Til tarixi ma’ruza matni


UMUMIY TILNI YARATISH SOHASIDA BO`LGAN KURASHLAR



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Bog'liq
til tarixi

UMUMIY TILNI YARATISH SOHASIDA BO`LGAN KURASHLAR. 
PANTURKSIZM VA PANISLOMIZM 
(1905-1917 yillar) 
Ko`pchilik  turkiy  xalqlarda  bo`lganidek,  O`zbek  xalqi  o`rtasida  ham 
umummiliy  tilni  yaratish  masalasi  keng  tarqaldi.  Natijada  barcha  turkiy  xalqlarda 
bu masalada ikki xil qarash maydonga keldi. Bulardan birinchisi Ismoil Gaspirinskiy 
va Vasliy kabi shaxslar tashabbusi bilan yuzaga kelgan panturkistik va panislamistik 
nazariyalar  bo`lsa,  ikkinchisi  milliy  tilni  o`z  ona  tili  zaminida  yaratish  tarafdorlari 
bo`lgan demokratik ma`rifatparvarlarning qarashidir. 
Panturkizm  [pan-barcha  (yunoncha)  va  turkiya]  Turk  burjuaziyasi  va 
pomeshchiklarning XX asr boshlarida paydo bo`lgan va turkiy tillarda gaplashuvchi 


 
141 
barcha  xalqlarni  Turkiya  hukmronligiga  bo`ysindirish,  yagona  turk  davlatiga 
birlashtirish ideyasini targ`ib qiluvchi reaktsion shovinistik oqimdir 
Bunday g`oya til siyosatida ham o`z aksini topdi. 
Umumturkiy  adabiy  til  nazariyasi  dastlab  qrimlik  Ismoil  Gaspirinskiyning 
«Tarjimon» gazetasida propaganda qilindi. Bu gazeta 1883 yildan chiqa boshlaydi va 
hamma  turkiy  xalqlar  uchun  umumiy  adabiy  til  g`oyasini  olg`a  suradi.  1905  yilda 
Butunrossiya musulmonlarining III se`zdida Ismoil Gaspirinskiyning  tashabbusi bilan 
turkiy  xalqlar  maktablarining  yuqori  sinflarida  «yagona  turkiy  til»  o`qitilishining 
majburiy qilib qo`yadi. 
Umumturkiy  til  masalasi  esa  tatar,  ozarbayjon,  o`zbek  gazetalarida  va 
jurnallarida turlicha talqin qilindi. 
«Ulfat» gazetasining 1906  yil 5 iyul’ sonida panturkist  Ali  Qo`rqudning 
«Istambuldan xat» nomli maqolasi bosiladi. Maqolada yozilishicha, usmonli turk tilini 
tatarlar, ozarlar, O`rta Osiyo turklari, Sibir’ va Mug`ulistongacha bo`lgan bir qator 
turkiy xalqlar tushunadilar. SHuning uchun u mumiy adabiy til bo`lishiga qodir. SHu 
gazetaning  1906  yil  19  iyuldagi  sonida  panturkist  Kenjaboyning  maqolasida  ham 
yuqoridagi g`oya ifodalanadi. 
Tatar tilida  chiqadigan  «Vaqt» gazetasida  esa  turkiy  xalqlar uchun tatar 
tili yagona adabiy til bo`lishi ta`kidlanadi. 
Bu  xil  panturkistik  qarashlar  Ozarbayjon  va  O`rta  Osiyoda  nashr 
etilayotgan matbuot sahifalarida ham ko`rinadi. 
O`zbek burjuaziyasi va -burjua millatchilari «chig`atoy» tilini O`rta Osiyo 
xalqlari uchun umumiy til bo`lishi kerakligini uqtirar va propaganda qilar edilar. 
Bunday  va  kurashlarning  siyosiy  mohiyatini  venger  turkologi  G.Vamberi 
to`g`ri  baholagan  edi.  «Reformistlar  va  puristlar  umumiy  turkiy  til  nazariyasini 
ko`tarib  chiqish bilan  xalqlarning  etnik  chegaralarini hisobga  olmay  umumturk xalqi 
yaratishni ko`zda tutadi». 
Ko`pchilik  ommaga  tushunarli  bo`lmagan  umumtil  tez  orada  o`z  o`rnini 


 
142 
milliy tillarga bo`shatib berdi. 
Bu  davrga  kelib  panislamizm  g`oyalari  ham  matbuot  sahifalarida  targ`ib 
qilina  boshladi.  Ma`lumki,  panislamizm  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  yaqin 
SHarqda  paydo  bo`ldi  va  musulmon  mehnatkashlarining  sinfiy  kurashini  so`ndirish 
maqsadida islom dinidagi barcha xalqlarni bir davlat qilib birlashtirishni targ`ib qilib 
kelgan 
reaktsion 
diniy-siyosiy 
oqimdir. 
Panislamizm 
g`oyalari 
SHarq 
mamalakatlaridagi 
reaktsion 
feodallar 
hamda 
yuqori 
tabaqa 
musulmon 
ruhoniylarining  manfaatlariga  xizmat  qiladi.  SHunday  maslakda  bo`lgan  Vasliy 
(Samarqandlik) «Sadoi Farg`ona» gazetasining 1914 yil 21 sentyabr’ sonida «Islom 
asoslari»deb  atalgan  maqolasini  e`lon  qiladi.  Unda  quyidagilarni  yozadi:  «Bizning 
dinimiz  islomdir.  Har  bir  musulmon  uchun  u  arab  tilidur.  Har  bir  musulmon  arab 
tilining sarf va nahvini o`rganishi shart». Demak, bunda arab tilining adabiy til bo`la 
olishi ta`kidlanadi. 
Turkiy  xalqlar  adabiy  tildagi  bu  xil  panturkistik  va  panislamistik  g`oyalar 
burjuaziyaga  xalq  ommasini  yangi  taraqqiyot  yo`liga  boshlash  uchun  imkoniyat 
bermadi. Burjua millatchilari bir qancha tortishuv va bahslardan so`ng matbuotda har 
bir  tilning  mustaqil  hukm  surishini  tan  oladilar.  Ona  tili  uchun  kurash  adabiy  va 
madaniy kurashning ajralmas qismi bo`lib qoldi. 
 
YUqoridagi  fikrlarga  qaramasdan,  Turkistonda  o`zbek  adabiy  tili  ilg`or 
mahalliy  intilligentsiya  tomonidan  rivojlantirildi.  Bunda  Furqat,  Sattorxon,  Ishokxon, 
Mulla Muhammadamin kabi demokrat ma`rifatparvarlarning roli katta bo`ldi. 
Ayniqsa,  o`zbek  adabiy  tilining  targ`ib  qilinishi  va  o`rganilishi  haqida  Mulla 
Muhammadamin tomonidan «Turkcha qoida» asarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega 
bo`ldi.  Unda  asosan  arab  tili  grammatikasining  ta`siri  kuchli  bo`lsa  ham,  o`zbek  tili 
faktlari  nisbatan  to`g`i  yoritildi.  Asarda  faqat  arab  grammatikasi  emas,  balki  rus 
tilshunosligi elementlari ham (ayniqsa, punktuatsiyaga oid bo`limda) mavjud edi. 
Asarning  «turkcha  qoida»  deb  nomlanishi  ham  bejiz  emas,  chunki  u  davrda 
o`zbek  adabiy  tiliga  nisbatan  turkcha,  o`zbekcha  degan  terminni  qo`llash  traditsiyasi 


 
143 
mavjud edi. 
O`zbek adabiy tili turli davrlarni o`z boshidan kechirdi. Natijada turli davrlarda 
turli  so`z  va  grammatik  formalar  qo`llanishda  bo`lgan.  Masalan,  XI  va  XVI  asrlarda 
o`zbek  adabiy  tilida  ko`plab  arab,  fors-tojik  so`zlari  qo`llangan  bo`lsa,  XIX  asrning  2-
yarmiga  kelib  O`rta  Osiyoni  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olinishi  natijasida  o`zbek 
tiliga anchagina rus va rus tili orqaly internatsional’ so`zlar kirib keldi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish