Til tarixi ma’ruza matni


«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
til tarixi

«TAFSIR» ASARINING TILI VA USLUBI 
Eski  o`zbek  adabiy  tilining  muhim  yodgorliklaridan  biri  Qarshi  shahrida 
topilgan «Tafsir» asari hisoblanadi. Bu asar «O`rta Osiyo Tafsiri» deb ham yuritiladi. 
«Tafsir»  -  «Qur`on»ning  so`zma-so`z  tarjimasi,  izohlar,  sharxlar  va 
tushuntirishlardan  iboratdir.  «Tafsir»da  18-suradan  boshlab  «Qur`on»  tarjimasi  va 
sharxlar  va  izohlar  beriladi.  Asarning  birinchi  qismida  har  bir  suradan  keyin  uning 
mazmuni bilan bog`liq xikoyalar berilgan. Ikkinchi qismida esa suralardan izohlar va 
she’riy parchalar berilgan. Kitobda «Tafsir»ni tartib bergan va ko`chirgan kishilarning 
nomi ko`rsatilmagan. Asarning yozilgan vaqtini belgilash juda qiyin, uning matnida 
bu  haqda  hech  qanday  ma`lumot  yo`q.  SHuningdek,  asarning  birinchi  asl  nusxa 
qo`lyozmasi  ham  aniqlangan  emas.  «Tafsir»ning  til  xususiyatlariga  asoslanib, 
V.V.Bartol’d uning XI asrda yaratilgan «Qutadg`u bilig» dostonidan ham ilgariroq 
yozilgan bo`lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. 
Turk  olimi  A.Erdogan  «Tafsir»ning  lug`at  tarkibi  jihatidan  «Devonu 
lug`otit turk» leksikasiga yaqin ekanligiga, unda diniy tushunchalarni ifodalovchi so`z 
va iboralarning   turkiy   tilga   tarjima   qilib   berilganligiga   asoslanib,   uning   asl  
nusxasi  X-X1  asrlarda  yozilgan  degan  fikrni  bayon  qiladi.  «Tafsir»  tiliga  xos  bir 
qator leksik va morfologik xususiyatlarning «Hibatul haqoyiq» asarning tiliga ancha 
yaqinligini  hisobga  olib,  S.E.Malov  bu  asarni  XII  asr  yodgorligi  deb  hisoblaydi. 
Bu  asarning  tili  to`g`risida  katta  ish  olib  borgan  A.K.Borovkov  «Tafsir»ning 
dastlabki davri X asr oxiri bo`lib, asarda mo`g`ullar va keyinroq Temuriylar davriga 
xos  so`z  va  atamalarning  qo`llanishi  hamda  uning  fonetikasi  va  morfologiyasida 
uchraydigan  yangiliklar  mazkur  Qarshi  ko`lyozmasi  XV  asrda  qayta  ko`chirilgan 
bo`lishi  mumkin,  deb  izohlaydi.  SHunga  ko`ra  u  «Tafsir»ni  XP-XSH  asrlarning 
yodgorligi deb qaraydi. 
SHuni qayd etish kerakki, til xususiyatlari jihatidan «Tafsir, asosan, adabiy 
d/dz/ tiliga xos bo`lgan X1-XSH asr yodgorliklariga yaqin turadi. SHu bilan birga bu 
asarda  juda  ko`p  xollarda  d/dz/ning  y  ga  o`tishi  hodisasi  ham  uchraydi:  adshr  - 
ayshr,  adnr  -  aynr  kabi.  Bundan  tashqari,    asarning  bir  qator  leksik  va  morfologik 


 
51 
xususiyatlari ham uning tili shu davrlarda yaratilgan «Devonu lug`otit turk», «Hibatul 
haqoyiq», «Qutadg`u bilig» kabi yodgorliklarning tilga yaqin ekanligidan guvohlik 
beradi.  Masalan,  «Tafsir»da  tabaru  (tomon),  bodun  (xalq),  arig`,    asig`  (foyda), 
tumlug`  (sovuq)  singari  ko`plab  o`sha  davr  yodgorliklari  tili  uchun  xos  bo`lgan 
so`z  va  iboralar  qo`llangan.  Tushum  kelishigining  -ig`,  -ig  affiksli  shakllari 
uchramaydi.  Kishilik  olmoshining  jo`nalish  kelishigida  anar  (aydi,  anar)  shakli 
uchraydi.  Aniq  o`tgan  zamon  fe`lining  birinchi  shaxs  ko`pligi  bardimiz,  kәldimiz 
(qamug` bәrdimiz aңar hikmat bilig) shaklida ham kelgan. 
Asar tilida ham sharqiy turkiy (qarluq-uyg`ur), ham g`arbiy turkiy (o`g`uz-
turkman)  fonetik,  morfologik  va  leksik  unsurlarning  muvoziy  holda  qo`llanishi 
ko`p  uchraydi:  inkor  bildiruvchi  ermәs,  va  ermaz,  tagul  va  dagul,  ilgәrү  va  ilәrү, 
ant va And, tarig` va darig` tagra va dagara (tevarak) kabilar. 
SHarqiy  turkiy  va  g`arbiy  turkiy  til  unsurlarining  bunday  aralash  holda 
ishlatilishi  faqat  «Tafsir»  tili  uchungina  xarakteri  emas.  SHu  davrlarda  maydonga 
kelgan Alining «Qissai YUsuf», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Qutbning «Xisrav 
va SHirin» kabi qator adabiy yodgorliklarida shunday hodisani - sharqiy va g`arbiy 
«turkiy unsurlarning aralash holda kullanganligini ko`rish mumkin. Bu hol XSH-XU 
asrlarda  sharqiy  qarluq-chigil-uyg`ur  tili  va  g`arbiy  o`g`uz-qipchoq  tillarining 
qo`shilib ketishi asosida eski o`zbek adabiy tili tashkil topganligini tasdiklaydi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish