Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Ahd qildim ishq lafzin tilga mazkur etmayin

Til nekim, xomam tilidin dogʻi mastur etmayin. 

 Najmiddin  Komilov  mazkur  baytni  quyidagicha  izohlaydi:  “Mazkur”  – 

zikr  etish,  tilga  olish,  “xoma”  –  qalam,  “mastur”  –  yozish  raqam  etish.  Bu 

baytning qolaversa butun gʻazalning oʻzak- kalit soʻzi ishqdir. Soʻfiylar talqiniga 

koʻra,  ishq-  doʻstlik tuygʻusining  oliy  darajaga  koʻtarilishi:  doʻst  orqali 

ma’rifatni shohni sevish. Doʻst deganda ular yuksak zakovat, qalbida ezgulik 

nuri  porlab  turgan  inson  va  Mutlaq  ilohni  anglaganlar.  Ishq  soʻzi  ranj,  dard 

soʻzlari bilan ma’nodosh boʻlib qolgan. Bu soʻzning asl etimologik ma’nosi ham 




 

630 


shunga ishora etadi: u arabcha “ashaqa” (zarpechak) soʻzidan kelib chiqqan. 

Zarpechak  bilamizki,  oʻt-oʻlanlar  daraxtlarga  oʻranib  olib,  ularning  shirasini 

soʻrib quritadigan giyoh. “Ishq ham avjga koʻtarilganda bamisoli zarpechakday 

odamni bedarmon qiladi, sezish qobilyatini susaytirib, еb-ichishdan mahrum 

etadi, ishqqa chalingan kishiga oʻzgalarning gap soʻzi malol keladi, u doʻstdan 

boshqaga  qaramaydi”  deb  “Istilohoti  urafo”  lugʻatining  muallifi  Sayid  Ja’far 

Sajjodiy.  Navoiyning  lirik  qahramoni  ishq  soʻzini  tilga  olmaslikka,  tilga 

olishgina  emas  uni  hatto  qogʻoz  sahifasiga  yozmaslikka  ahd  qildim  deydi. 

Giriftorlik girdobi ichidagi hasrat bu, ammo u yolgʻon “ahd”. Aslida oshiq battar 

bu bahri azimga shoʻngʻimoqchi, zero oshiqning zanjiri ham, qanoti ham ishq, 

uni bud etadigan ham, nobud qiladigan ham qutulib boʻlmas shu Buyuk joziba” 

[3. 224-225-bet].  

Olim ramali musammani mahzuf bahrida yozilgan sakkiz baytli ushbu 

gʻazalning  besh  bayti  tavba  tazarru  mazmunida  yozilgan,  qolgan  uch  bayti 

gʻazalning umumiy ma’nosi bilan bevosita emas, balki bavosita bogʻlanganligi 

isbotini butun boshli gʻazalning sharhida isbotlab beradi. 

Najmiddin  Komilov  gʻazallar  mavzusiga  koʻra asosan 2 turga boʻlib, 

ulardagi  mohiyat  yaqinligini  quyidagicha  izohlaydi:  “Navoiy  va  ulugʻ  shoir 

gʻazallarini  ikki  guruhga  ajratib  (orifona  va  oshiqona  gʻazallar)  oʻrganar 

ekanmiz,  shunga  amin  boʻlamizki,  oshiqona  gʻazallar  “sof  dunyoviy” 

mazmundagi asarlar emas, shu kabi orifona gʻazallarni ham butkul dunyoviy 

gʻoyalardan  holi  deb  boʻlmaydi.Orifona  gʻazallarda  ilohiy  ma’rifatga  erishish 

yoʻli  bevosita  talqin  etilsa,  oshiqona  gʻazallarda  bu  maqsad  dunyoviy 

kechinmalar,kasrat  olamining  rang-barangligi,  bunga  oshuftalik va ana shu 

oshuftalik zamiridagi ilohiy goʻzallikni kashf qilish, idrok etish buning ming-

ming koʻrinishdagi  yoʻllari  qiynoqlari  tasvirlanadi.  Bunda  “majoz”  (surat, 

kasrat) va “haqiqat” (ilohiy nur) bir-biriga zid qoʻyilmaydi, biri qabul qilinib, 

ikkinchisi inkor qilinmaydi, balki majozdan Haqiqatga, suratdan Ma’noga qarab 

borish kuzatiladi” [1. 5-bet].  



 

631 


 Toʻychi  Hofiz  Toshmuhammedov  tomonidan  “Ushshoq”  kuyiga  solib 

kuylangan “Qaro koʻzum” nomi bilan mashhur boʻlgan gʻazalda buning yaqqol 

isbotini koʻrishimiz mumkin: 

Qaro koʻzum, kelu mardumliq emdi fan qilgʻil, 

Koʻzum qarosigʻa mardum kibi vatan qilgʻil. 

 Shoir  qaro  koʻzum  deb  aynan  kimni  nazarda  tutayapti,  oshiqning  oʻz 

ma’shuqasiga boʻlgan dil izhori boʻlsa nega yorga qaro koʻzum deb murojaat 

qilyapti degan savollar albatta oddiy oʻquvchi mushohadasida paydo boʻlishi 

aniq. 

 Olim gʻazalni quyidagicha sharhlaydi: “Ushbu gʻazalda oshiqning еtuklik 



va kamolot timsoli –  Komil  insonga  muhabbat  ifodalanadi.  Tasavvuf 

lugʻatlarida  koʻz  –  Komil  inson  timsoli  deb  sharhlanadi,  chunki  u  faqat 

oʻzgalarni koʻradi, oʻzini esa koʻrmaydi.Agar yuz ilohiy zuhurot ramzi boʻlsa, 

koʻz shu ilohiy zuhurotni jamlagan manba – mazhari komillikning ramzi. Koʻzni 

sevish  orqali  ilohiy  jamolni  sevish  ifodalanadi.  Navoiy  qahramoni  ana  shu 

insonni oʻz koʻzining gavhariga aylantirmoqchi - qalb chirogʻi etmoqchi boʻladi. 

Shoir ishlatgan soʻz  oʻyinlari ham shunga yoʻnaltirilgan:  “mardum”  –  koʻz 

qorachigʻi  va  insoniylik  ma’nosida  keladi,  “fan”  –  odat,  oʻrganish va tadbir” 

[1.176-bet]. 

Gʻazalning  matlasidayoq  bu  gʻazal  oshiqona  mavzuda  ekanligi 

anglashinib  turibdi.  Alisher  Navoiy  “Mahbub  ul-qulub”  asarida  ishqning 

marotiblarini  (martabalarini)  3  turga  ajratadi:  1)  avom  ishqi;  2)  xoslar 

ishqi(majoziy ishq); 3)siddiqlar ishqi(haqiqiy ishq). 

Ishq darajalari bir-biridan qanday xos jihatlari bilan farq qiladi. Yuqorida 

keltirilgan matlada ishqning qaysi darajasi nazarda tutilyapti degan savollar 

oʻquvchida paydo boʻlishi mumkin. Bu kabi savollarga olim Navoiy ijodining 

mazmun  mohiyati  vahdat  tushunchasini  “moddiylik  va  ilohiylikning  birligi” 

bilan  izohlaydi.  Vahdatni  yuzaga  keltiruvchi  ilohiy  tajalli,  majoziy  ishq  va 

haqiqiy ishqdan paydo boʻladi. Oʻz navbatida majoziy ishq va haqiqiy ishq bir-

biridan  uzilgan  tushunchalar  emas.  Majoziy  ishq  tong  yorugʻi  haqiqiy  ishq 




 

632 


quyoshning oʻzi. Majoziy ishq solik vujudini fano etuvchi, ilohiy vahdatga olib 

boruvchi  kuch.Inson  oʻzlikdan  qutulmay  Ilohga  еtolmaydi  deb  ta’kidlaydi 

N.Komilov.  “Qaro  koʻzum”  gʻazalining  sharhida  olim  majoziy  muhabbat 

zamirida Iloh ishqi majudligini koʻrsatadi. 

N.Komilov  tarjimon  sifatida  Alisher  Navoiyning  fors  tilida  yozilgan 

“Sittayi zaruriya” (Olti zaruriy qasaida) tarkibidagi “Ruh ul-quds”(Muqaddas 

ruh),  “Ayn  ul-hayot”  (Hayot  chashmasi),  “Tuhfat  ul-afkor”  (Fikrlar  tuhfasi), 

“Qut  ul-qulub”  (Qalblar  quvvati),  “Minhoj  un-najot”  (Najot  yoʻli),  “Nasim  ul-

xuld”  (Jannat  shabadasi)  qasidalarining  har  birini  alohida  oʻrganib,  uning 

tasavvufiy mazmuni va badiiy qimmatini koʻrsatib berdi. Olim “Sittayi zaruriya” 

qasidalarini bir-birini davom ettiruvchi bir turkum asarlar deb ta’kidlagan. 

Qasidalarining  yozilish  tarixiga  ham  toʻxtalib,  “Sittayi  zaruriya” 

qasidalarini yozishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, ul zot vafotidan keyin Sulton 

Husayn  Boyqaro  undaganlar.  Buni  shoir  “Sittayi  zaruriya”  muqaddimasida 

qayd etgan [2, 196-bet]. Olim qasidalar uslubi haqida ma’lumot berib shunday 

deydi:  “Sittayi  zaruriya”qasidalarining  har  biri  alohida  xususiyat  va  uslubga 

ega,chunonchi,  deylik  birida  qiyosiy  tashbehlar,  boshqasida  tahliliylik,  yana 

birida esa tasviriy va tahliliy usul еtakchilik qiladi. Masalan, “Tuhfat ul-afkor”da 

tamsil keltirish,arab harflari bilan soʻz oʻyini qilish (kitobat san’ati) asosiy oʻrin 

egallaydi. Har bir baytning birinchi misrasidagi fikr ikkinchi misrada tashbehiy 

misol bilan isbot qilib boriladi: 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish