Key words:“Chig‘atoy gurungi”, literature, research, Turkic peoples, creative,
periodization.
Fitrat ijod etgan XX asr boshlaridagi davr muhiti boshqa davrlardan
muayyan xususiyatlari bilan farq qilgan. Bu farqlardavrning murakkabligi,
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
445
siyosiy-ijtimoiy tuzimdagi muommolar oʻsha davrda xilma-xil fikrlarning
mujassam boʻlganida koʻrishimiz mumkin. Davrning umumiy ruhini va ilmiy-
adabiy estetikasini ham ana shunday xilma-xil va oʻzaro zid qarashlar tashkil
etganligini anglashimiz mumkin.
20-yillarning boshlarida Fitrat tomonidan tuzilgan “Chig‘atoy gurungi”
davrning eng yirik ilmiy yangiliklaridan biri boʻlgan. Uning “faol a’zolari:
Qayum Ramazonov, Shorasul Zunnun, Elbek, Shokirjon Rashimiy, G‘ulom
Zafariy, Mirmullo Shermushammedov, G‘ozi Yunus, Chulpon, Botu, Sanjar
Siddiqov, Mannon Ramziy, Uyg‘ur kabilar boʻlgan”. “Chig‘atoy gurungi”da
asosan til va imlo masalalariga e’tibor qaratilgan boʻlsa ham, mumtoz
merosimizni sistemali tadqiq etish, ularni toʻplab nashr ettirish ishlari bilan
ham shug‘ullandi.[1.97-bet]
Adabiy usul va vazn masallarini oʻrgangan. Barmoq vaznining turkiy
adabiyot tarixida tutgan oʻrni va kelajakdagi imkoniyatlari xususidagi nazariy
ma’lumotlar keltirilgan salmog‘li tadqiqotlar yozilgan.
Oʻsha davrda “Chig‘atoy gurungi” a’zolaridan tashqari ham koʻplab
ijodkorlar adabiyotshunsolik masalalari bilan shug‘ullanganlar. Bular,
Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud, Otajon Hoshim, Miyonbuzruk Solihov,
Laziz Azizzoda, Hoji Muyin, Olim Sharafiddinov kabilarning faoliyatlar
yuritishganlar. Davr ilmiy ilmiy-adabiy muhitini tashkil etgan olimlar
adabiyotshunoslikning turli xil muammolarini hal qilishga qaratilgan
maqolalari, asarlarida yondashuvlarida farq bor boʻlgan.
Fitrat yashagan davr ilmiy-adabiy muhitini faqat ijtimoiy shart-sharoit
emas, balki negizida ichki “men” boʻlgan individual qarashlar ham tashkil
etgan, deyish mumkin. XX asr boshlari ilmiy-adabiy muhitining eng yirik
vakillaridan biri Fitrat ediki, bu jihat uning ijodini psixologik va estetik
aspektlarda chuqurroq oʻrganishni taqazo etadi.[2.13-bet]
Fitrat ijodi bilan chuqur tadqiqotlar olib borgan olimimizning bu
fikrlaridan koʻrinib turibdiki, Fitrat ijodini oʻrganish jarayonida uning ijod
namunlari hisoblangan tadqiqot namunlarini sinchiklab oʻrganish kerakligini,
446
oʻsha davr adabiyotshunsoligi rivojida katta ahamiyat kasb etgan asarlaridagi
yozuvchi kechinmalarini, davr muhitining ijod mahsuliga ta’sirlarini ham
chuqurroq ahamiyat qilib oʻrganish lozimligini anglaymiz.
XX asr 20-yillar ilmiy-adabiy muhitining eng yirik vakillaridan biri Fitrat
boʻlganligi uchun ham uning adabiy jarayondagi faoliyatini oʻrganish adabiyot
rivojidagi ta’sirini bilish ahamiyatlidir.
Fitrat oʻz davrining eng yetuk koʻzga koʻringan shaxslaridan boʻlgan.
Vadud Mahmud, Abdurahmon Sa’diy kabi maslakdoshlarining u haqida yatgan
fikrlari ham isbotlaydi. Bundan tashqari nafaqat Turkiston, balki G‘arb
mamlakatlarida ham e’borida boʻlgan. Bu haqida prof. B.qosimov shunday
yozgan: “Uning aqlu zakovatini Kavkaz va Volga boʻyidagi hamkasblarigina
emas, Moskva, Leningraddagi sharqshunoslar ham yuksak qadrlaganlar. 1924
yilda u Moskvada Sharq tillari institutida dars bergan, professor bilgan.
Afg‘oniston, Eron, Turkiya ilmiy-adabiy doiralarida sham uning mavqe-
martabasi baland edi”. [3.69-bet]
Fitrat aruz vaznini turkiy adabiyotga muvofiqlashtirishga, barmoq
vaznini oʻzbek adabiyotining yetakchi vazni darajasiga koʻtarishga, adabiy tilni
forscha-arabcha soʻzlardan tozalashga haraqkat qilgan. 20-yillar boshida uning
tomonidan “Chig‘atoy gurungi” tashkilotining tuzilishiga ham shu ta’sir natijasi
boʻlgan.
1924 yildan keyin Fitrat siyosat maydonidan chetlashgan, ilmiy
ishlarining asosida siyosiy bir maqsad, ya’ni millat manfaati yotganini
koʻrishimiz mumkin. Olimning qatag’on qilinishidan oldin (1936) nashr etilgan
“Aruz shaqida” asarida ham millatparvarlik pozitsiyasi saqlanib qolgan, bu
Fitrat ichki “men”ida ayni xususiyatlarning yetakchi oʻrin tutganidan dalolat
beradi.
Fitrat an’anaviy Sharq, turk, tatar, rus va Ovropo
adabiyotshunosligidan bilim va tajribalarini ham oʻrgangan. Ularni esa
olimning barcha tadqiqotlarida foydalangan desak adashmaymiz.
447
Fitrat badiiy adabiyotning mohiyati toʻg‘risida aytadi; ijodkor-shaxs
soʻzlarni shunday tuzsinki, u har bir kishiga estetik zavq bera olsin (“qonini
qaynatsin, singirlarini oʻynatsin”), shu bilan birga ongini yuksaltirsin
(“miyasini titratsin, sezgisini qoʻzg‘atsin”). Tom ma’nodagi adabiyotning
mohiyati shudir. Ijodkor ham shundagina iz nomiga munosib boʻla oladi.
Olimning oʻsha davr ijodkorlarining oldiga qoʻygan, ijod
mahsulining qiymatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadigan talablarida
juda ham falsafiy ham teran fikrlariga binoan yozilgan asargina haqiqiy
ma’nodagi ta’sir eta oladigan asar boʻlishiga shubha yoʻq. Adabiy jarayonda ijod
qilyotgan har bir ijodkor teran anglab, adabiyotshunoslikdagi manu shu
mohiyatni anglagan holda ijodiy faoliyat yuritsa albatta oʻquvchi qalbini zabt
eta oladi.
Fitratning she’riat haqida bildirgan fikrlari ham ancha mohiyati
chuqur fikrlardir, she’r boʻlishi uchun shaklning oʻzigina kifoya qilmaydi. Ya’ni
u shaklga tushsa-yu, muxlisiga estetik ta’sir oʻtkaza olmasa,u she’r emas, nazm
parchasidir”. “Adabiyot qoidalari” kitobining shu oʻrnida Soʻfi Olloyorning
“Yozildi turki til birla maktub...”, deb boshlanuvchi olti misrasi bilan
Choʻlponning “Kleopatra” nomli bir asarini qiyoslab Soʻfi Olloyor she’ri “she’r
emas bir nazm parchasidir” degan xulosaga kelgan.
Mustaqillik yillarida Fitrat ijodini oʻrganish bilan shug‘ullangan
F.f.d.prof., Uzoq Joʻraqulov, Fitratning bu fikriga qoʻshimcha qilib; Fitrat
she’rning istilohiy mohiyati va janr xusiyatini aniqlashga asosiy e’tiborini
qaratgan.”Adabiyot qoidalari” kitobidagi ushbu boʻlimning “She’r” deb
nomalanishidan ham buni anglash mumkinki, Fitratning Soʻfi Olloyordan
olingan misralarini “she’r emas, bir nazm parchasi” deya baholashi uning shoir
ijodiga noholis munosabatini bildirmaydi. Balki uning zukko she’rshunos
ekanidan dalolat beradi. 20-yillarda hatto, bugungi kunda ham sharq qanday
qofiyali she’rlarni she’r deyish rasmga kirgani ma’lum. Voqean, olimning
yuqoridagi fikrlari aynan shunday noaniqliklarga nuqta qoʻyish uchun aytilgan
edi.
448
Ushbu masalaga Fitrat boshqa asarlarida ham toʻxtalgan. Fitratning
nuqtai nazaricha, adabiyotni halokatga olib boaradigan, oʻldiradigan narsa
“taqliddir”. Bu insonlarning har bir ishda oʻzlaridan yuqoriroqlarga bemaqsad
“ergashuvchilardan kelib chiqadi”. Taqlid yana “son sanoqsiz shoirlar
yetishtirgan davrningda hech bir yangilik koʻrsatmasligi” ga olib keladi.
Choʻlpon ham butun mumtoz adabiyotni “bir xil” deb nomlaganda mana shu
tanqidchilikni koʻzda tutgan.[2.25-bet]
Fitrat ijodini oʻrganish jarayonida uning adabiyotning har bir
yoʻnalishi boʻyicha yuksak darajadagi ilm egasi ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ham koʻrinib turibdiki Fitrat ijodini oʻrgangan, har bir
tadqiqotchi uning naqadar tengsiz adabiyotshunos ekanligini anglashi
tabiiydir.
XX asr boshlarida barcha turkiy xalqlar oʻz adabiyotlarini oʻrganish,
uning tarixiy ildizlarini topish va uning oqibatida milliy adabiyotni
shakllantirishga harakat qilishgan. Bu jarayon Volga boʻyi tatarlarida juda jadal
kechgan va natijada 3 jildlik “Tatar adabiyoti tarixi” yaratilgan. Oʻsha davrda
ayni jarayon Oʻzbekistonda ham kun tartibiga chiqqan va oʻzbek milliy
adabiyotini davrlashtirish muammosini birinchilardan boʻlib hal qilishni
Abdurauf Fitrat boshlab bergan. Uning 1920-yilning oʻrtalarida yaratilgan
“Oʻzbek adabiyoti namunalari” va “Eski turk adabiyoti namunalari” majmualari
oʻzbek adabiyotini davrlashtirish borasidagi ilk qadamlar sifatida baholangan.
Fitrat oʻzbek adabiyotini davrlashtirishga ham alohida e’tibor,
Temuriylar davri chig‘atoy adabiyoti va XVI asr oʻzbek adabiyotini ikki qarama-
qarshi qutb sifatida baholaydi. Temuriylar davridagi oʻzbek adabiyotining
yuksak darajasiga shubha yoʻq.
Fitrat XVI asrdan keyingi oʻzbek adabiyotini alohida bosqich sifatida
qarab, bu davrdagi adabiyotning ortga ketishiga asosiy sabab sifatida tarixiy-
siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni asos qilib oladi.[5.11-bet] Nasimxon
Rahmonovning, bunday xulosaga kelishi fitartning quyidagi fikrlaridan kelib
chiqqanligidan dalolat beradi.
449
U bu davr adabiyotini tahlil qilib, tanazzulning sabablarini quyidagicha
tushuntirib beradi: “Oʻrta Osiyo savdo sarmoyasi tushgan, Oʻrta Osiyoda
iqtisodiy hayot yemirila boshlagan edi. Adabiyotning, umuman san’atning shul
izdan yurib, kun sayin tusha borishi tabiiy edi.[6.56-bet]
Fitratning qarashicha biz ham aytishimiz mumkinki, olim adabiyotning
yemirilishida asosiy omil iqtisodiy tanazzul ekanligi, undan keyin esa ichki
urushlar, kelishmovchiliklar hokimyiat uchun kurush , iqtisodiy jarayonni
izdan chiqishiga olib keladi, natijada esa oddiy hayotni izdan chiqishiga,
tartibsizlikka olib keladi.
Fitratning qarashicha, iqtisodiy tanazzul adabiyot tanazzulining birinchi
omilidir. Ikkinchidan, Fitratning fikricha oʻzaro ichki urushlar va hokimiyat
uchun kurash madaniy hayotning izdan chiqishiga olib keldi. XVI asr oxiriga
kelib “mamalakatda adabiyotning, umuman, nafis san’atning taraqqiysiga,
oʻsiviga maydon qolmadi. Bir koʻp san’atkorlar, shoirlar, olimlar Xindistonda
Bobur Mirzo tomonidan qurilgan moʻg‘ul hukumatning poytaxtiga hijrat qila
boshladilar. Oʻrta Osiyoda qolgan shoirlar esa, saroydan himoya koʻra
olmag‘ach, omma orasidan oʻquchilar ta’min etishga kirishdilar. Shuning uchun
saroyning muhtasham takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslibiga
yaqinlashuvga tirishdilar. Bu davr oʻzbek adabiyotining san’atga tuban tushgan
davri boʻlib, 19-asrning boshlarig‘acha davom qildi. [3.58-bet]
Adabiyotning, umuman, san’atning shul izdan yurub, kun sayin tusha
borishi tabiiy edi. Fitratning qarashicha, iqtisodiy tanazzul adabiyot
tanazzulining birinchi omilidir. Ikkinchidan, Fitratning fikricha oʻzaro ichki
urushlar va hokimiyat uchun kurash madaniy hayotning izdan chiqishiga olib
keldi. XVI asr oxiriga kelib “mamalakatda adabiyotning, umuman, nafis
san’atning taraqqiysiga, oʻsivuga maydon qolmadi. Bir koʻp san’atkorlar,
shoirlar, olimlar Xindistonda Bobur Mirzo tomonidan qurilgan moʻg‘ul
hukumatning poytaxtiga hijrat qila boshladilar. Oʻrta Osiyoda qolgan shoirlar
esa, saroydan himoya koʻra olmag‘ach, omma orasidan oʻquchilar ta’min
etishga kirishdilar. Shuning uchun saroyning muhtasham takallufli, bezakli
450
uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar. Bu davr oʻzbek
adabiyotining san’atga tuban tushgan davri boʻlib, 19-asrning boshlarig‘acha
davom qildi. Fitrat XVI asrdan keyingi oʻzbek adabiyotining eng koʻzga
koʻrinarlik xususiyati sifatida adabiyotga oʻg‘uz turkchasining ta’sirini
koʻrsatadi.
Adabiyotimiz tarixini davrlashtirish masalasi bugungi kungacha toʻla hal
boʻlgan masala emas. Adabiyotni davrlashtirishga dastlabki urunishlar 20-
yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Birinchi boʻlib bu masalani Abdurauf
Fitrat boshlab bergan. Fitratning “Oʻzbek adabiyoti namunalari” asarida oʻz
yechimini topgan. Undan keyinroq, Olim Sharafiddinov, Miyon Buzruk kabi
olimlar hal qilishga uringan.
Fitrat tasavvuf adabiyotidamizda ham salmoqli tadqiqotlarni olib
borgan. XX asrning boshlarida olim adabiyot tarixchisi sifatida “Yassaviy
davri”deb qaralgan X-XII asrlar adabiyoti bilan ham jiddiy shug‘ullangan,
somoniylar, qoraxoniylar, va g‘aznaviylar kabi ilk turk islom davlatlarida
e’tibor topgan Mahmud Qoshg‘ariy, Adib Ahmad Yugnakiy,Yusuf Xos Hojib
haqida oʻzbek adabiyotshunoslari ichida birinchilardan boʻlib maqolalar
yozgan. Bu maqolalarida ilk turk dostonchilarining asarlarini tahlil etgan,
ularda tasavvufiy holatlarni ham aks etganini koʻrishimiz mumkin.[4.45-bet]
Bundan
tashqari
oʻzbek
adabiyotshunosligi
tarixida
ilk
adabiyotshunoslikka oid majmua sanalgan “Oʻzbek adabiyoti namunalari”ni
yaratgan. Bu asarida oʻzbek adabiyotini tarixidan boshlab oʻraginib oʻzbek
adabiyotini davrlashtirgan ilk olimdir.
Xullas, Fitrat adabiy-nazariy qarashlari iz davridagi eng ilg‘or qarash
shisoblanadi. U oldinga surgan fikrlarning jahon adabiyotshunosligida mavjud
fikrlar bilan mos kelishi, ya’ni umumestetik talablarga javob berishi bunga
dalildir. Fitratdan keyin yozilgan ishlarga ham uning koʻpgina fikrlari asos qilib
olinganki, buni aksariyat fitratshunoslar e’tirof etadilar.
451
Mustaqillik yillarida ham bir qator tadqiqotchilarimiz oʻzbek adabiyotini
davrlashtirishgan. Ularning davrlashtirishida Fitratning davrlashtirishga oid
qarashlarining qilingan qoʻshimchalarni koʻrishimiz mumkin.
Nasimxon Rahmonov, Natan Mallaev, Vohid Abdullaev, G‘ulom Karimov,
Vohid Zohidov, Bahodir Sarimsoqov, A.Samoylovich, Hamidulla Boltaboev
kabilar yaratgan ilmiy tadqiqotlarida oʻrtaga tashlandi. Nomi zikr etilgan
adabiyotshunoslarning ishlarida ma'lum tamoyillarga asoslangan holda oʻzbek
adabiyotini qadimdan hozirga qadar tadrijiy rivojini davrlashtirish masalalari
koʻrib chiqilgan. Ushbu tadqiqotlarda koʻp asrli oʻzbek adabiyotining toʻla yaxlit
va sistemalashgan manzarasini koʻrish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |