Key words: modern English literature, vampires, wolf-likes, friendship, love, life, the
laws of nature.
“Men doim ikkisining ham qoʻl berib
koʻrishishlarini juda istardim,
xuddi doʻstlardek, xuddi Edvard va Jeykobdek,
hech qanaqa qoʻnsoʻrak va boʻritusdek emas”
“Zulmat ostonasidagi muhabbat”dan
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
281
Adabiyot yaralibdiki, muhabbat oʻzgarmas va eskirmas, har bir asarning
diqqat markazida mangu turuvchi muqaddas, moʻjizakor mavzu hisoblanadi.
Insonni insonga gʻamxoʻrlik qilishga majburlovchi ham, insonni insonga
kerakligini anglatuvchi ham va eng asosiysi, Yaratganimiz tomonidan oʻz
yaratiqlariga in’om etgan eng buyuk tuygʻular ham bu muhabbatdir. Biz bu
tuygʻularning chegara bilmasligi, yosh va millat ajratmasligi haqida koʻplab
hayotiy va hayoliy voqealar guvohi boʻlganmiz. Buni qarangki, muhabbat va
doʻstlik hatto insonlarning turi va yashash tarzini ham inobatga olmas ekan.
Amerikalik mashhur yozuvchi, zamonaviy ingliz adabiyotiga sezilarli
hissa qoʻshgan Stefani Mayerning “Zulmat ostonasidagi muhabbat” romanida
ham muhabbatning ana shu qudrati sabab dil torlari bir-biriga beixtiyor
boʻgʻlanib qolgan. Bunday dil sohiblarining biri vampir yigit Eduard Kallen
boʻlsa, biri yoshgina kollej oʻquvchisi Bella Svon edi. Shuningdek, Bellaning
qadrdon doʻsti hisoblangan Jeykop vampirlarning azaliy dushmani boʻlmish
boʻrituslar avlodiga mansub boʻlib, u vampirlardanda xavfliroq sanalardi.
Bellaning oldida sevgi va doʻstlik yoʻlining birini tanlashi yoki ularni murosaga
keltirish vazifasi turar edi. Qay yoʻlni tanlasada, uning hayoti xavf ostida turardi.
Xoʻsh, Bella Svon qay yoʻlni tanlaydi?
Vampirlar deganda, tabiiyki, hamma qoʻrqinchli va odamlar qoni bilan
oziqlanuvchi daxshtli vampirlarni tushunsa kerak. Ammo bizning Kallenlar
oilasi
bundan
mustasno.
Ular
oʻzlarini
“vegetarianlar”
deb
atashardi.Odamlarga zarar yetkazishmas, aksincha kasalxonada ishlab
oʻzlarining gʻayriodatiy qobiliyatlari orqali odamlarga shifo ulashardi. Ular
hayvonlar qoni bilan oʻz ehtiyojlarini qondirib, asli kimliklarini atrofdagilardan
sir tutishgan. Eduard Kallenning hayotiga Bellaning kirib kelishi sir pardalari
yuqoriga koʻtardi.
Eduard asli inson boʻlmasada insonni sevdi. U sevgan insoni uchun har
narsaga tayyor boʻlgan holda, hattoki sevgilisining oʻz dushmani bilan
doʻstligiga toqat qila olardi. Eduardning fikr oʻqish qobiliyati Bellaga ta’sir
282
qilmasdi. (Sevgining oldida har qanday qobiliyat tiz choʻkar ekan-da). Shunday
boʻlsa ham Eduard uchun eng muhimi Bellaning salomatligi edi. Buni haqiqiy
vaxshiy vampir Jeymsning Bellani vampirga aylantirish uchun tishlaganida
Eduard oʻz tabiiy ehtiyojlariga qarshi turib Bellaning tanasidagi zaharni soʻrib
chiqaradi! Eduard Bellaning vampirga aylanishga boʻlgan qaroriga doimiy
qarshi chiqadi. Negaki Kallenlarning hech biri oʻz xohishi bilan mangu
vampirlik hayotini tanlashmagan boʻlib, agar oddiy inson boʻlib yashashning
iloji boʻlganida har qanday narsadan voz kechib insonlikni tanlashgan boʻlardi.
Shu oʻrinda boʻrituslar hayotiga ham toʻxtalsak. Boʻrituslar vampirlarga
qarshi yaratilgan boʻlib,ular azaliy dushman edilar.Dastlab oddiy hindu bola
boʻlib Bella bilan doʻstlashgan Jeykop keyinchalik boʻrituslar zoti mansubligi
anglaydi va oʻz hayot tarzini oʻzgartiradi. U ham Bella uchun hamma narsaga
tayyor, hayotini Bellasiz tasavvur eta olmas darajada unga bogʻlangan.
Bellaning vampirni yaxshi koʻrib qolishi,qolaversa Bellaning oʻzi ham vampirga
aylanishi haqidagi xohishini eshitib juda qarshi chiqadi. Ammo undan vos
kecha olmasligini bilib bu holatga koʻnikishga majbur boʻladi.
Bella Svon obrazi oʻzida jasurlik, qat’iyatlilikni mujassamlashtirgan, bir
tomondan oilasining xavfsizligi, bir tomondan sevgilisi, yana bir tomondan esa
doʻstining chorlovlari oʻrtasidan toʻgʻri yoʻl axtargan bosh obraz hisoblanib,
dunyoda odamlar qatorida pinhona yashovchi har ikki dunyo vakillarining
sirlaridan xabardor yagona oddiy insondir. Onasing yangi turmushi sabab oʻz
otasining oldiga qaytgan Bellani oʻz kursdoshi bir koʻrishdayoq oʻziga rom
etgandi. “Falokatlarni ohangrabodek oʻziga tortuvchi Bella”ning hayotini bir
necha marotaba saqlab qolgan Eduard bugun uning hayotida borligi bir
quvonch va baxt edi. Doʻsti Jeykopning bu masalalarda qarshiligini bilsada, u
doʻstidan ham, sevgisidan ham voz kechish niyatida boʻlmagan. Aksincha u eng
toʻgʻri yoʻlni-sevgiga doʻstlikni aralashtirmaslikni tanlaydi. Muhabbat atalmish
oliy ne’mat ikki dunyo vakilini birlashtiradi.
Asar davomida vampirlar hayotiga oid qizqarli lavhalar, boʻrituslarning
animistik hikoyalaridan juda mohirona foydalanilgan. Jang syujeti ham juda
283
ishonarli va ta’sirli tasvirlangan boʻlib, beixtiyor kitobxonning qahramonlar
orasiga hayolan tushib qolishiga, ular bilan birga yashab, birga hissiyot
almashishiga imkoniyat yaratilgan. Asarning kompazitsion tuzilishi ham
e’tiborga molik. Asar 5 fasldan iborat boʻlib, har bir fasl bosh qahramon Bella
tomonidan alohida hikoyalar tarzida soʻzlab beriladi.
Bu asarning yaralish tarixi ham qiziqarli: asar muallifi Stefani Mayer 29
yoshida koʻrgan tushida yashil oʻtloqda ikki yosh juftlik; yosh vampir yigit sevgi
toʻla koʻzlari bilan qizni izlayotganligini koʻradi. Erta tongda uygʻonib Mayer
muhabbat haqida roman yozishga kirishadi va tez fursatlarda katta hajmli asar
dunyo yuzini koʻradi. Hattoki, muallifning turmush oʻrtogʻi uni asarning bosh
qahramonini sevib qolganligida ayblaydi.
Shu oʻrinda haqli bir savol tugʻiladi: bu asardagi vampirlar yoki
boʻrituslar toʻqima obrazmi yoki ular hayotdan olinganmi?
Amerikaning Luiziana shtati universitetida doktorlik dissertatsiyasiga
nomzod boʻlgan Broun hayoti mobaynida haqiqiy vampirlarni, hattoki besh
ming kishilik “Atlanta Vampir Ittifoqi”ni qidirib topgan.Tadqiqotlar shuni
koʻrsatadiki, turli hududlarda yashovchi vampirlar atrofdagi boshqa
odamlardan biror belgisi bilan ajralib turishmas, yangicha hayot tarziga koʻra
ular qon bilan oziqlanishmas ekanlar. Olimlarning fikriga koʻra, vampirlarning
hech qanday aybi yoʻq:ular ham tabiatning yaratigʻidir. Faqatgina turli xil
kinolardagi notogʻri talqinlar tufayli insonlarda ularga nisbatan xavfli degan
qarash paydo boʻlgan ekan. Boʻrituslarning esa hayotda mavjudligi haqida aniq
dalillar hali fanda isbotlanmagan. Ilm ahli boʻrituslarni ma’lum bir hindu
qabilalarining totemistik qarashlari deb hisoblashadi.
Bu romanning oʻzbek kitobxoniga ijobiy ta’sirida kitob tarjimonning
mahorati yuksak qadrlanadi. Bugungi kunda oʻzining ijod namunalari bilan oʻz
muhlislarining koʻnglini xush qilib kelayotgan serqirra ijodkor Dilfuza Sobirova
har qancha maqtovlarga arzirli boʻlgan ishga qoʻl urgan: “Zulmat ostonasidagi
muhabbat” romaniga oʻz mehrini qoʻshib tarjima qilgan.
284
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, asarda bugungi asrimiz hayoti:
zamonaviy shaharlar, qulay avtotransportlar, soʻnggi urfdagi kiyimlar-u
muhtasham imoratlar tasvirlangan. Ammo bir narsaga zamonaviylik soya sola
olmagan. Bu-MUHABBAT. Unga hech kim qarshi chiqa olmadi, hech kim voz
kecha olmadi. Kitobxonning olish mumkin boʻlgan boʻlgan sabogʻi-muhabbat
uchun kurash va kurashda doʻstlarning ham qadrini ham unutmaslik;
Yaratganning har bir yaratigʻiga mehr koʻzi ila boqish; har qanday insonni
boriligicha ardoqlash. Oʻtkinchi umr suronida saroblarga aldanmay bir-
birimizni qadrlaylik, azizlar
!
Do'stlaringiz bilan baham: |