99
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Samoviy tulporlar (Dovon davlati, noyob tulporlar)
Matn ustida ishlash. Turli uslubdagi matnlarni ravon va ifodali o‘qish, matnni tashkil qilgan komponentlarning qanday ma’no tashiyotgani, nima uchun aynan ulardan foydalanilganligini tushunishga oid mashqlar. Matnlarga tayangan holda otlarning yoshiga qarab nomlanishi, ularning izohiga oid ma’lumotlar.
Matn mazmuniga mos keladigan sarlavha/sarlavhalarni topish, matnni qismlarga ajrata olish, matndan ko‘zlangan maqsadni anglay olish bilan bog‘liq topshiriqlar.
Gaplarda tinish belgilari (undov, so‘roq, nuqta)ning qo‘llanilishiga oid bilimlarni mustahkamlash mashqlari.
Gaplarni ular ifodalagan mazmunga ko‘ra ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini aniqlay olish, kerakli tinish belgilarini qo‘llash. Grammatik, punktuatsion va imlo qoidalariga rioya qilgan holda mavzu bilan bog‘liq 10 yoki undan ortiq gapdan iborat bo‘lgan matn yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |