140
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Mavzu bilan bog‘liq hadis va hikmatli soʻzlarni toʻplash va yozish mashqlari.
Odil Sud
Sud-huquq tizimiga oid til birliklari, ularning talaffuzi va imlosi. Berilgan matnlar tarkibidan sud-huquq tizimiga oid til birliklarini aniqlash, ularning izohi bilan tanishish.
Tavsifnoma, uning yozilish qoidalari. Berilgan tavsifnoma matnini uning talablari asosida tahlil qilish mashqlari. Tavsifnoma yozish.
Tushuntirish xatining yozilish qoidalariga rioya qilgan holda ma’lum vaziyat bilan bog‘liq tushuntirish xati yozish.
Soʻz erkinligi
Publitsistik va rasmiy uslub, ularning farqlari. Nutq uslublarini farqlay olishning ahamiyatli jihatlari.
Berilayotgan axborotning ishonchliligi, aniqligi, toʻg‘riligi kabi sifatlariga baho berish hamda uni e’lon qilish shakllari bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
“Nohaqdirman, lekin fikr oʻzimniki” mashqi asosida erkin mavzudagi insho yuzasidan olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |