Keywords: ghazal, qasida, prose statement, commentary, translation.
Mumtoz adabiyotimiz namunalarini sharhlash qadimdan shakllanib
kelgan. Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Bedil, Xoʻja Hofiz kabi shoirlar asarlari
turli davrlarda sharhlangani ma’lum. Sharh asarning ma’no mazmunini
soddaroq qilib tushuntirishga, asardagi ibora va istilohlar ma’nosini ochib
berishga xizmat qilgan. Sharh birinchidan, mashhur asarlar gʻoyalari ma’nosini
soddaroq tarzda keng oʻquvchilarga taqdim etishga koʻmaklashsa, ikkinchidan,
yangi-yangi asarlarning yaratilishi, oʻlmas insoniy tuygʻular, tafakkur va aqliy-
ijodiy kashfiyotlarning yaratilishiga sabab boʻlgan [1.3-bet].
Hazrat Alisher Navoiy ijodini oʻrganish shoirning hayotlik davridan
boshlangan. Uning yaratgan asarlari asrlar davomida turli millat vakillari
tomonidan turli tillarda izohlanib, sharhlanib kelinmoqda. XXI asrda ham
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
628
insoniyat Navoiy ijodiga shoirning insoniyat uchun yaratgan oʻlmas gʻoyalariga
ehtiyoj sezadi. Zero, bu gʻoyalar xalq ommasini zavqlantirishga
koʻmaklashibgina qolmay, insonlarning ruhiyatida kamolot yoʻlida, ta’lim
tarbiyasida ham oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Navoiyshunos olimlarimiz shoir ijodini
xalqqa yaqinlashtirish va asarlarining tushunilishini oson boʻlishi maqsadida
nasriy bayonlar, sharhlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Shunday tadqiqotlar sirasida Najmiddin Komilovning hazrat Alisher
Navoiy lirikasidan oʻrin olgan gʻazallar sharhi katta oʻrinni egallaydi. Olim ilmiy
faoliyatining asosiy yoʻnalishlari biri Navoiy gʻazallarining sharhidir. U
sharhlarni oddiy (izoh) va murakkab sharhlar sifatida 2 guruhga ajratadi.
Oddiy sharhda she’riy asarning ma’nosi shunchaki izohlanadi. Murakkab
sharhda esa bir she’r yoki bir bayt butun boshli risola va kitoblarda har
tomonlama keng va chuqur tahlil etiladi.
Olim ta’kidlashicha: “badiiy asar, jumladan gʻazalni sharhlashning oʻz
talablari bor. Sharh bu hamma vaqt asarning oʻrnini bosa olmaydi. Sharh shu
kabi tom ma’nodagi adabiy tanqid yoxud tadqiqot emas, garchi unda tadqiqotiy
va interpretatsion xususiyatlar boʻlsa ham. Sharhning bosh maqsadi asarning
(jumladan gʻazalning) qiyin iboralari koʻp ma’noli murakkab oʻrinlarini
soddaroq qilib tushuntirishdir” [1. 3-bet].
Alisher Navoiy gʻazallari tahliliga bagʻishlangan “Ma’nolar olamiga safar”
nomli asari gʻazalshunoslikda shoir gʻazallari ma’nosini uning tasavvufiy
istilohlari bilan birga anglatishga bagʻishlangan muhim tadqiqotdir. Asar shoir
ijodi namunasi boʻlmish 50 ta gʻazal sharhidan iborat. Kitobda gʻazallarga
berilgan sharhlarga qarab olimning uslubini quyidagicha tasniflab olish
mumkin:
Birinchidan, gʻazaldagi notanish soʻzlar (qadimda qoʻllanilib bugungi
kunda iste’molda boʻlmagan) va tasavvufiy istilohlar ma’nosini lugʻat shaklida
izohlanadi. Ikkinchidan, gʻazaldagi har bir baytning ma’nosi nasriy bayon
shaklida taqdim etiladi. Uchinchidan, gʻazalning umumiy mazmuni, mohiyati
yoritib beriladi.
629
Najmiddin Komilov asarda oddiy inson mushohada qilishi qiyin boʻlgan
misralar ma’nosini oʻzining sharhlash prinsipi orqali sodda va oson tarzda
tushuntiradi.Olim gʻazallarni goʻyoki musiqa deb aytadi. Chunki gʻazaldagi har
bir soʻz nozik va nafis, undagi mazmun va ohang ham oʻzaro mutanosibdir. Aruz
vazni qoidalariga koʻra gʻazaldagi bitta tovush yoki qoʻshimcha notoʻgʻri
talaffuz etilsa,vazniga tushmasa gʻalizlik va dagʻallik va ma’no oʻzgarishi yuz
beradi.
Zukko olim Navoiy gʻazallarining mazmun-mohiyatini yoritish bilan
birga uning kompozitsion tuzilishdagi oʻziga xoslikka ham e’tibor qaratadi.
Jumladan, tadqiqotchilar gʻazalni tuzilishiga koʻra 4 turga ajratishadi:
parokanda, yakpora, voqeaband va musalsal gʻazallar. Olim bunday
tuzilishning barchasi ham Navoiy uslubi talablariga toʻgʻri kelmasligini isbotlab
beradi. Oʻzaro bir-biriga bogʻlanmagan mustaqil baytlar uchun qoʻllanilgan
parokanda istilohini qoralaydi. Olim parokandalik badiiy asarga xos tushuncha
emas, u butunlay bogʻlanmagan baytlar yigʻindisini bildiradi. Navoiyda bunday
she’r yoʻq. Baytlar yuzaki qaraganda mazmunan bogʻlanmagan, turli mavzuda
boʻlib tuyulsada, botinan ular aloqador. Shuning uchun bunday gʻazallar
tahlilida bevosita bogʻlanish(musalsal) va bavosita bogʻlanish degan
tushunchalardan foydalanishni ma’qul deb aytadi. “Ahd qildim ishq lafzin tilga
mazkur etmayin” nomli gʻazalni ham olim hasbi hol tarzida yozilgan oshiq
kechinmalarini ifodalaydigan asar deb aytadi. Gʻazal quyidagicha boshlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |