytadi. Gʻazal quyidagicha boshlanadi: 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish