Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

T / r  Oʻzbek tili 

Xorazm 

shevasi 

Turkman 

tili 

b  




d  





f  




g  





















m  


m  

m  


10 





11 





12 






 

145 


13 





14 





15 





16 





17 





18 





19 





20 

gʻ 


ğ 



21 

sh 

š 

š 



22 

ch 


č 

č 

23 

ng 

ŋ 

ŋ 



24 

dj 


 

dj 


 

Koʻrinadiki, oʻzbek va turkman tillarida mavjud boʻlgan, sirgʻaluvchi dj va 

lab-tish tovushi f undoshi xorazm shevasida yoʻq, soʻz tarkibidagi f undoshi p 

ga, dj esa j ga aylanadi. Oʻzbek adabiy tilidagi chuqur til orqa q, gʻ, x tovushlari 

xorazm  shevasida  boʻlsa-da,  ammo  talaffuz  jihatidan  aynan  emas.  Xorazm 

shevasidagi bu undoshlar til oʻrta k, g, boʻgʻiz tovushi h ni talaffuz qilgandan 

orqaroqda va qattiq tarzda tallafuz qilinadi. Turkman adabiy tili normalariga 

koʻpchilik  olimlar  tomonidan  kiritilishi  rad  etilgan  bu  tip  undoshlarning 

talaffuzi xorazm shevasidagi kabi bir xildir.  

Umuman  olganda,  unlilarning  miqdorini  belgilashda  boʻlgani  kabi, 

undoshlarning  tarkibini  tuzishda  ham  ikki  adabiy  til  vakillarida  ham  har 

xilliklar mavjud. Xususan, oʻzbek adabiy tili undoshlar sostavida 24 ta fonema 

bor deyilsa-da, ammo ushbu miqdor yuzasidan turlicha fikrlar bor. Jumladan, 

S.Otamirzayeva  [12,  8-bet],  Y.D.Polivanovlar  [13]  22  ta,  A.K.Borovkov  [5], 

I.A.Kissenlar [7, 21-bet] 23 ta desa, A.N.Kononov [8], V.V.Reshetov [15, 212-

bet], A.Abduazizovlar [1, 54-66-betlar] 25 ta, shuningdek, oʻzbek adabiy tilida 

olim M.M.Mirtojiyev tomonidan 27 undosh borligi qayd etilgan [11, 102-103-

betlar].  H.Jamolxonov  oʻzbek  tilidagi  undoshlarning  miqdorini  belgilash 

borasida oʻzining „Oʻzbek tilining nazariy fonetikasi“ qoʻllanmasida yuqoridagi 

olimlarning  qarashlarini  batafsil  yoritib,  ulardan  kelib  chiqib  oʻz  fikrlarini 

bayon  etadi  [6,  117-139-betlar].  Ma’lum  boʻladiki,  oʻzbek  tili  undoshlar 

sostavidagi asosiy munozara oʻzlashgan f, dj, ts fonemalarining oʻzbek tilidagi 




 

146 


fonema  maqomining  bor-yoʻqligi  yuzasidan  boʻlib,  Mirtojiyev  esa  ngʻ 

(vangʻillamoq, doʻngillamoq, toʻngʻ soʻzlaridagi chuqur til orqa sonant) va dz ( 

chetdan  oʻzlashgan  familiyalarda  qoʻllanadigan  affrikat)  tovushlarini  ham 

alohida fonema sifatida kiritadi.  

Turkman tilida ham undoshlar sostavi bahsli boʻlib, koʻpchilik olimlar 

tomonidan 21 ta undosh qabul qilingan boʻlsa ham, munozaralar hanuz davom 

etmoqda. A.P.Potseluyevskiyning fikricha 25 ta [14], G.Qulmonov [9, 18-bet] va 

X.Mashakovlarning [10, 3031-betlar] fikricha, 22 ta, Boqiyev 23 ta [3, 15-bet] 

desa,  A.Annanurov,  P.Azimov,  J.Amansariyev,  G.Sariyev,  T.Tojimurodov, 

M.Xudoyquliyev,  B.Xoʻjayevlar  esa  21  ta  undosh  fonema  tarafdorlaridir. 

Turkman  tilidagi  undoshlar  sostavi  yuzasidan  bahslar  asosan,  qattiq  va 

yumshoq talaffuz qilinuvchi oʻgʻuz turkum tillariga xos boʻlgan g va k juftliklari

shuningdek,  x  va  h  fonemalarini  alohida  fonema  yoki  fonemaning  varianti 

sifatida hisoblash masalasi bilan bogʻliqdir.  

Aytish joizki, ikki tilda ham undosh fonemalar miqdori xususida tugal 

fikr yoʻq.  Bu  esa  mazkur  ishda  ba’zi  qiyinchiliklarni  tugʻdiradi.  Shu  sababli 

koʻpchilik  tomonidan  e’tirof  etilgan,  kitob-darsliklarda  qayd  etilgan  oʻzbek 

tilida 24 ta, turkman tilida 21 ta va ba’zi oʻrinlarda qattiq g, k, boʻgʻiz tovushi h 

undoshlarni qoʻshgan holda qiyos etamiz.  

Undosh  fonemalar  akustik-artikulatsion jihatdan,  asosan,  quyidagi  3 

tasnif asosida guruhlarga boʻlinadi: 

hosil boʻlish oʻrniga koʻra; 

hosil boʻlish usuliga koʻra; 

ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra. 

Hosil boʻlish  oʻrniga koʻra  undoshlar  tovush  hosil  qilishda  ishtirok 

etadigan  nutq  a’zolarining  qay  birida  yuzaga  kelishi  yoki  boshqa  a’zolarga 

nisbatan koʻproq faolligi jihatdan, til, lab boʻgʻiz undoshlariga boʻlinadi: 

 

 




 

147 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish