Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

ID-020-30-A057 

Maftuna Saparova  

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi 

 

 



AHLI QABUL VA AHLI RAD ZIKRIDA  

 

Annotatsiya.  Maqolada  Muqbil  va  Mudbir  haqidagi  hikoyatlar,  shu  mavzuga  oid 

Alisher Navoiy qalamiga mansub bõlgan asarlar, ularning vazn tizimi va syujetlari oʻrganilgan. 

Timsollarga yuklatilgan botiniy ma’ nolarni ochishga harakat qilingan.  



Kalit soʻzlar:  Ritmik  variatsiya,  xafif,  ramal,  syujetlar,  shoh  timsoli,  Muqbil  timsoli, 

Mudbir timsoli, basmala bobi.  

Annotation. In the article, the stories about Muqbil and Mudbir are studied on the 

example of works by Alisher Navoi, their weight system and plots. Attempts have been made 

to reveal the inner meanings imposed on the emblems. 

Key words: Rhythmic variation, khafif, ramal, plots, symbols of king, Muqbil symbol, 

Mudbir symbol, basmala chapter. 

 

 

Barchamizga  ma’lumki,  sharq  adabiyotida  yaxshilik  va  yomonlik, 



toʻg‘rilik va egrilik, hidoyat va razolat mavzularida koʻplab asarlar yozilgan. Bu 

boʻyicha qator oʻgitlar berilgan, pandnomalar bitilgan. Hidoyat nurlari xalqqa 

chin va toʻla yetib borishi uchun koʻplab adiblar majoz usulidan foydalanib turli 

syujetga asoslangan  asarlar  yozib  qoldirishgan.  Shunday  asarlardan  biri 

“Muqbil va Mudbir” hikoyasidir.  

Alisher Navoiy ijodida “Muqbil va Mudbir” haqidagi hikoyatlar “Sab’ai 

sayyor”,  “Lison  ut-tayr”  va  “Mahbub  ul-qulub”  asarlarida  uchraydi.  Ularni 

xronologik jihatdan koʻrib oʻtadigan boʻlsak, dastlab “Sab’ai sayyor” dostonida 

yozilganining guvohi boʻlamiz.  

Xamsanavislar  orasida  salmoqli  oʻrin  egallaydigan,  Bahromshoh 

yoʻnalishida yozilgan asarlarga e’tibor qaratadigan boʻlsak, mazkur mavzuda 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

542 


Alisher  Navoiydan  oldin  Nizomiy  Ganjaviy  (“Haft  paykar”),  Xusrav  Dehlaviy 

(“Hasht behisht”) va Ashraf Marog‘iy (“Haft avrang”)lar qalam tebratganining 

guvohi boʻlamiz. Ushbu asarlarning barchasida 7 hikoyat roviylar tomonidan 

bayon  qilingan  boʻlib,  ulardagi  fasonalarning  hech  qaysisi  bir-birini 

takrorlamaydi  [1.  485-bet].  Ular  bir  yoʻnalishdagi  turfa  rang  asarlar 

hisoblanadi. Biz yoritmoqchi boʻlgan “Muqbil va Mudbir” hikoyati ham shu kabi 

boshqa asarlarda keltirilmaydi.  

“Sab’ai sayyor”dan soʻng Muqbil va Mudbir haqidagi hikoyat yirik irfoniy 

doston boʻlmish “Lison ut-tayr”da uchraydi. Bunda jamiki qushlarga boshchilik 

qilayotgan Hudhud ushbu hikoyatni oʻz chiroyi bilan maqtanib yoʻlni davom 

ettirolmaslik uzrini aytgan Tazarvga oʻz nasihatidan soʻng bayon qiladi. Garchi 

asarda  hikoyat  “Muqbil  va  Mudbir”  deb  nomlanmagan  boʻlsada,  uning 

mazmuni bilan tanishgan kitobxon shu xulosaga kelishi aniq.  

Bundan  keyin  adibning  umri  oxirida  kelajak  avlod  uchun  pand-oʻgit 

boʻlib dunyoga kelgan, biz yoshlar uchun dasturulamal boʻlmish “Mahbub ul-

qulub” asarida ushbu hikoyat haqida soʻz boradi. Pandnomaning ikkinchi qismi 

boʻlmish  “Hamida  af’ol  va  zamima  xisol  zikrida”  (“Yaxshi  fe’llar  va  yomon 

xislatlar toʻg‘risida”) boʻlimining “Tavoze’ va odob zikrida” deb nomlanuvchi 

oltinchi  bobida  fikrlarga  misol  tariqasida  Muqbil  va  Mudbir  haqida  hikoyat 

keltiriladi [3. 79-bet].  

Asarlarning  yozilishiga  e’tibor  qaratadigan  boʻlsak,  “Sab’ai  sayyor” 

hamda  “Lison  ut-tayr”  dostonlari  aruz  vaznida  she’riy  yoʻsinda  yozilgani, 

“Mahbub  ul-qulub”ning  esa  nasriy  keltirilgan  fikrlarni  asoslash  uchun 

nazmiyda baytlar bilan boyitilganining guvohi boʻlamiz.  

“Sab’ai sayyor” dostonining bosh vazni xafifi musaddasi solimi maxbuni 

mahzuf boʻlib ruknlari va taqti’i: foilotun mafoilun failun – V – – / V – V ––/ V V 

–  hisoblanadi.  Bu  haqda  filologiya  fanlari  doktori  Dilnavoz  Yusupova  oʻz 

izlanishlarida  quyidagi  fiklarni  keltirib  oʻtganlar:  “Jumladan,  “Sab’ai  sayyor” 

dostonida  qoʻllanilgan  xafifi  maxbun  vazni  8  ta  ritmik  variatsiyadan  iborat 

boʻlib,  bu  ritmik  variatsiyalar  doston  tarkibidagi  7  ta  hikoyat  mazmunini 




 

543 


ifodalashga  xizmat  qilgan.  Ularning  doston  voqealari  bayonida  oʻzaro 

almashinib  qoʻllanilishi  tasodifiy  boʻlmay,  dostondagi  voqealar, 

qahramonlarning ruhiy holati, bir hikoyatdan boshqasiga oʻtish paytlari, syujet 

chiziqlarining oʻzgarishiga koʻp jihatdan bog‘liq. Xususan, Bahromning “hijron 

oʻtining dudi qaro qilg‘on kun”dagi holati tasvirlangan birinchi hikoyatda xafifi 

musaddasi solimi maxbuni maqtu’ (rukunlari va taqti’i: – V – – V – V – – –) ritmik 

variatsiyaning yetakchilik  qilishi  kuzatilsa,  7-hikoyat soʻnggida  Bahromning 

Diloromning daragini eshitgan paytidagi ruhiy holati bayoni nisbatan yengilroq 

ohang  kasb  etuvchi  xafifi  musaddasi  solimi  maxbuni  mahzuf  (rukunlari  va 

taqti’i: – V – – V – V – V V –) ritmik variatsiyasi yordamida amalga oshirilgan. 

Shuningdek,  Bahromning  “Xamsa”  qahramonlari  orasida  eng  koʻp  qarama-

qarshiliklarga  ega  murakkab  shaxs  sifatidagi  qiyofasini  ochib  berishda  ham 

ritmik variatsiyalar muhim oʻrin egallaydi.” 8 ta ritmik variatsiyalarni quyida 

koʻrib oʻtishimiz mumkin:  

1. Xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf  foilotun mafoilun failun – 

V – – / V – V – / V V – .  

2. Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqsur  foilotun mafoilun failon – 

V – – / V – V – / V V ~. 

 

3. Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’  foilotun mafoilun fa’lun – 



V – – / V – V – / – – .  

4.  Xafifi  musaddasi  solimi  maxbuni  maqtu’i  musabbag‘    foilotun 

mafoilun fa’lon – V – – / V – V – / – ~.  

5. Xafifi musaddasi maxbuni mahzuf  failotun mafoilun failun V V – – / 

V – V – / V V – .  

6. Xafifi musaddasi maxbuni maqsur  failotun mafoilun failon V V – – / 

V – V – /V V ~ .

 

7. Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’  failotun mafoilun fa’lun V V – – / 



V – V – / – – .  

8.  Xafifi  musaddasi  maxbuni  maqti’i  musabbag‘    failotun mafoilun 

fa’lon V V – – / V – V – / – ~ [6. 68-bet].  



 

544 


Asarning  XXXI  bobi  boʻlmish  “Muqbil  va  Mudbir”  hikoyatida  ushbu 

ritmik variatsiyalarning rang-barangligini koʻrishimiz  mumkin.  Jumladan, 

hikoyatning  aksariyat  qismi  xafif  bahrining  maxbuni  maqtu’  va  maqtu’i 

musabbag‘ida  yozilganini  kuzatamiz.  Yengil  ritmni  hosil  qiluvchi  maxbuni 

mahzuf  va  maqsur  vaznida  esa,  “Vodiyi  hamim”  tasviri,  chashma  va  kema 

epizodi bilan bog‘liq baytlar, qahramonlarning ruhiy holatlariga oid oʻrinlari 

yozilgan.  

 

“Tutubon kunje oʻz fig‘oni bila,  

 V V – – / V – V / V V –  

Qolibon bahr ichinda joni bila. 

V V – – / V – V / V V –  

Mudbir ul oʻlgan elni sug‘a solib, 

6. 

V – – / V – V / V V –  

Kemau moli ixtiyorin olib. 

V V – – / V – V / V V –  

Kema amvolini qilib oʻzining, 

V V – – / V – V / V V –  

Kemani balki ham bilib oʻzining.” 

V V – – / V – V / V V – [4. 282-bet]  

 

Yuqoridagi  parchadan  ikki  hamrohning  bahr  ichra  qayiqda  suzib 



borishayotganda  kemaga  duch  kelishgani  va  Muqbilning  oʻz  holi  bilan 

behudligi-yu Mudbirning kemani oʻzlashtirayotgan holatini bilishimiz mumkin.  

Yirik  irfoniy  doston  boʻlmish  “Lison  ut-tayr”ning  LIII  bobi  Muqbil  va 

Mudbir haqidagi hikoyatga bag‘ishlanib oʻn yetti baytdan iborat. Hikoyat ramal 

bahrining ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan boʻlib, ruknlari va taqti’i: 

foilotun foilotun foilun – V – – / – V – – / – V – hisoblanadi.  

 

“Har biriga zot edi oti kibi,  



 

545 


7. 

V – – / – V – – / – V –  

Ul sifatkim ot edi zoti kibi.”  

8. 


V – – / – V – – / – V – [2. 75-bet]  

Ba’zi  oʻrinlarda  esa,  ramali  musaddasi  maqsur  (ruknlari  va  taqti’i: 



foilotun  foilotun  foilon  –  V  –  –  /  –  V  –  –  /  –  V  ~)  vaznida  bitilgan  baytlarni 

kuzatishimiz mumkin.  



 

“Buncha soʻzga bu laimi xudpisand,  

– V – – / – V – – / – V ~ 

Onga xanjar birla yetkurmish gazand.  

– V – – / – V – – / – V ~  

Shoh eshitgach boʻldi adl amriga xos,  

– V – – / – V – – / – V ~  

Qildi Mudbirg‘a ravon hukmi qasos.”  

– V – – / – V – – / – V ~ [2. 76-bet]  

 

“Mahbub ul-qulub” haqida fikr yuritadigan boʻlsak, asarda ushbu hikoyat 



nasrda bayon etilganining guvohi boʻlamiz. Hikoyat soʻnggida xulosa sifatida 

bir bayt keltirilgan:  



 

“Mutakabbir kezibon shahrda xoru mardud,  

V V – – / V V – – / V V – – / – ~  

Mutavozi’ni g‘aniy ayladi durri maqsud.”  

V V – – / V V – – / V V – – / – ~ [3. 80-bet] 

 

Bayt ramal bahrining ramali  musammani  maxbuni  maqtu’i  musabbag‘ 



(afoili va taqti’i: failotun failotun failotun fa’lon V V – – / V V – – / V V – – / – ~ ) 

vaznida yozilganini kuzatishimiz mumkin.  

Asarlarning  syujetiga  e’tibor  qaratadigan  boʻlsak,  ularning  turlicha 

ekanligini anglaymiz. Jumladan, “Sab’ai sayyor” dostonida Boxtardan Xovarga 




 

546 


ketayotgan ikki musofir boʻlib, ulardan biri haq yoʻlidagi Muqbil va koʻp narsani 

rad etuvchi, shukr qilishdan mosivo Mudbir boʻladi. Ular yoʻlda koʻp sinovlarga 

duch  kelishadi.  Bu  sinovlar  har  narsadan  noliydigan  Mudbir  soʻzlaridan 

kuchlansa,  zikr  va  tasbih  oʻgiruvchi  Muqbil  munojotidan  tinchlanardi. 

Nasihatiga parvo qilmagan Mudbirdan qiyinchilik barham topgach ayrilishni 

istaganida  u  tavba  qilar  edi.  Safar  davomida  har  ikkisi  uchun  ham  sinov 

qoʻyiladi.  Bepoyon  bahrdagi  kichik  orolda  yuz  bergan  hodisalar  Muqbilga 

qattiq ta’sir qiladi va bundan behud boʻlib qoladi. Shu holda ular tirik jondan 

holi sandal ortilgan kemaga duch kelishadi. Safar yakunida bergan va’dasini 

unutgan  Mudbir  oʻz  axloqi  tufayli  yorilib  vafot  etadi.  Muqbil  esa,  oʻzining 

toʻg‘risoʻzligi, goʻzal xulqi bilan shohga manzur boʻladi va murodiga yetadi.  

Irfoniy  asar  boʻlmish  “Lison  ut-tayr”da  esa  Muqbil  va  Mudbirlarning 

yana  bir  qirrasini  koʻrishimiz  mumkin.  Bu  asarda  ham  ikki  bosh  obrazning 

yoʻldagi tasviri bilan boshlanadi. Hikoyatda Muqbil siyratni koʻruvchi, ogoh va 

taqvodorlar haqida soʻzlovchi boʻlsa, mudbir esa butni vasf etib, faqat tashqi 

koʻrinishga qarab baho beruvchi boʻladi. Goʻzal shaharga yetishgach bir-biridan 

bahra topolmagan hamrohlarning yoʻllari ayrilib, biri nafs oʻlimi uchun ruhiy 

komillik sari, biri unga qul boʻlib, boshlagan yoʻli sari ravona boʻlishadi. Ruhiy 

komillik yoʻlidagi solik shoh suhbati bilan rag‘batlangan boʻlsa, nafs itiga qullik 

yoʻlidagisi ishiga mos jazolanadi.  

Dasturulamal boʻlmish 

“Mahbub 


ul-qulub” 

asarida 


bosh 

qahramonlarning boshqa qirralarini kuzatamiz. Yuqoridagi ikki asar kabi ular 

ham  safardagi  hamrohlar  boʻlib,  Muqbil  odob  va  kamtarligi  bilan  ulug‘vor, 

Mudbir  esa,  johilligi  bilan  kekkaygan  edi.  Aytib  oʻtilgan  asarlardan  farqli 

ravishda  bu  yerda  mamlakat  hirojiga  teng  keladigan  gavhar  izlovchilarga 

yoʻliqish  sahnasi sinov vazifasini oʻtaydi.  Mudbir takabburligi  va johilligidan 

oʻsha gavharni bilish sharafidan mosivo boʻladi. Muqbil esa, kamtarligi bilan 

oʻsha gavharni qayta kashf etishga musharraf boʻladi va shohni xushhol etib 

haddan ziyoda ehson bilan mukofotlanadi.  



 

547 


Guvohi boʻlganimizdek, hikoyatlardagi sinov nuqtalari qahramonlarning 

xususiyatlarini  toʻlaroq  ochib  beruvchi  hodisa  boʻlgan.  Jumladan,  “Sab’ai 

sayyor”da oroldagi chashma Mudbirning va’da berganidek toʻg‘ri yoʻlga kirish-

kirmasligi va Muqbilning koʻrgan hodisalaridan haq yoʻlidan ozish-ozmasligi 

har ikkala qahramon uchun sinov vazifasini oʻtagan. Aql va sabr bilan Muqbil 

oʻz  niyatiga  yetganidek,  soʻzlab,  vaziyat  oʻzgarishi  bilan  soʻzidan  qaytuvchi 

Mudbir ham haqiqat qonunlari bilan jazolanadi.  

“Lison  ut-tayr”da  farxunda  shahar  sinov  vazifasini  oʻtab,  bir-biridan 

bahra  topolmagan  hamrohlar  bu  yerda  qalblarida  neki  boʻlsa,  yuzaga 

chiqarishadi va shunga mos ajrga ega boʻlishadi.  

“Mahbub ul-qulub”da esa shohning yoʻqolgan gavharini axtarib yurilish 

hodisasi  sinov  vazifasini  oʻtagan.  Takabburligi  va  qalb  koʻzgusining  qat-qat 

gardi  sabab  kibr  bilan  oʻtib  ketgan  Mudbir  asl  mohiyatni  anglay  olmaydi  va 

goʻlaxlik  “martabasi  bilan  sharaflanadi”.  Ogohlik,  kamtarlik  va  odob  sohibi 

boʻlgan  Muqbil  esa  shoh  gavharini  topadi  va  saxovatga,  shoh  rahmatiga  ega 

boʻladi.  

Savol  tug‘iladi:  nega  aynan  Muqbil  va  Mudbir  hikoyatlarida  ular  shoh 

bilan uchrashishadi? Bu yerdagi shoh qanday ramzni anglatishi mumkin?  

Fikri  ojizimizcha,  buni  Olamlar  Shohiga  ishorat  deb  anglashimiz 

mumkin.  “Hayrat  ul-abror”ning  birinchi,  “basmala”  bobini  zikr  etganimizda, 

qabul  qiluvchilar  va  rad  etuvchilar  yodimizga  tushadi.  Darhaqiqat, 

“Muqbil”ning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan boʻlsak, “qabul qiluvchilar” 

mazmuniga va “Mudbir”ning “rad etuvchilar”ga yaqin turishini anglaymiz. Bu 

bobda necha yuz ming qabul qiluvchilar va rad etuvchilar hikmati bitilgan.  

Umuman  olganda,  bu  yerda  “Muqbil”  va  “Mudbir”  nomlari  ramziylik 

kasb etib, aslida ahli qabul va ahli rad olami bahridan tomchilarini ushbu uch 

hikoyatda koʻrishimiz mumkin.  

Hikoyatlarning safar tasviriga e’tibor qaratadigan boʻlsak, aslida, bizlar 

shu  olamga  safar  qilib,  turli  mashaqqatlarga,  sinov  nuqtalariga  duch 



 

548 


kelishimizning aksini his etamiz. Safarimizdagi sinovlar og‘ir boʻlishi mumkin, 

gohida bundan behud va faqir, bechora holiga tushishimiz mumkin.  

Fikrlarimizni  xulosalaydigan  bolsak,  Muqbil  va  Mudbir  haqidagi 

hikoyatlar  Alisher  Navoiyning  “  “Sabai  sayyor”,  “”Lison ut-tayr””  hamda 

“Mahbub ul-qulub” asarlarida keltirilgan.  

 “Sab’ai  sayyor”da  ritmik  variatsiyalar  bilan  xafif  bahrida,  “Lison  ut-

tayr”da  vazn  imkoniyati  bilan  ramal  bahrida,  “Mahbub  ul-qulub”da  hikoyat 

nasrda  yozilgani  holda  xulosalovchi  baytning  ramal  bahrida  yozilganining 

guvohi boʻlamiz.  Hikoyatlar  syujetiga  e’tibor  qaratganimizda  ularning  turfa 

xilligini, bir-biriga oʻxshamasligi va qahramonlarning turli qirralarini yanada 

ochuvchi vosita boʻlib gavdalanganini bilishimiz mumkin.  

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish