Keywords: national color, credo, landscape, portrait, spirituality.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
293
“Men adabiyotni qismatim deb allaqachon aytib qoʻyganman. Buni oʻzim
bilaman. Olloh biladi” deya oʻzbek adabiyot maydoniga dadil kirib kelgan
Shukur Xolmirzayevning ijodi oʻrganilsa arziydigan mavzudir. U talabalik
yillaridan iste’dodini tirishqoqlik bilan parvarish etdi. Oʻnlab hikoyalar, "Oq
otli", " Toʻlqinlar" deya atalgan bir emas, ikki qissasi aynan shu davrda yaratildi.
Tanqidchilik ushbu asarlarni xayrixohlik bilan kutib oldi. Abdulla Qahhorning
yosh yozuvchi haqidagi iliq fikrlari, Matyoqub Qoʻshjonovning matbuotdagi
umidbaxsh mulohazalari kitobxonlar e’tirofini mustahkamladi. Yigirma besh
yoshga kirgan yozuvchi "Oʻn sakkizga kirmagan kim bor? " qissasi bilan adabiy
jarayondan oʻz oʻrnini olishga chogʻlanganligini koʻrsatdi. Qissa yoshlar,
ayniqsa, talabalar ichida keng bahslarga sabab boʻldi. Tanqidchilar u haqida
mulohaza qildilar. Bu qissadan soʻng Shukur Xolmirzayev uzoq yillar hikoya
janrida ijod qildi. Uning "Olis yulduzlar ostida ", "Hayot abadiy", "Ogʻir tosh
koʻchsa","Bodom qishda gulladi " singari toʻplamlarga kirgan hikoyalari oʻzbek
hikoyachiligini yangi bosqichga koʻtardi. Yozuvchi qahramonlarni faqat yaxshi
yoki yomonga ajratish tamoyilidan voz kechdi. Ziddiyatli, ruhiy olami
koʻpqatlamli,kezi kelganda, tuzumga nisbatan keskin tanqidiy munosabatda
boʻla oluvchi, milliy tabiati yorqin, mushohadasi oʻtkir qahramonlar yaratdi.
Shukur Xolmirzayevning 70-80 yillari yozgan hikoyalari qahramonlari
dunyoqarashlaridagi oʻzgarishlarning yangi jihatlari bilan ajralib turadi. Bu
qahramonlarning aksari (masalan, "Ot egasi " dagi Inod, "Ogʻir tosh
koʻchsa"dagi Eson ) hayotiy jarayonlarni qanday boʻlsa, shundayligicha emas,
qayta tahlildan oʻtkazib, mustaqil baholay oladigan; milliy, ma’naviy, madaniy
qadriyatlarga yangicha nazar tashlovchi, ilgʻor tafakkur tufayli jamiyatning
ayrim noma’qulchiliklariga manfiy munosabat bildirguvchi kishilardir. Jamiyat,
vaziyat yoxud sharoit unga ma’qul deb tiqishtirayotgan tartibot yoki yashash
me’yorini rad etish, yoki hech boʻlmaganda, oʻziga, vujudidagi ikkinchi
"men"ning noroziligini ma’lum qilish yozuvchi qahramonlarining yetakchi
belgilaridandir. Choʻlpon va Abdulla Qahhorning ayrim asarlarini hisobga
olmaganda, oʻzbek hikoyachiligida uzoq vaqt tashviqiylik hukm surganini, 60-
294
yillarning oʻrtalaridan esa sekin -sekin uning oʻrnini badiiy tahlil egallay
boshlaganini tadqiqotlardan bilishimiz mumkin.
Bu jarayonda Shukur Xolmirzayev personajlari oʻzbek hikoyachiligida
qahramonning, ayniqsa, oʻz-oʻzidan qoniqmaslik va oʻzini chuqurroq anglashga
intilish ruhini mustahkamladi. Shu ma’noda adib oʻz qahramonlarining ijtimoiy
turmushdagi harakatlarini emas, balki ularning aql-zakovatini tasvirlashni
asosiy maqsad qilib qoʻydi. Adib tushunchasiga koʻra, aql-zakovat
qahramonning mehvaridir. Shu sababdan yozuvchini qahramon bajarayotgan
ishlar, asarga asos qilib olingan voqea natijasidan koʻra, shu voqea va natijaga
munosabatdagi qahramon zakiyligining ochilish jarayonlari koʻproq qiziqtiradi.
Bunday hollarda Shukur Xolmirzayevning ayrim hikoyalari va undagi badiiy
qahramonlar xarakteri nainki kitobxon yoki tanqidchi qalbida, hatto ba’zan
asar muallifining oʻzida ham aniq qaror topmagan bahsli munosabat
uygʻotgandek tasavvur qoldiradi. Xususan, " Qadimda boʻlgan ekan " hikoyasi
haqida shu fikrni aytish mumkin. Haydovchi yigit Oʻsar qalbidagi cheksiz
ikkilanishlar - oʻz qalbini taftish etish, ichki dunyodagi beqarorlik, qadim-u
hozir, oʻzi-yu xotiniga qarashlarining ayqash - uyqash boʻlib ketishi natijasida
momosini olis joylarga eltib qoldirishi va keyin vujudidan oʻtgan ruhiy azoblar
jarayoni ana shunday - qahramonning oʻz-oʻzini anglamoq yoʻlidagi
urinishlaridir.
60-yillardan oʻzbek hikoyachiligida katta oʻzgarishlar sodir boʻlgani,
ma’naviyat muammolariga e’tibor kuchaygani, hikoyada lirik ruh
chuqurlashganini Oʻtkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev kabi ijodkorlarning
asarlaridan sezish qiyin emas. Hikoyachilikda Abdulla Qodiriy va Abdulla
Qahhorlarning an’analarini yangi bosqichga koʻtarishda Shukur
Xolmirzayevning beqiyos oʻrni bor. U Qodiriyning tabiatni jonlantirib
tasvirlash an’analarini rivojlantirdi. Abdulla Qahhordan esa soʻz tejash,
detallarga katta ma’nolar yuklash qahramon ruhiyatida kechayotgan ziddiyat,
toʻqnashuvlarni sodda va hayotiy qilib ixcham tasvirlash, dialoglardan jonli
manzara yaratish sirlarini oʻrgandi. Shukur Xolmirzayevning oʻzi bu haqida
295
"Yoshlik " jurnalining "Yozuvchi - tanqidchi suhbati " ruknida adabiyotshunos
olim Umarali Normatov bilan e’lon qilingan (1987-yil, jurnalning 3 - soni )
"Ustoz ibrati" sarlavhasi ostidagi suhbatda ham bayon etgan. Suhbatda Shukur
Xolmirzayev oʻzining "Toʻlqinlar " qissasi Abdulla Qahhorning nazariga
tushgani, lekin asarning nomini oʻylab koʻrish kerakligi haqidagi fikrlari
yozilgan maktubni olganini va "soʻz zargari"(Shukur Xolmirzayev ta’rifi)ning
ushbu e’tirozni inobatga olgan holda qissani "Yosh gvardiya" nashriyoti qayta
chop etganda (yozuvchi asarlarini qayta chop etilishini xohlamagan) "Bukri
tol" nomi bilan e’lon qilgani haqidagi xotiralarni yozadi.
Har bir yozuvchining oʻziga xos ijodiy maslagi boʻladi. Shukur
Xolmirzayevda bu maslak - tabiat. Uning qahramonlari oʻzini, oʻz qalbini
chuqurroq anglashi uchun tabiat bamisoli Ilohiy kuch vazifasini oʻtaydi. Shukur
Xolmirzayev hikoyalarining mehvari inson va tabiat atalmish ikki cheksiz
dunyo uygʻunligiga tayanadi. Buni shu "Hayot abadiy " toʻplamidagi tabiatga
yovuzlarcha munosabatda boʻlayotgan gʻaddor kimsa qiyofasi aks ettirilgan
"Jarga uchgan odam" ; ne-ne azob-uqubatlarga qolib, eshakda qorlarga botib,
togʻdagi och kakliklarga don olib boruvchi fidoyi maktab oʻqituvchisi Ehson
bilan uning butkul teskarisi, mehmonlarga damlanajak oshga ana shu kakliklar
goʻshtidan bosish payida yurgan sovxoz direktori - Eshquvvatovning basharasi
ochib tashlangan "Kulgan bilan kuldirgan" ; tabiatdan bebahra yashash, uni his
etmaslik,
unga
hamnafas
boʻlolmaslik,
insonning
tuygʻularini
oʻtmaslashtiribgina qolmay, ayni vaqtda, notavon qilib qoʻyishi mumkinligi
falsafasi ifodalangan "Oy yorugʻida" hikoyasida koʻrishimiz mumkin.
"Hayot abadiy " toʻplamida "Ora yoʻl " singari Kafka uslubidagi monolog
- hikoyalar ham borki, ular bir qaraganda, yoʻl ocherki yoki Vatan haqidagi
ommabop tarixiy esse taassurotini qoldiradi, aslida, unday emas. " Ora yoʻl "
hikoyasi chuqur milliylik ruhi bilan sugʻorilgan, Vatan tarixi manzaralari badiiy
yoʻsinda ochib berilgan, tarix bilan bugunni bogʻlab turgan millatparvar lirik
qahramon dunyosi aks ettirilgan va oʻzbek hikoyachiligining janr
imkoniyatlarini kengaytirgan asardir.
296
Bu hikoyadan biz Eski Termiz vayronalari, shu atrofdagi kushonlar
davrida qurilgan ikki ming yillik tarixga ega butparastlar ibodatxonasi, budda
haykali qoldiqlari, bu oʻlkaga qadimgi yunon san’atining ta’siri, Surxon -
Qadimiy Baqtriya haqida mushohadalar yurituvchi, oʻtmishni qalbiga jo aylab,
bizga zamondosh boʻlib yashayotgan, tarixi bilan haqli ravishda gʻururlanuvchi
qahramonning ruhiy dunyosiga oshno boʻlamiz. Xolmirzayevning hikoyalarida,
umuman, Surxon vohasining betakror manzaralari, tabiati, bu togʻlar yurtining
togʻlar qadar koʻksi va gʻururi baland, tanti, ba’zan dagʻal, lekin bagʻrikeng
kishilari bilan uchrashamiz.
Xolmirzayev hikoyalarining aksar qismi ma’naviy - axloqiy
muammolarga bagʻishlangan. "Olam tortishish qonuni " hikoyasi ham shu
yoʻnalishda. Hikoyada deyarli butun umr oʻzini oʻzi aldab kelgan, yashashning
ma’nosini kazo-kazo doʻstlar, tanishlar orttirish-u, buni oʻzgalarga koʻz-koʻz
etishdan iborat deb bilgan Husan aka qiyofasi tasvirlanadi. Uning fe’li shu
darajaga borib yetganki, hatto jigargoʻshasini soʻnggi yoʻlga kuzatyotganda
ham bu fe’lidan voz kechmaydi. Shu oʻrinda biz yozuvchining foje kulgi yoki
kulgili fojia yasash ustasi ekaniga guvoh boʻlamiz.
80-yillarning oʻrtalarida "Bodom qishda gulladi" toʻplamini e’lon qilgan
va toʻplamni shartli ravishda Togʻ, Dasht, Qishloq, Shahar hikoyalari deb toʻrt
faslga boʻlgan. Yozuvchi qahramonlari ham, asosan, shu toʻrt manzilda
yashaydilar. Biroq bular manzillar, xolos . Asarda uning oʻz yuki boʻlsa-da, gap
faqat manzilda emas. Asosiy gap shu manzillarda harakat qilayotganlarning
dardi, tashvishi, orzu-armoni bilan bogʻliq boʻlgan oʻzbekning - millatning
muammolarida. Toʻplam 1966-yilda yozilgan "Yovvoyi gul" hikoyasidan tortib,
undan salkam 20 yil keyin yozilgan "Bodom qishda gulladi " hikoyasigacha
yaratilgan asarlarni qamrab oladi. "Yovvoyi gul"da shaharda gazetada oddiy
muharrir (korrektor) boʻlib ishlayotgan, umrining toʻrt yilini shaharda oʻtkazib,
katta yozuvchi boʻlish ishtiyoqida yongan Vosit ismli qahramonga duch kelamiz.
Qahramon oʻz qobiliyatidan bexabar, orzu esa chegarasiz. Adib oʻtkinchi
havaslar bilan emas, orzuga munosablik bilangina hayotda haqiqiy oʻrinni
297
topish mumkin degan xulosa chiqaradi. Togʻdan keltirilgan oddiygina yovvoyi
gul Vositning koʻzlarini ochadi, oʻzini anglashga yordam beradi. 1975-yilda
yaratilgan "Bahor oʻtdi" hikoyasida endi qahramon sajiyasidagi oʻziga
xosliklarni izlash kuchaya boshladi. Koʻngil berib turmush qurishganiga
qaramay, Akobir va Mastura oʻrtasidagi oʻzaro nomunosiblik keyinroq
anglashiladi. Yigitdagi insonparvarlik, qadr-qimmat, chidam, qanoat, hurmat -
e’tibor singari fazilatlar, afsuski, munosib javobini topmadi. Masturadagi
hayotga yengil qarash kundan kun oila totuvligiga darz tushiradi. Yozuvchining
badiiy mantigʻiga koʻra, bu oilani saqlab qolish mumkin emas. Ammo nima
qilish kerak? Adib qahramonlarni tirik ajratib yuborishni ham istamaydi chogʻi,
hikoya yakunida Akobir baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.
"Ot egasi" hikoyasi (1971-yil) bilan yozuvchi shaxs taqdiri orqali chuqur
ijtimoiy muammoni badiiy gavdalantirishga oʻtadi. Qismat asar qahramoni -
qishloq oʻqituvchisi Inod boshiga juda ogʻir kulfat solgan. Ikki farzandi va ayoli
yongʻinda halok boʻlgan. Endi uning bor boyligi -ikki xonali maktab va joni-
jahoni - qorabayir oti. Hukumat ot saqlashni ta’qiqlagan yillari Inodning
qorabayiriga ham koʻz olaytira boshladilar. Qorabayir Inodning shunchaki oti
emas, suyanib qolgan togʻi edi. U otni oʻldirishdan koʻra, oʻz qoʻli bilan otib
oʻldirishni afzal koʻradi. Hikoyada yozuvchi butun aybni hukumatning qarorini
oʻz manfaati yoʻlida buzib, Inodning qorabayirini qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan
militsioner Egamberdi obraziga yuklaydi . Aslida, adib uning misolida tuzum
siyosatini, bu siyosatni amalga oshiruvchilar qiyofasini keskin fosh etgan edi.
"Hayot abadiy ", "Ogʻir tosh koʻchsa", "Bodom qishda gulladi " toʻplamlaridagi
hikoyalar muammolari, mavzulari, qahramonlari jihatidan rang - barang va
xilma-xil. Biroq bu hikoyalardagi gʻoyalar, muammo va badiiy xususiyatlarda
mushtaraklik ham mavjud. Bu umumiylik inson ma’naviyati bilan aloqador
ijtimoiy va axloqiy masalalarning uzviyligida koʻrinadi. 80-yillar oxiriga kelib
Shukur Xolmirzayevning hikoyalarida zamon ruhi yanada teranlashdi. Bu
xususiyatni uning " Yashil Niva ", "Ustoz ", "Xumor " ( ushbu hikoyalar " Yoshlik
" jurnalining 1987-yilgi yillik mukofotini olgan), "Oʻzbek xarakteri", "Yigʻi"
298
hikoyalarida kuzatish mumkin. "Yigʻi" asarini janr tabiatiga koʻra, novella deb
atash ham mumkin. Unda shoʻro askarlarining Afgʻoniston hududida olib
borgan janglaridan kichik bir lavha aks ettiriladi. Bir qaraganda, asar uzuq-
yuluq, kompozitsion jihatdan nomukammaldek. Ammo asar nihoyasiga borib,
bu qurilishni muallif atayin tanlaganini, u novella ruhidagi shiddatdan kelib
chiqqani ma’lum boʻladi. Asarda oʻsmir afgʻon yigiti shoʻro askarlariga asir
tushadi va yigʻlagancha nega bizning yurtga keldinglar, tinch yashayotgandik
deb ularga ta’na qiladi. Koʻrinib turibdiki, bu gaplari uchun afgʻon yigiti
yaxshigina kaltaklanadi, biroq yozuvchi, eng asosiysi, dilidagi niyatini
qahramonning tili orqali aytib olishga ulguradi, zamon va tarixiy haqiqat ruhini
asarga jo etadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Shukur Xolmirzayevning aksar
hikoyalarida shaxs xarakteri va insonning ma’naviy bisoti umuminsoniy
qadriyatlar, milliy qadriyatlar va ona tabiat bilan uzviy birlikda, mustahkam
bogʻlanishda ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |