Annotation. This article discusses the school of Kayki epic poetry, which played an
important role in the folk poetry of the Fergana Valley, the life of one of its poets Usmon
Mamatkul oglu, the role of the poet “Botakoz” in his work, his art.
Key words: Folk epic, what representatives of the Kayki school of epic, which Kayki
version of the epic “Botakoz” by Usmon Mamatkul oglu.
Xalq ogʻzaki ijodi xalqimizning azaliy orzu-umidlarini,ezguliklarini, urf-
odatlarini oʻzida mujassamlashtirgan noyob durdona hisoblanadi.Asrlar
silsilasida bizgacha sayqallanib, qadrlanib kelayotgan tafakkur marvaridlarida
xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik gʻoyalari bilan dunyo tamaddunida
munosib oʻringa ega.
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy oʻgʻzaki asarlari tarix kitoblari, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Mansur as-Saolibiy asarlari, “Avesto”, “Behistun” kabi
yozma yodgorliklar, ilmiy manbalar orqali yetib kelgan. Mahmud
Qoshgʻariyning “Devoni lugʻat at-turk” asarida qadimgi xalq qoʻshiqlari, ertak,
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
494
lirik she’r va maqol namunalari keltirilgan. Vaqtlar oʻtishi bilan shoirlar
e’tiborida boʻlgan “Toʻmaris”, “Shiroq” afsonalari, “Layli va Majnun”, “Tohir va
Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish”, “Bulbul va gul”, “Husn va
dil” kabi bir qancha dostonlar xalq kitoblari nomini olib xalqimiz ma’naviyati
xazinasida yashab kelmoqda. Bu asarlarni baxshi, irchi, jirchi,oqin, halfa,
sannovchi, kampir, oxun, shoir, yuzboshi, qissaxon deb nom olgan xalq
baxshilari omma orasida sevib kuylab kelganlar. Olimlarimiz Oʻzbekistonda
Qoʻrgʻon, Bulungʻur, Narpay, Sherobod, Nurota dostonchilik maktablarini
aniqlagani holda Fargʻona dostonchilik maktablari haqida gap aytishi ma’lum
vaqtga qadar mushkul boʻldi. Hatto vodiyda faqat qoʻshiq janri, maqol, matal,
topishmoq, ertak, askiya, xalq qiziqchiligi taraqqiy etgan, degan bir yoqlama
qarashlar ham ilgari surilgan.
1930-yilda Xodi Zarifning vodiyga folklor ekspeditsiyasi natijasi oʻlaroq
bu qarashlar asossiz ekanligi isbotlandi. Xodi Zarifdan soʻng olim Malik
Murodov Fargʻona xalq dostonchiligi, xalq baxshilari, dostonlar kuylanishi,
badiiyati, dostonchilar mahorati kabi qator masalalarni zukkolik bilan fanga
birinchi boʻlib olib kirdi. Vodiy dostonchilarini aniqlash, ulardan dostonlar
yozib olish va targʻib qilishda folklorshunos olimlarimiz Tojiboy Gʻoziboyev,
Hoshimjon Razzoqovlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar.Tojiboy Gʻoziboyev
dostonshilardan 30 dan ortiq dostonlarni yozib oladi. Shu oʻrinda olimlardan
Oʻrinboy Holmatov, Robiddin Is’hoqov, Odiljon Nosirov, Mahmudjon
Ma’murov, tojikistonlik olim V. Nurjonov, qoʻqonlik olim B. Ibrohimovlarning
xalq dostonchiligini oʻrganishdagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir.
Oʻz davrida F.Abdullayev, T. Haydarovlar namanganlik Haydar
sannovchi Boychayevdan “Alpomish”, “Zamonbek”, “Goʻroʻgʻlining tugʻilishi”,
“Avazxon” dostonlarini yozib oladi. 1950-1960-yillardan boshlab M.Murodov,
A.Tursunov, U.Sarimsoqov, O.Holmirzayevlar tomonidan Husan baxshi
Rajabboy oʻgʻli, Razzoq Qozoqboy oʻgʻli, Alim shoir Niyoz oʻgʻli kabi 40dan ortiq
dostonchilardan 100ga yaqin doston variantlari yozib olingan. Shu yillar ichida
uchqoʻrgʻonlik [Namangan viloyati] Usmon Mamatqul oʻgʻlidan “Shoxdorxon”,
495
“Boʻtakoʻz”, “Yulduz bilan Qunduz” dostonlari ham yozib olindi. Shoir Rafiq
Moʻmin xalq qoʻshiqlari, ertak va dostonlarini yigʻish borasida uchqoʻrgʻonlik
Yormat baxshi ogʻzidan “Yozi bilan Zebo” [“Zevak”] dostonini yozib oladi.
Doston keyinchalik ikki marta 1965-, 1978- yillarda nashr etilgan.
Bu materiallar oʻz navbatida Fargʻona dostonchilik maktablari yetarli
darajada rivojlanganini aks ettiradi. Olib borilgan ilmiy ekspeditsiyalar
natijasida Namangan viloyati hududida Sayram, Peshqoʻrgʻon, Gʻovazon, Qayqi,
Ariqboʻyi, Koʻlbuqon dostonchilik maktablari aniqlangan.
Qayqi dostonchilik maktabi haqida birinchi ma’lumot fanga Malik
Murodov, Tojiboy Gʻoziboyev, Otamirza Holmirzayevlar tomonidan
kiritilgan.Olimlarning aniqlashicha, bu dostonchilik maktabi XIX asrning
ikkinchi yarmida shakllangan. Bu maktabda Husan Rajab oʻgʻli, Usmon
Mamatqul oʻgʻli, Yormat baxshi, Alimqul Niyoz oʻgʻli, Dehqonboy baxshi, Oxyoʻl
[Oʻgʻil] baxshi, “Alpomish baxshi” [Xudoyberdi baxshi Ortiq oʻgʻli], Abdumoʻmin
baxshi, Ibrohim baxshi, Yusuf baxshi, Anor baxshi kabi 18 nafar dostonchi
oʻtgan. Bu dostonchilik maktabini 1930-yillardan boshlab Xodi Zaripov,
Mansur Afzalov, Sobirjon Ibrohimovlar ilmiy jihatdan oʻrgana boshlagan
hamda koʻplab dostonlar, xalq termalarini yozib olganlar.
Qayqi dostonchilik maktabining yirik vakili Usmon Mamatqul oʻgʻli ham
Fargʻona dostonchiligida muhim oʻrin tutadi. Bu baxshi oʻz davrida olimlar
nazariga tushib, undan “Shoxdorxon”, “Boʻtakoʻz”, “Yulduz bilan Qunduz”
dostonlari toʻligʻicha; “Goʻroʻgʻli”, “Avazxon”, “Rayhon arab”, “Yunus pari”,
“Misqol pari”, “Nurali”, “Hasanxon” dostonlaridan parchalar yozib olingan.
Usmon baxshi 1875- yilda Andijon viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani [tuman hozirda
Namangan viloyati hududida]dagi Xoʻjaobod [Hozirgi Yashiq qishlogʻining
Atlas mahallasi] qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. “Oldimizda
baxshi yashagan tuman va qishloq boʻylab yurishga, uni tanigan, u bilan
muloqotda boʻlganlar bilan suhbatlashishga toʻgʻri keldi, - deb yozadi
folklorshunos Otashmirza Holmirzayev. – Ayniqsa, Husan Rajab oʻgʻli, Dehqon
shoir Qoraboy oʻgʻli , Abdumoʻmin baxshi, Alpomish baxshi, Alim shoir Niyoz
496
oʻgʻli va bir necha dostonchilar ijodini oʻrganish barobarida Usmon baxshi
ijodiyotini ham toʻldirishga muvaffaq boʻldik”.
Darhaqiqat 1975-yilda Fargʻona davlat pedagogika instituti katta
oʻqituvchisi Iqbol Nazarov boshchiligidagi talaba toʻplovchilar, 1977-yilda
Toshkent davlat universitetining Muhammadnosir Saidov boshchiligidagi
talabalarbilan xalq ogʻzaki ijodi va dialekt materiallarini oʻrganish davrida
hamda filologiya fanlari doktori Malik Murodov bilan birgalikda Alisher Navoiy
nomidagi adabiyot muzeyi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan izlanishlar davrida
baxshi ijodiga oid ma’lumotlar jamlangan.Usmon baxshining otasi Mamatqul
baxshi asli andijonlik boʻlib, Xudoyorxon qipchoqlariga mansub oʻzbek
urugʻlaridan edi. Baxshi doston aytishni Rajab baxshidan oʻrganadi.[Rajab
baxshi Husan baxshi Rajab oʻgʻlining otasi boʻlib, 82 yoshida Makkaga Haj
ziyoratiga ketib,qaytib kelmagan].Rajab baxshi esa doston aytishni bobosi
Mulla Rahmatdan oʻrgangan edi. Mamatqul baxshi katta gapxonalarda, toʻy-
ma’rakalarda doston aytib yuradi. Xalq uning dostonlarini zoʻr qiziqish bilan
tinglaydi, biroq birgina dostonchilik bilan tirikchilik oʻtkazib boʻlmas edi. Shu
sabab Mamatqul baxshi ish izlab Uchqoʻrgʻonga keladi. Dehqonchilik bilan
shugʻullanadi. Shu yerda muqim qolib ketadi. Bu orada Usmon tugʻiladi.
Mamatqul baxshi bu yerda ham doston aytishni kanda qilmaydi. Choʻponlik
bilan shugʻullanuvchi Koʻlbuqon dostonchilari bilan uchrashadi. Koʻlbuqonlik
Choʻt baxshi bilan doston aytishadi.
Ana shunday katta baxshilar qarovida kamolotga erishgan Usmon baxshi
18 yoshidan dehqonchilikdan tashqari doston aytish bilan ham nom chiqaradi.
Koʻlbuqonlik dostonchi Choʻt baxshi 27 ta doston bilgan boʻlsa, Usmon
Mamatqul oʻgʻli 10 ta dostonni bilardi. Uning repertuari ayniqsa, 1920-
yillardan keyin yanada sayqal topgan. Bu jamlanmadan xalq dostonlari bilan
bir qatorda zamonaviy xalq termalari ham oʻrin olgan. 1930-1940-yillar
davomida toshkentlik olimlar Xodi Zaripov, Mansur Afzalov, Buyuk Karimov,
Zubayda Husainovalar uning ijodi va repertuarini yozib olishga bel bogʻlganini
koʻrgan baxshi yanada yaxshiroq kuylashga, dostonlarni yanada sayqallashga
497
e’tibor beradi. Biroq undan yuqorida tilga olganimiz “Shoxdorxon”, “Boʻtakoʻz”,
“Yulduz bilan Qunduz” dostonlarigina toʻliq yozib olingan. Mahalliy kishilar
tomonidan yozib olingan namunalar esa u yoki bu dostondan aytilgan
parchalar edi. Setor bilan qoʻshiq qilib aytilgan juda koʻp termalari esa yozib
olinmagan. Usmon baxshi Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan qattiq
iztirobga tushadi, ikki oʻgʻlini jang maydoniga kuzatadi. 1941-yil avgust oyi
oxirida ogʻir xastalikdan vafot etadi.
Folklorshunos olimlar Malik Murodov, Muhammadnosir Saidov Ergash
shoir, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Islom shoir, Haydar Boycha oʻgʻli, Husan Rajab oʻgʻli,
Usmon Mamatqul oʻgʻli, Alim shoir, Razzoq baxshi, Yorlaqab baxshi, Abduaziz
baxshi va boshqa yuzga yaqin dostonchi hamda ular tomonidan aytilgan
dostonlar tili, aytilish uslubi, soʻz boyligi, badiiy qimmati , bu dostonlarning
umumoʻzbek dostonchiligida tutgan oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtganlar.
Hatto, Leningrad [hozirgi Sankt-Peterburg], Moskva sharqshunoslari, institut
olimlari tomonidan ham ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu borada
folklorshunos Tamara Borovkovaning xizmati juda katta boʻlib, u Fargʻona
vodiysi xalq repertuari, doston tili, dialekt matnlari, etnografik oʻzgarishlar
haqida maqolalar e’lon qiladi. Yuqorida zikr etilgan olimlar tomonidan amalga
oshirilgan xalq ogʻzaki ijodi materiallari natijasida Usmon baxshi Mamatqul
oʻgʻli repertuaridan 1940-yilda yozib olingan “Boʻtakoʻz” dostoni va bu
dostonning badiiy qimmati, tili, qofiyalanishi, timsollari, nazm va nasrdagi
sifatlari oʻziga yarasha mavqega ega ekanligini kuzatamiz.
“Boʻtakoz” dostoning kompozitsion tuzilishi umumoʻzbek dostonlarida
ma’lum boʻlgan nazm va nasriy matnlardan iborat. Asar mazmunida
Goʻroʻgʻlining oʻgʻillari Avazxon, Hasanxon va turkman biylari oʻrtasidagi
mojaro, sevgi-muhabbat, mardlik va Vatanga boʻlgan sadoqat masalalari yotadi.
Dostonning bosh qahramoni Avazxon turkman biyi Oqchishvoyning qizi
Boʻtakoʻzni olib qochadi. Bu turkman biylariga yoqmaydi va Avazni oʻldirishni
talab qilib Goʻroʻgʻliga arzga kelishadi. Qanchalik ogʻir boʻlmasin Goʻroʻgʻli bu
shartga koʻnadi. Bizningcha, qadrdon qoʻshnichilik, doʻst-u birodarlik hurmati
498
Goʻroʻgʻli turkman biylariga qarshi soʻz ayta olmaydi. Sevimli farzandi Avazning
oʻlimiga roziday boʻladi. Ammo bu rozilik zamirida boshqa fikrlar ham tugʻyon
uradi.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan ish yuritishi sabab Goʻroʻgʻli va Avaz
gʻalaba qozonadi. Zero, Goʻroʻgʻlining farzandlari Hasan va Avazlarda odillik bor
edi.
Doston konflikti ham Avaz va Hasanni gunohsiz koʻrsatadi. Katta toʻy
ulogʻiga taklif etilgan Goʻroʻgʻli uloqqa oʻzi bormay Avaz, Hasan va soqchilarini
yuboradi. Goʻroʻlining ishidan ranjigan Oqchishvoy boshliq turkman biylari
yigitlarni uloqqa qoʻymaydi. Bundan xabar topgan Hasanxon uloqni olib
qochadi. Hasanxon ortidan borgan turkman yigitlari quruq qoʻl bilan qaytadi.
Uloq maydonidagi bu holni koʻrgan Oqchishvoyning qizi Boʻtakoʻz jahllanib:
Rustamcha bordir qaddi-qomating,
Er yigitsan, xotincha yoʻq uyating.
Biring qolmay, biring oʻlgin qirilib,
Hasanxoncha boʻlmasa oriyating...
deya erkak libosini kiyib, Hasanning ortidan quvib borib uloqni tortib oladi.
Bundan koʻrinadiki, Boʻtakoʻz - mardlik va jasoratga toʻla qahramon ayol. U
dushman bilan bellashuvda ham erkaklardan qolishmaydi. Biroq Avazxondagi
husn-jamol qaynoq qalb Boʻtakoʻzni oʻziga rom etadi va u Avaz bilan qochishga
jazm etadi.
Dostonda Avazxon, Hasanxon, Goʻroʻgʻli, Soqi kabi ijobiy timsollarga
qarshi salbiy timsollar – Oqchishvoy va turkman biylari beriladi. Bu obrazlar
kurashi ijobiy kuchlar gʻalabasi bilan yakun topadi. Usmon baxshi dostonining
boshqa dostonchi maktablarining dostonlaridan farqi Soqi, Chaqqonlarni ham
Hasan va Avaz singari talqin etilishidir. Bu holat Ergash Jumanbulbul, Poʻlkan
shoir variantlarida kuzatilmaydi. Shuningdek, Fargʻona dostonchiligida boshqa
dostonlardagi kabi mubolagʻa san’ati qanchalik kuchli boʻlmasin, hayotga
yaqinlik kuzatiladi. Darvoqe, dostonning nasriy va nazmiy qismida berilgan
499
jumlalarda musiqiylik yorqin namoyon boʻladi.Ayniqsa, she’riy misralar kezi
kelganda xalq qoʻshiqlarini eslatadi.
Qayqi xalq dostonchilarida badiiylikni koʻrsatuvchi oʻxshatish ham
asosiy oʻrin tutadi. Bu doston va dostonchi hamda tinglovchi oʻrtasidagi
bogʻliqlikni oshiradi. Tinglovchida unga qiziqish uygʻotadi. Obrazlarning kuch,
iroda va qudratini yanada oshiradi. Koʻpinch dostonlarda kuylab kelinadigan
Razzoq baxshi, Usmon baxshi, Alim shoir, Mahmud Dugʻumbayev va boshqa
dostonchilar ijodi, dostonlariga nazar tashlasak, oʻxshatish naqadar kuchli
boʻlganini koʻramiz. Bu asarlarda asosan yor goʻzalligini oyga, qoshlarini
pilikka, yuzlaridagi xolini ikki yulduzga mengzash; yor yulduzday, qoyadagi
kiyikday, qarchigʻayday uchadi, burgut misol quchadi, selday oqib, toshadi,
ajdahoday boʻkiradi, qoʻtos kabi oʻkiradi, goʻzal qadam tashlaydi kabi misralar
uyqashib keladi. Yoki, joʻjabirday jonim bor, muhrlangan joyim bor, toshday
qotib doʻlday otib boradi misralaridagi oʻxshatishlar ham zoʻr mahorat bilan
ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |