24
Kitob va varoq - operand;
- ning - operator;
Kitobning varogʻi - hosila (derivat)
Bu terminlar asosan otli soʻz birikmalarida ishlatiladi.
Operator hosila sturuktursi tarkibiga tashqaridan keltiriladi va shu
paytning oʻzidan boshlab derivatsiyaning mutlaq hokim unsuri boʻlib qoladi.
Soʻz birikmasining oʻziga xos yana bir jihati - morfema yoki fonema singari tilda
tayyor holatda uchramaydi, shuning uchun ham u til birligi sanalmaydi. Soʻz
birikmasi nutq birligidir. U nutqda shakllanadi. Kommunikativ jarayonning
vujudga kelishida faol qatnashadi. Shu bois uni nutqda ajratib olib oʻrganish
maqsadga muvofiq emas.
Sintaktik derivatsiyaning mutlaq unsuri operator ham tobe komponent
tarkibida keladi.
Oʻzbek tilida otli soʻz birikmalarning turli modellari mavjud. Bular
quyidagilardir:
Sifat + ot - yaxshi bola
Ot+ ot - temir qozon
Olmosh + ot - mana shu daftar
Son + ot - ikki kishi
Sifatdosh + ot - gullagan daraxt
Harakat nomi+ ot - oʻqishning baxti
Ravish + ot - sekin tovush
Taqlid soʻz + ot- taq-tuyaning ovozi
A.
Nurmonov
ta'kidlaganidek,
soʻzlar
valentligi
sintaktik
munosabatlarning "skletini" tashkil qiladi. Operandlarning real munosabatida
boʻsh oʻrinlar toʻldiriladi. Ammo derivat shaklining kengayishi yangi derivation
bosqichni taqazo etadi va buning natijasida operator ham yangilanadi.
Goʻzal qiz (nul operatorli birikma)
Spitamen dahlar sardorining goʻzal qizi Odatidani koʻrib ishqi tushib qoldi.
(real operatorli derivat, operator - ning)
25
Soʻz birikmalari sintaktik derivatsiyasida derivatning birinchi unsuri
funksiyaga koʻra ot kategoriyasidan sifat kategoriyasiga transpozitsiya qilinadi
va sifat vazifasini bajaradi.
Bu yil Baxmalning bahori ham misli kutilmaydigan darajada goʻzal keldi.
Operator belgili va belgisiz ham qoʻllanilishi mumkin.
Bogʻ sahni - belgisiz
Baxmalning bahori - belgili
Derivat kengayishi tobe unsuri hisobiga ham boʻlishi mumkin. Har bir
derivat kengayganda operator ham yangilanadi.
Xalqning faryodi - ning (operator)
Ezilgan nohaq xalqning faryodi - ning, - gan (operator)
Koʻmakchilar ham operator vazifasini bajaradi. Odatda koʻmakchining ot
yoki otlashgan soʻzdan keyin kelib, uni fe’lga tobe qilib berishi ta‘kidlanadi.
Ammo koʻmakchi otni yoki otlashgan soʻzni tilidan nutqqa oʻtkazuvchi va uni
funksiya bilan ta’minlovchi asosiy omil vazifasini bajaradi.
Maqsad uchun intilish- uchun (operator)
Soʻz birikmalarining komponentlari erkin tarizda munosabatga
kirishadi. Shuning uchun soʻz birikmalari erkin sintaktik konstruksiyadir. Bir
soʻz ikkinchi soʻz bilan soʻz birikmasi tashkilqilishda faqat oʻsha bogʻlanayotgan
soʻzlarning qanday soʻz turkumiga mansubligi emas, balki ularning leksik
ma'nolariga ham koʻp jihatdan bogʻliq. Har bir soʻz ma’lum semantik gruppa
bilan oʻsha gruppa soʻzlar bilangina birikib soʻz birikmasi hosil qiladi.
Masalan: oʻqimoq fe’lini kitob, gazeta, jurnal soʻzlar bilan bogʻlanib soʻz
birikmasi hosil qilishi mumkin, lekin semantik xususiyatiga yaqin boʻlmagan
soʻzlar bilan birikmaydi. Oʻt, suv va shunga oʻxshash soʻzlar bilan birika
olmaydi.
Soʻz birikmalari nominativ funksiyaga ega, ya’ni soʻz vazifasida
qoʻllashimiz mumkin. Lekin bu soʻz birikmasining soʻz bilan teng deb qarash
emas. Chunki soʻz birikmasi soʻzga qaraganda keng tushuncha. Har bir soʻz soʻz
birikmasida alohida leksik ma’no ifodalaydi.
26
Uy – soʻz= yashash joyi- soʻz birikmasi
Soʻz birikmasi gap tarkibida undalma ham boʻlib kelishi mumkin.
Sharqqa nur beruvchi ey, Oʻzbekiston
Ulugʻ oilada topding sharaf - shon! (T. Toʻla)
Soʻz birikmasi kiritma, atov gap ham boʻlib keladi. M. K. Sharipov soʻz
birikmalari asosi ham qoʻshma soʻz birikmalarikelib chiqqan deydi.
Son + ot = beshyogʻoch – Beshyogʻoch
Ravish + ot = tez yordam
A. Xojiyev aytganidek, bularda aniqlovchilik va aniqlanmishlik holatlari
toʻliq saqlangan. Yana qizigʻi shundaki, soʻz birikmasiga xos boʻlgan barcha
xususiyatlarni va sintaktik munosabatlarni saqlab qolgan qoʻshma soʻzlar ham
uchraydi.
Qurbaqaning sallasi (oʻsimlik nomi, Toshkent sheva)
Sintaktik birlik boʻlgan soʻz birikmasi sintaktik aloqaga kirishib,
tushuncha ifodalovchi birlik vujudga keladi. Sintaktik birlikning ikki tomoni
bor boʻlib, lisoniy va nutqiy jihat. Soʻz birikmasining lisoniy sathga tegishli
tomoni lisoniy sintaktik qolip (LSQ) dir. LSQ gisht qolipiga oʻxshaydi. Inson
ongida ham soʻzlash nutqni shakillantirish maqsadida leksemalarni soʻz
birikmasi shaklida keltirish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya,
qurilma deb nomlansa-da, bir tushunchani ifodalaydi. Oʻzbek tilida soʻzlovchi
kishi soʻz birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, LSQ dan foydalanadi. Ularni
lisoniy sintaktik qolipni yangi - yangi LSQ tuzishga til “qununchiligi” tomonidan
yoʻl qoʻyilmaydi.
Biroq nutqiy soʻz birikmasi yaratish erkin. Qolip va nutqiy hodisaning
farqi mavjud.
LSQ Nutqiy hosila
Umumiylik alohidalik
Mohiyathodisa
Imkoniyat voqealik
Sabab oqibat