Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Key words: modern  English  literature,  vampires,  wolf-likes,  friendship,  love,  life,  the 

laws of nature.

 

“Men doim ikkisining ham qoʻl berib  

koʻrishishlarini juda istardim,  

xuddi doʻstlardek, xuddi Edvard va Jeykobdek,  

hech qanaqa qoʻnsoʻrak va boʻritusdek emas” 

 “Zulmat ostonasidagi muhabbat”dan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

281 


 

Adabiyot yaralibdiki, muhabbat oʻzgarmas va eskirmas, har bir asarning 

diqqat markazida mangu turuvchi muqaddas, moʻjizakor mavzu hisoblanadi. 

Insonni  insonga  gʻamxoʻrlik  qilishga  majburlovchi  ham,  insonni  insonga 

kerakligini  anglatuvchi  ham  va  eng  asosiysi,  Yaratganimiz  tomonidan  oʻz 

yaratiqlariga  in’om  etgan  eng  buyuk  tuygʻular  ham  bu  muhabbatdir.  Biz  bu 

tuygʻularning  chegara  bilmasligi,  yosh  va  millat  ajratmasligi  haqida  koʻplab 

hayotiy  va hayoliy voqealar guvohi boʻlganmiz. Buni  qarangki,  muhabbat va 

doʻstlik hatto insonlarning turi va yashash tarzini ham inobatga olmas ekan.  

Amerikalik  mashhur  yozuvchi,  zamonaviy  ingliz  adabiyotiga  sezilarli 

hissa qoʻshgan Stefani Mayerning “Zulmat ostonasidagi muhabbat” romanida 

ham  muhabbatning  ana  shu  qudrati  sabab  dil  torlari  bir-biriga  beixtiyor 

boʻgʻlanib  qolgan.  Bunday  dil  sohiblarining  biri  vampir  yigit  Eduard  Kallen 

boʻlsa,  biri  yoshgina  kollej  oʻquvchisi  Bella  Svon  edi.  Shuningdek,  Bellaning 

qadrdon  doʻsti  hisoblangan  Jeykop  vampirlarning  azaliy  dushmani  boʻlmish 

boʻrituslar  avlodiga  mansub  boʻlib,  u  vampirlardanda  xavfliroq  sanalardi. 

Bellaning oldida sevgi va doʻstlik yoʻlining birini tanlashi yoki ularni murosaga 

keltirish vazifasi turar edi. Qay yoʻlni tanlasada, uning hayoti xavf ostida turardi. 

Xoʻsh, Bella Svon qay yoʻlni tanlaydi? 

 Vampirlar deganda, tabiiyki, hamma qoʻrqinchli va odamlar qoni bilan 

oziqlanuvchi  daxshtli  vampirlarni  tushunsa  kerak.  Ammo  bizning  Kallenlar 

oilasi 


bundan 

mustasno. 

Ular 

oʻzlarini 



“vegetarianlar” 

deb 


atashardi.Odamlarga  zarar  yetkazishmas,  aksincha  kasalxonada  ishlab 

oʻzlarining  gʻayriodatiy  qobiliyatlari  orqali  odamlarga  shifo  ulashardi.  Ular 

hayvonlar qoni bilan oʻz ehtiyojlarini qondirib, asli kimliklarini atrofdagilardan 

sir tutishgan. Eduard Kallenning hayotiga Bellaning kirib kelishi sir pardalari 

yuqoriga koʻtardi.  

 Eduard asli inson boʻlmasada insonni sevdi. U sevgan insoni uchun har 

narsaga  tayyor  boʻlgan  holda,  hattoki  sevgilisining  oʻz  dushmani  bilan 

doʻstligiga  toqat  qila  olardi.  Eduardning  fikr  oʻqish  qobiliyati  Bellaga  ta’sir 




 

282 


qilmasdi. (Sevgining oldida har qanday qobiliyat tiz choʻkar ekan-da). Shunday 

boʻlsa ham Eduard uchun eng muhimi Bellaning salomatligi edi. Buni haqiqiy 

vaxshiy  vampir  Jeymsning  Bellani  vampirga  aylantirish  uchun  tishlaganida 

Eduard oʻz tabiiy ehtiyojlariga qarshi turib Bellaning tanasidagi zaharni soʻrib 

chiqaradi!  Eduard  Bellaning  vampirga  aylanishga  boʻlgan  qaroriga  doimiy 

qarshi  chiqadi.  Negaki  Kallenlarning  hech  biri  oʻz  xohishi  bilan  mangu 

vampirlik hayotini tanlashmagan boʻlib, agar oddiy inson boʻlib yashashning 

iloji boʻlganida har qanday narsadan voz kechib insonlikni tanlashgan boʻlardi. 

 Shu oʻrinda boʻrituslar hayotiga ham toʻxtalsak. Boʻrituslar vampirlarga 

qarshi  yaratilgan  boʻlib,ular  azaliy  dushman  edilar.Dastlab  oddiy  hindu  bola 

boʻlib Bella bilan doʻstlashgan Jeykop keyinchalik boʻrituslar zoti mansubligi 

anglaydi va oʻz hayot tarzini oʻzgartiradi. U ham Bella uchun hamma narsaga 

tayyor,  hayotini  Bellasiz  tasavvur  eta  olmas  darajada  unga  bogʻlangan. 

Bellaning vampirni yaxshi koʻrib qolishi,qolaversa Bellaning oʻzi ham vampirga 

aylanishi  haqidagi  xohishini  eshitib  juda  qarshi  chiqadi.  Ammo  undan  vos 

kecha olmasligini bilib bu holatga koʻnikishga majbur boʻladi. 

 Bella Svon obrazi oʻzida jasurlik, qat’iyatlilikni mujassamlashtirgan, bir 

tomondan oilasining xavfsizligi, bir tomondan sevgilisi, yana bir tomondan esa 

doʻstining  chorlovlari  oʻrtasidan  toʻgʻri  yoʻl  axtargan  bosh  obraz  hisoblanib, 

dunyoda  odamlar  qatorida  pinhona  yashovchi  har  ikki  dunyo  vakillarining 

sirlaridan xabardor yagona oddiy insondir. Onasing yangi turmushi sabab oʻz 

otasining  oldiga  qaytgan  Bellani  oʻz  kursdoshi  bir  koʻrishdayoq  oʻziga  rom 

etgandi.  “Falokatlarni  ohangrabodek  oʻziga  tortuvchi  Bella”ning  hayotini  bir 

necha  marotaba  saqlab  qolgan  Eduard  bugun  uning  hayotida  borligi  bir 

quvonch va baxt edi. Doʻsti Jeykopning bu masalalarda qarshiligini bilsada, u 

doʻstidan ham, sevgisidan ham voz kechish niyatida boʻlmagan. Aksincha u eng 

toʻgʻri yoʻlni-sevgiga doʻstlikni aralashtirmaslikni tanlaydi. Muhabbat atalmish 

oliy ne’mat ikki dunyo vakilini birlashtiradi. 

Asar davomida vampirlar hayotiga oid qizqarli lavhalar, boʻrituslarning 

animistik  hikoyalaridan  juda  mohirona  foydalanilgan.  Jang  syujeti  ham  juda 




 

283 


ishonarli  va  ta’sirli  tasvirlangan  boʻlib,  beixtiyor  kitobxonning  qahramonlar 

orasiga  hayolan  tushib  qolishiga,  ular  bilan  birga  yashab,  birga  hissiyot 

almashishiga  imkoniyat  yaratilgan.  Asarning  kompazitsion  tuzilishi  ham 

e’tiborga molik. Asar 5 fasldan iborat boʻlib, har bir fasl bosh qahramon Bella 

tomonidan alohida hikoyalar tarzida soʻzlab beriladi. 

Bu asarning yaralish tarixi ham qiziqarli: asar muallifi Stefani Mayer 29 

yoshida koʻrgan tushida yashil oʻtloqda ikki yosh juftlik; yosh vampir yigit sevgi 

toʻla koʻzlari bilan qizni izlayotganligini koʻradi. Erta tongda uygʻonib Mayer 

muhabbat haqida roman yozishga kirishadi va tez fursatlarda katta hajmli asar 

dunyo yuzini koʻradi. Hattoki, muallifning turmush oʻrtogʻi uni asarning bosh 

qahramonini sevib qolganligida ayblaydi. 

Shu  oʻrinda  haqli  bir  savol  tugʻiladi:  bu  asardagi  vampirlar  yoki 

boʻrituslar toʻqima obrazmi yoki ular hayotdan olinganmi? 

Amerikaning  Luiziana  shtati  universitetida  doktorlik  dissertatsiyasiga 

nomzod  boʻlgan  Broun  hayoti  mobaynida  haqiqiy  vampirlarni,  hattoki  besh 

ming  kishilik  “Atlanta  Vampir  Ittifoqi”ni  qidirib  topgan.Tadqiqotlar  shuni 

koʻrsatadiki,  turli  hududlarda  yashovchi  vampirlar  atrofdagi  boshqa 

odamlardan biror belgisi bilan ajralib turishmas, yangicha hayot tarziga koʻra 

ular qon bilan oziqlanishmas ekanlar. Olimlarning fikriga koʻra, vampirlarning 

hech  qanday  aybi  yoʻq:ular  ham  tabiatning  yaratigʻidir.  Faqatgina  turli  xil 

kinolardagi notogʻri talqinlar tufayli insonlarda ularga nisbatan  xavfli degan 

qarash paydo boʻlgan ekan. Boʻrituslarning esa hayotda mavjudligi haqida aniq 

dalillar  hali  fanda  isbotlanmagan.  Ilm  ahli  boʻrituslarni  ma’lum  bir  hindu 

qabilalarining totemistik qarashlari deb hisoblashadi. 

Bu  romanning  oʻzbek  kitobxoniga  ijobiy  ta’sirida  kitob  tarjimonning 

mahorati yuksak qadrlanadi. Bugungi kunda oʻzining ijod namunalari bilan oʻz 

muhlislarining koʻnglini xush qilib kelayotgan serqirra ijodkor Dilfuza Sobirova 

har qancha maqtovlarga arzirli boʻlgan ishga qoʻl urgan: “Zulmat ostonasidagi 

muhabbat” romaniga oʻz mehrini qoʻshib tarjima qilgan. 



 

284 


Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, asarda bugungi asrimiz hayoti: 

zamonaviy  shaharlar,  qulay  avtotransportlar,  soʻnggi  urfdagi  kiyimlar-u 

muhtasham imoratlar tasvirlangan. Ammo bir narsaga zamonaviylik soya sola 

olmagan. Bu-MUHABBAT. Unga hech kim qarshi chiqa olmadi, hech kim voz 

kecha olmadi. Kitobxonning olish mumkin boʻlgan boʻlgan sabogʻi-muhabbat 

uchun  kurash  va  kurashda  doʻstlarning  ham  qadrini  ham  unutmaslik; 

Yaratganning  har  bir  yaratigʻiga  mehr  koʻzi  ila  boqish;  har  qanday  insonni 

boriligicha  ardoqlash.  Oʻtkinchi  umr  suronida  saroblarga  aldanmay  bir-

birimizni qadrlaylik, azizlar

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish