Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Annotation.  This  article  about  Normuod  Norqobilov’s  storys.  Author’s  analyzed 

peyzaj portrayal in “Butterfly”, “Old man and snakes”. It has been found that the image of 

nature reveals the psyche of the images, showing their character.  

Keywords: artistic image, landscape, the image of the soul, character, plot.  

 

 



Tabiat  borliqning  bir  qismi  sifatida  inson  hayoti  bilan  chambarchas 

bogʻliq. Inson va tabiat oʻrtasida bir rishta borki, kimdir bu rishtani his qilib 

yashaydi,  kimdir  unga  yuz  buradi.  Badiiy  adabiyotimizda  inson  shaxsini, 

ruhiyatini, ochib berishda tabiat tasviri bilan hamohanglikda mengzash odat 

tusiga  kirgan.  Aynan,  Normurod  Norqobilov  asarlarida  tabiat  tasviriga  juda 

koʻp marotaba murojaat qilishini koʻrishimiz mumkin. Balki, bu bilan yozuvchi 

yuqorida aytib oʻtganimizdek tabiat borliqning bir qismi ekanligini bizga bot-

bot eslatmoqchi va uqtirmoqchidir.  



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

250 


Lirik shoirimiz Hamid Olimjon oʻz maqolalaridan birida ona tabiatni his 

etish  va  uni  ishonarli  tasvirlash  uchun  ijodkor  uch  xil  qiyofada  namoyon 

boʻlishini  orzu  qilib  shunday  deydi:  “Men  Xorazmliklarning  Amudaryoga 

boʻlgan  qarashini, oʻchini, ginasini  soʻz bilan aytib  beradigan shoirni, kuylab 

beradigan ashulachini, chizib beradigan rassomni koʻrishni istar edim”, - deydi. 

Shu bilan birga bu  fikr  zamirida  insonning  tabiatga  boʻlgan munosabatini 

ifodalash masalasi yotibdi. Xoʻsh, odam bolasi oʻz ne’matlarini moʻl-koʻl hadya 

etayotgan tabiatga mehr-muhabbat  bilan  qaraydimi,  mehr-muhabbat  ruhida 

yashaydimi? Bu nafaqat adabiyotimizning balki, bu butun bir davrning azaliy 

muammosi boʻlib kelgan va ijod ahli u yoki bu darajada munosabat bildirgan. 

Men ulugʻ shoirimizning orzusi davrimizning iste’dodli yozuvchisi Normurod 

Norqobilov  ijodida  amalga  oshganligini  alohida  ta’kidlab  oʻtmoqchiman. 

Yozuvchi  oʻz  ijodida  yurtimizning  koʻrkam tabiatini sehrli soʻzlar  orqali 

ifodalab  beradigan  mahoratli  yozuvchi,  nabobat  va  hayvonot  olamini 

joʻshqinlik  bilan  baland  pardalarda  kuylay  oladigan  hofiz,  quyuq  va  boʻrtma 

ranglarda tasvirlaydigan rassom qiyofasida namoyon boʻlmoqda.  

Yozuvchining juda koʻp asarlari bunga guvohlik beradi. Jumladan, “Chol 

va  ilonlar”,  “Judolik  quvonchi”,  “Kapalak”,  “Keksa  tut”  kabi  bir  qancha 

hikoyalarida ijodkor kitobxonni tabiat qoʻyniga beixtiyor chorlaydi. Aslida-ku, 

tabiat tasviridan oʻz asarlarida foydalanmagan ijodkor boʻlmasa kerak. Xoʻsh, 

Normurod  Norqobilovning  bunda  mahorati  va  farqi  nimadalarda  ekan? 

Normurod  Norqobilov  tabiatni  shunchaki  tasvirlamaydi,  balki  uni  jonli  va 

tabiiy koʻrsatish orqali obrazlar ruhiyatini ochib berishni odat qilgan.  

Asarlarida obrazlar ruhiyatini tabiat hodisasi bilan bogʻlaydi. Yozuvchi, 

asosan,  tabiat  tasvirini  bola  yoki  chol  obrazilari  orqali  koʻrsatgan asarlari 

salmoqlichani  tashkil  etadi.  “Kapalak”  hikoyasida  bola  ruhiyatini  tabiat 

moʻjizasi  bilan bogʻlasa,  “Chol  va  ilonlar”  hikoyasida  esa,  chol  obrazi  bilan 

bogʻlaganining guvohi boʻlamiz.  Yozuvchi  ijodida,  asosan,  bola  va  chol 

motivlaridan  foydalanishining  sababi  ham  ular  tabiiylik  va  samimiylikni, 

begʻubor qalb pokligini saqlab qolganligida boʻlsa ajab emas. “Chol va ilonlar” 




 

251 


hikoyasidagi  Rahmon  chol  juda  tabiatnavis,  koʻngli  toza  muallim  edi.  Chol 

hovlisidagi u bilan birga yashayotgan ilonlardan bir zum ham choʻchimaydi. 

Unga  ziyon  yetkazishni  hayoliga  ham  keltirmaydi.  Ular  bilan  yaxshigina 

“qoʻshnichilik” munosabatini mustahkam bogʻlaydi. Har kuni ular uchun gulzor 

pushtasiga un sepishni ham kanda qilmaydigan keksa nuroniy.  

Yangi  qoʻshnilarning  hovlisida  yashashidan  avvaliga  biroz  hayiqsada, 

keyinchalik  buni  tabiiy  holday  qabul  qiladi.  Rahmon  chol  gʻayritabiiy bu 

qoʻshnichilikka  boshida  sira  koʻnika  olmaganidek,  erta  bir  kun  kelib  ularga 

qattiq  bogʻlanib  qolishini  va  hatto  yuragida  sogʻinchga  oʻxshash  ajabtovur 

tuygʻularni tuya boshlashi mumkinligini oʻshanda xayolining yetti koʻchasiga 

ham keltirmagandi.  

Koʻp vaqt oʻtmasdan bu gʻaroyib qoʻshnilarga juda bogʻlanib qoldi. Har 

galgidek,  ularning  hovliga  chiqishi-yu,  birin-ketin  oʻrmalab  oʻz  inlariga, 

aniqrogʻi, Rahmon cholning pastak hammomining ostiga kirib ketishini ilhaq 

kutadigan  boʻldi.  Bu  uchrashuvga  qadar  Rahmol  chol  tevarak-atrofga  biroz 

bee’tibor, oʻz yumushidan, oila tashvishidan boshqasini oʻylamaydigan inson 

edi.  Ana  shunday  sertashvish  kunlarning  birida  ilonlarga  duch  keldi-yu, 

cholning  koʻzi  yarq  etib  ochildi.  Uning  ta’biri  bilan  aytganda,  bu  “bir  parcha 

tuproq” oʻzidan boʻlak oʻzga jonivorlarga ham tegishli ekanligini angladi. Ilonlar 

sabab  cholning  tevarak-atrofga boʻlgan  e’tibori  ortib  boraverdi.  U  daraxt 

shoxlaridagi chumolilar karvonini, gulzorda uchib yurgan nafis kapalaklarni, 

samolarda  parvoz  qilayotgan  chumchuqlar  chugʻurini,  tomdagi  mushuklar 

oʻyinini ilgʻaydigan  boʻldi.  Aniqrogʻi,  tabiatning  ajib  bir  moʻjizasini  oʻz  koʻzi 

bilan koʻrish baxtiga muyassar boʻldi. Shu bilan chol ularga mehri oshib, ular 

bilan gaplashishni ancha oʻrganib olganini oʻzi ham sezmay qoldi.  

U  ilonlar  bilan  qadrdonlashib  qolganidan  beri  mudom  bir  savol  uni 

oʻylantiradi. “Jonivorlar bilan murosa qilish mumkin holda nechun odamzod 

bilan  til  topishib  boʻlmaydi  -a?“Tabiat  oʻz  qudratini  koʻrsatdi.  Inson  insonni 

tushunmayotgan  bir  paytda  jonivorlar  insonlarning  yaqin  doʻsti ekanligini 

koʻrsatmoqda.  Bu  orqali  yozuvchi  nafaqat  tabiat  moʻjizasini,  balki  hikoya 




 

252 


qahramonining  bir  tugal  hayotiy  xulosaga  kelishi  kerakligi  vazifasini 

yuklamoqda.  

Normurod  Norqobilovning  yana  bir  hikoyasida  ham  mana  shunday 

xulosaga  kelishimiz  mumkin.  “Kapalak”  hikoyasidagi  Nusrat  juda  beozor, 

begʻubor, bolalik gashtini qishloqda bobosi va buvisi bilan birga oʻtkazayotgan 

bola edi. U tugʻulganda ota-onasi hali talaba boʻlganligi uchun ham u qishloqda 

oʻsgan. Yoshi ham maktab yoshiga yetib qolgani bois, uni otasi shaharga olib 

ketish taraddudiga tushgan. Nusrat qizgʻaldoqlar-u kapalaklarni, gʻumaylarni-

yu otquloqlarni, shishadek tiniq osmondagi toʻrgʻayni hayrat bilan kuzatishdan 

hecham charchamasdi. Hatto, yoʻldagi chumolilar karvonini soatlab tomosha 

qilishdan,  ularga  qirqoyoqni  tutib  berishni  ham  esdan  chiqarmasdi.  Nusrat 

faqatgina  shu  qirqoyoqni  biroz  yoqtirmasdi.  Albatta,  buning  ham  oʻz  sababi 

bor. Bir necha yil oldin qirqoyoq amakisining qulogʻiga kirib ketib, rosa jonini 

azoblaganini  bobosidan  eshitgandi.  Shu-shu  qirqoyoqni  koʻrdi  deguncha  uni 

tutib chumolilar toʻdasi ixtiyoriga topshirardi. Va bu qilgan ishini amakisi va 

bobosiga aytib, bolalarcha maqtanardi. Bobosi boʻlsa, nevarasining bu quvnoq 

xatti- harakatlarini zimdan kuzatib, gaplarini eshitib koʻngli koʻtarilardi. Nusrat 

shaharga ketishini eshitgandan koʻchaga uloqchadek oʻynoqlab otildi. Qadrdon 

joʻralariga xabar berishni oʻyladi. Bu xabardan tomdagi lolaqizgʻaldoq ham, jajji 

qoʻzichoq  ham  bu  sayohatidan  bexabar  qolmadi.  Bundan  koʻrinadiki,  bola 

tabiatdagi  har  bir  narsani  oʻz  joʻralari  qatori  ularni  ham  doʻst  deb  biladi. 

Ulardan sirini yashirmaydi, balki gʻamxoʻrlik qiladi.  

 Qizgʻaldoq  atrofidagi  maysalarni  tarab,  uni  yovvoyi  oʻt-oʻlanlardan 

asraydi. Bola tabiat tilini yaxshi tushunadi. Qizgʻaldoq bilan sirlashadi, shamol 

boʻlganda  esa  gʻumaylar  qoʻshiq  aytib,  otquloqlar  chapak  chalishini  bola 

tafakkurida idrok etadi.  

Bir kuni u bobosidan arilar nima deyapti deb soʻraganida bobosi “Bekor 

turmay ishlash kerak-ishlash  kerak”,  -deyapti  degandi.  Bolakay  ajablangan: 

“Shundan  boshqa  aytar  soʻzi  yoʻqmi  ularning?”  Bobo  degan:  “  Boʻlak  gap 

aytishga ularning fursati yoʻq”,  -  degan  edi.  Ana  shundan  beri  Nusrat 




 

253 


asalarilarning mehnatkashligi-yu,  bir  daqiqani  ham  behuda  sarflamay 

ishlashini koʻrib, ularga mehr qoʻyib, har bir fursatning qadriga yetishni ham 

ulardan oʻrgangan. Menimcha, odamzod ham juda koʻp narsalarni tabiatdan, 

tabiat  ta’siridan,  jonivorlardan  oʻrgangan boʻlsa  ajab  emas.  Negaki,  hali 

moʻjizaga boy tabiatimizning hali biz bilmagan, kashf etilmagan sirlarga boy. 

Nusrat esa hali bola boʻlishiga qaramay, bu moʻjizani bola koʻzi bilan koʻrishga 

ulgurgan ziyrak bola.  

Hatto,  u  kattalar  oʻylab koʻrmagan  ba’zi  bir  narsalarni  ham  u  koʻzdan 

qochirmaydi.  Masalan,  dadasi  bilan  shaharga  ketayotganda  yoʻlda  shunday 

savol  bergandi.  ”Ota,  toʻrgʻay  nega  osmonda  bunaqa  qilib  turadi-a?  “,  -  deya 

soʻragandi. Ota esa tepaga qaradi va yelkalarini qisdi. Toʻrgʻay nechun bu tarzda 

muallaq turishini hech oʻylab koʻrmagan ekanligini, anglab yetmasdan bolakay 

ikkinchi savolni ham berishga ulgurdi. ”Nega chumchuqlar bunaqa turmaydi, a, 

ota.  Shaharda  chumchuqlar  bormi.  Musicha  bilan  toʻrgʻaychi?”,  -  deya  otani 

ketma-ket savollar oqimiga koʻmib tashladi. Ota boʻlsa, bu savollarga javob bera 

olmasligini  bilib,  “bilmadim”  soʻzi  bilan  kifoyalandi,  xolos.  Oʻzidan-oʻzi 

hayratlandi.  Shuncha  yil  shaharda  yashab  bu  ikki  qushning  borligini  ham, 

yoʻqligini tuzukroq bilmas ekan. Shunchalikda atrofga, tabiatga e’tiborsizligini 

oʻzi bilsada, buni oʻgʻliga sezdirmasligni ma’qul koʻrdi.  

Biroq koʻp vaqt oʻtmay bolakay kapalaklar bilan ovundi. Lov-lov yonib 

turgan lolaqizgʻaldoqlar ustida uchib yurgan kapalaklar sari oʻzini otdi. Bunday 

chiroyli  kapalakni  umrida  koʻrmagan  Nusrat  kapalakning  qanotlaridan 

avaylabgina  ushladi.  “Hozir  seni  qoʻyib  yuboraman”,  -  dedi  va  dadasiga 

koʻrsatish uchun uning yoniga yugurdi. Bu onda bola juda begʻobor, quvnoq va 

baxtiyor edi. Ota boʻlsa, avvaliga oʻgʻlining ust-boshiga razm soldi. Koʻkargan 

shimiga, oqargan koʻylagini koʻrib gʻazablandi. Oʻgʻlining xursandchiliga cherik 

boʻlish  oʻrniga,  qoʻlidagi  kapalakka  chang  soldi  va  kaftida  gʻijimlab yerga 

tashladi.  Bunga  ham  qanoat  qilmay,  kapalakni  oyogʻi  bilan  ezib,  tuproqqa 

qorishtirib tashladi. Bola shu on roʻparasida oʻz otasini emas, yovuz bir insonni 

koʻrganday boʻldi. Nusratning rangi oqarib, koʻzlariga yosh qalqidi va qishloq 




 

254 


sari yelday uchib ketdi. Bolaning yoshligi, bolaligi kapalak umri singari qisqa 

boʻldi.  Kapalak  oʻlimi  bilan  Nusratning  yoshligi  ham  tugadi  va  u  shu  paytda 

ulgʻayganday edi. Bunda birinchi koʻrgan sahnasi ham otasining “yovuz ishi” 

boʻldi. Hikoyada qahramon va tabiat ya’ni bola va kapalak parallelizm usulida 

tasvirlangan.  Goʻyoki,  Nusratning  bolaligi  tugagan  emas,  balki  marvarid 

shodasi  kabi  har  tarafga  sochilib  ketganday,  nazarimda.  Otasining  oʻylamay 

qilgan  birgina  harakati  bolani  otadan  ayirdi  va  ularning  oʻrtasiga koʻrinmas 

devor soldi.  

Xulosa 

oʻrnida 


shuni 

aytishimiz 

mumkinki, 

Normurod 

Norqobilovhikoyadagi  persanajlar  nutqi,  xatti-harakati  orqali  ularning 

xarakterini, dunyoqarashini, umuman, ruhiy olamini ochib bera olgan va peyzaj 

tasvirida  usta  ekanligini  ham  koʻrsata  olgan.  Yozuvchi  hikoyalarida  tabiat 

tasviridan bir qancha maqsadlarda oʻrinli foydalangan: 

-obrazlar fe’l-atvorini koʻrsatish uchun; 

-ruhiy olamini yoritish uchun; 

-personajlar ichki dunyosini ramziy tabiat orqali ifodalash uchun; 

-obrazlarning hayotiy xulosaga kelishlari uchun; 

Va boshqa turli xil maqsadlar uchun foydalangan.  

Yozuvchi hikoyada nafaqat, qishloq hayotini, ota va oʻgil munosabatini, 

balki jonivorlarni, tabiatni, butun borliqni asrashga, ularga gʻamxorlik qilishga 

da’vat etgan. Biz ona tabiatimizning sehrli olamiga mahliyo boʻlmasak, asrab-

avaylamasak,  betakror  tabiatimizni  kuzatmasak,  uning  kuzatiluvchisiga 

aylanib qolishimizni ham unutmasligimiz darkor.  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish