Darsning turi: Interfaol. Mustahkamlovchi.
Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rasmlar, grammatik mavzuga
ko‘rgazmali qurollar, darslik. Darsda foydalanadigan texnalogiya:
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda o‘qitish texnologiyasi).
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. O‘quvchilarni darsga
tayyorgarliklarini tekshirish. Darsning borishi maqsadi bilan tanishtirish. Uyga
berilgan vazifani tekshirish. Bunda o‘quvchilarning yaxshilik haqida yod olib
kelgan maqollarini “Zanjir” usulida so‘rash. O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollar
tarqatiladi. O‘quvchilar savollarga javob beradilar.
3-topshiriqda dialog berilgan bo‘lib, uni o‘quvchilarga og‘zaki
bajartiriladi. O‘quvchining nutqi, so‘z tanlashi kuzatiladi va o‘qituvchi
tomonidan tuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |