Til tarixi ma’ruza matni


HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
til tarixi

HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI 
O`zbek  madaniyatining  atoqli  arbobi  Hamza  Haqimzoda  Niyoziy  chuqur 
ijtimoiy mazmun bilan sug`orilgan asarlar yaratib, XX asrning 30-yillarigacha bo`lgan 
adabiyotni yangi obrazlar, yangi mavzu va shakllar bilan boyitdi. U adabiyot, san`at, 
xalq maorifi hamda shu davrdagi o`zbek adabiy tilini rivojlantirish yo`lida talay ishlar 


 
149 
qildi. Hamza o`z ijodiy faoliyati davomida o`zbek adabiy tilini jonli xalq so`zlashuv 
tiliga  yaqinlashtirishga  intildi,  uning  ko`pchilikka  tushunarli  bo`lishini  ta`minlash 
uchun  kurashdi.  Lekin  uning  bu  harakatini  ayrim  kimsalar  adabiyotdan  xabarsizlik 
deb  bo`xton  qildilar.  Bunga  qarshi  Hamza  «Qizil  gup»  to`plamiga  yozgan  so`z 
boshida shunday deydi: «... adabiyot ilmidan butun deyarli xabarsiz kishi ekanmi?» 
deyuvchi  zotlarga  qarshi  biz,  bu  adabiyotdan  xabarsizlik  emas,  qora  elimizning 
tushunuvina  o`ng`ay  bo`lsin  uchun  bo`lsa  kerak,  deymiz...  biz  o`zbek  tiliga 
yaqinlashtirmoqqa kirishdik». 
SHoir  1916-1917 yillarda nashr qilingan  «Oq gul»,  «Qizil gul»,  «YAshil 
gul», «Pushti gul», «Safsar gul», «Sariq gul» to`plamlarida shunga amal qilgani holda, 
xalq qo`shiqlari vazni va kuylarida ajoyib xalqchil she`r namunalarini yaratgan.  
Suvlar ketar, tosh qolur,  
Kulfat ketar, yosh qolur.  
Bobolardan bir so`z bor,  
O`sma ketar qosh qolur.  
YOki; 
Yigit degan er bo`lur,  
Mehnat ko`rsa sher bo`lur  
singari sodda va ixcham misralar xalq maqollari ta`sirida yozilgan. 
SHoirning  til  va  uslub  sohasidagi  novatorligi  shundan  iboratki,  u  o`sha 
davrda o`zbek xalqi orasida qo`llana boshlagan «ishchi», «mehnatchi», «xizmatchi», 
ishchi-dehqon»,  «yangi  turmush»,  «kontrlik»  va  boshqa  ko`pgina  yangi  so`z,  so`z 
shakllari va iboralarni she`riyatga olib kirdi va ulardan keng foydalandi. SHuningdek, 
o`zbek tili lug`atida bor so`zlarning ayrimlarini yangi ma`noda ishlatdi, xalq iboralari, 
maqollar, hikmatli so`zlardan ijodiy foydalangani holda, ulardan zamon ruhini ifodaladi 
va  nihoyat, o`zi ham yangi so`zlar yaratdi. 
Hamza adabiyotining asosiy vositasi bo`lgan til soddaligiga ahamiyat berib, 


 
150 
o`zining  barcha  janrlarda  yaratgan  asarlarida  bunga  amal  qildi  va  katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 
SHoir  she`riyatining  leksikasida  asosan  o`zbekcha  (turkcha)  so`zlar, 
tojikcha,  arabcha,  tatarcha,  o`g`uz  tillari  (shevalari)ga  xos  unsurlar  va  dialektizmlar 
ishlatilganini  ko`ramiz.  Lekin  tojikcha,  arabcha  so`z  va  so`z  shakllari  Hamza 
she`rlarida  zamondosh  shoirlarga  qaraganda  ozroq  ishlatilgan.  Buning  sababi, 
Hamzaning o`z ta`biri bilan aytganda, asarlari tilini o`zbek avom tiliga yaqinlashtirish, 
soddalashtirishga intilishdir. 
Uning  asarlarida  ba`zan  arabcha  va  tojikcha  so`zlarni  o`zbekcha  (turkiy) 
so`z va qo`shimchalar bilan almashtirib ishlatish hollarini ko`ramiz: hamroh o`rnida 
yo`ldosh, beozor o`rnida oeorsiz, josus o`rnida yashurun, zo`r o`rnida kuch kabi. 
Tatar  va  o`g`uz  tillari  (shevalari)ga  xos  so`z  va  so`z  shakllari  shoirning 
yangi  shakl,  vaznda  she`rlar  yaratish  yo`lida  an`analarga  boy  tatar  va  ozarbayjon 
adabiyoti bilan tanishi, o`rganishi hamda ularga ergashishi jarayonida paydo bo`lgan. 
Masalan, o`g`uzcha: yolon-yolg`on, sevdigi-sevgilisi, o`lursa-o`ldi, o`lib, kuymisham, 
afandilarimiza,  nokasa-nokasga,  ban-men,  istamish,  kelmish,  suzmoqa-suzmokqa, 
qolmoqa-qolmoqqa, bilmam-bilmayman; tatarcha: o qirin (akirin)-sekin, shulay, ulay, 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish