FURQATNING O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDAGI ROLI
Furqat O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilishi natijasida tug`ilgan yangi
tarixiy ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda targ`ib qilgan ijodkorlardan
va o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan ma`rifatparvarlardan
biridir.
Furqatning o`zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u
demokratik shoir sifatida badiiy adabiy til uslubni so`zlashuv nutqiga
yaqinlashtirishga harakat qildi.
Furqat asarlari orqali adabiy tilga neologizmlarni olib kirdi. U adabiy tilni
yangi leksikaning semantik tushunchalari va iboralar bilan boyitishga intiladi. Badiiy
adabiyot tilida fan va texnikaning taraqqiyoti, shuningdek ijtimoiy-munosabatlarning
o`zgarishi bilan uzviy bog`liq bo`lgan yangi tushunchalarni ifoda qiluvchi so`zlarni
qo`llaydi. Uning poeziyasi tilida leksik neologazmlar: gazeta, doktor, zavud, zakon,
lampa, moshina, sallot, telegrom, par (juft), perevot kabi so`zlarni qo`llaydi.
Umumxalq tili materiali zaminida vujudga kelgan semantik neologazmlar
kabi, Furqat tilida ancha mahsuldordir. SHoir o`z davridagi yangi tushunchalarni to`liq
ifodalash maqsadida umumxalq tilida oldindan iste`mol qilinib kelgan so`zlarni
tanlaydi va shu so`zlar asosida original semantik neologazmlarni yaratdi. Bunday
semantik neologazmlar shoir tilida konkret bir tushunchani anglatib, o`zining
dastlabki nominal ma`nosini ancha o`zgartiradi. Masalan, avom so`zi barcha
lug`atlarda izohlanishiga, oddiy xalq ma`nosini bildiradi. Furqat tilida esa bu so`z
yangi semantik xususiyatga ega bo`lib, johil ma`nosini anglatadi.
130
Furqat poeziyasida «oddiy xalq» tushunchasidan tashqari ilm-fan ahlidagi
yuz o`giruvchi aristokratiya tabaqasi atrofidagi bir guruh yaramas unsurlar ham
ifodalanadi.
Esizkim, bizning o`tmush xonu beglar
Kechib shiratda zoyi subhi shomi:
Keturmay yonig`a bir ahli donish,
O`ziga xos etib necha avomi. (Gimnaziya).
SHu kabi barq, doru so`zlarini va «ishorat aylamoq» birikmasida ham
shunday hol ko`rinadi. Barq so`zining lug`aviy ma`nosi chaqmoq bo`lib, muallif uni
elektr toki ma`nosida qo`llaydi. Doru so`zini esa elektr tokini yuzaga keltiruvchi
yonilg`i yoki shunga o`xshash zaruriy vosita ma`nosida qo`llaydi. Ma`lumki, doru
so`zi kishi organizmini sog`lom qiluvchi ximik moddani bildiradi. Fonus so`zi aslida
arabcha bo`lib, qo`l fonarini anglatgan. Furqat esa uni elektr lampochkasi ma`nosida
qo`llagan:
CHunonchi ikki fonus axli hikmat,
YAsabturlar qilib izhor san`at.
YOnar befilta, begugurt, be yog`
Anga bir sim ishorat aylagay chog`.
(Toshkent shahridagi vistavka xususida).
SHu davr so`zlashuv tilida esa fonus so`zi umuman chiroq ma`nosida
qo`llangan.
Bulardan tashqari, Furqat poeziyasida individual-stilistik ya`ni avtor
tomonidan yaratilgan, adabiy tilda ham, so`zlashuv tilida ham uchramaydigan yoxud
siyrak uchraydigan neologizmlar bor.
Masalan: maqom (odat), mardumdorliq (odamgarchilik), chortan
(turtovlan), jangu hangoma, (munozara), araq chekmoq (terlamoq), sihatlikka
etishmoq (sog`aymoq) va boshqalar.
131
Furqatning o`zbek adabiy tili, xususan, badiiy adabiyot tili taraqkiyotida
tutgan o`rni yana uning rus xalqi madaniyati, ayniqsa, rus tiliga bo`lgan munosabati
bilan ham belgilanadi. Furqat rus tilining chuqur hayotiy mohiyatini to`la tushungach,
o`z xalqini xam bu tilni o`rganishga da`vat qildi. SHu jihatdan, «Turkiston
viloyatining gazeti»ning 1892 yil 13-sonidagi uning quyidagi so`zlari xarakterlidir:
«Rossiya xalqi xat va lison o`rganmoqa bizni taklif qilsa, murodi yomon emasdur.
Balki mamlakat obod bo`lib, fuqaro va raiyalar osoyishta bo`lmoqlarini xohlaydilar.
Az baski Rossiya xalqi hamma vaqt biz musulmon xalqining davlatmand va xursand
bo`lmog`imizg`a qo`shish qiludur».
Furqat ma`rifatparvar shoir sifatida rus tilini kundalik hayotdagi eng
zaruriy vositalardan biri hisoblab, uni targ`ib qila boshladi. Ana shu munosabat
bilan o`zining qator she`rlarida, ayniqsa 90-yillarda yozgan liro-epik she`rlari va
maktublarida ijtimoiy-siyosiy xamda madaniy hayotning turli sohalariga tegishli
bo`lgan va leksik-semantik jihatdan o`sha davrda yangi hisoblangan rus
internatsional so`zlarni ko`plab ishlatadi. Masalan, ad’yutant, zol, moshina, medal’,
muzikon, foytun, fabrikat, teatr, yarmanka, nomer va h.o.
Furqat poeziyasida ba`zi bir rus-internatsional so`zlarning asl lug`aviy
ma`nosi o`zgargan holda ham uchraydi.
Masalan, muzikantning fonetik o`zgargan varianti muzikon muzika
asboblari ma`nosida qo`llangan: «CHalindi anda har xil muzikonlar» (Akt majlisi
xususida).
Ayrim so`zlar, masalan, moshina so`zi so`zlashuv tilidagidek, ko`p
ma`nolarda qo`llangan. Moshina-ipok ishlab chiqaradigan qurolni bildiradi.
Ipak moshinasi bila tegirmon,
Ko`p, anda ayladi olamni hayron.
Parovoz ma`nosida:
YAna moshinam otash aroba
Turur hikmat tilsimoti masobya.
132
Pilarama ma`nosida:
YAna najjur ishin oson qilurg`a,
Bo`lib moshinalar taxta tilurg`a. (Vistavka xususida).
Rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan qabul qilingan so`zlarning
maksimal qismi oldin so`zlashuv tilida keng iste`mol qilingan, so`ng adabiy tilda
xuddi so`zlashuv tilidagi kabi fonetik, morfologik va boshqa belgilari bilan ishlatilgan.
SHunga o`xshash xususiyatlar Furqat poeziyasi tilida ham ko`rinadi. Masalan, antrakt
o`rniga kantrakt, zavod o`rniga zavut, Frantsiya o`rniga Frangiston yoki «mulki
Fransus».
Furqat rus so`zlari ishtirokida yangi so`z va so`z birikmalari ham hosil
qilgan: Bu quyidagilarda ko`rinadi:
1.Rus-intl so`zlarga o`zbekcha so`z yasovchi qo`shimcha qo`shish bilan
yasalgan yangi so`zlar: nomerlik, zovitchi: qildilar maxsus nomerlik maqom
(Toshkent shahrida bo`lgan nota bazmi xususida).
2.Ruscha va o`zbekcha so`zlarning birikuvidan yasalgan murakkab fe`llar:
perivoy qilgon.
3.Ruscha-internatsioanll so`zlar vositastsda hosil bo`lgan aniqlovchili
birikmalar:
Bo`lib vaqti akt majlisi soz,
Qilurg`a Rusiya rasmini og`oz. (Akt majlisi xus).
O`n ikki og`zi moshinalik to`p,
Ajoyib to`p yana andin bulak ko`p. (Vistavka xus).
Furqat lirikasida ulug` Navoiy taraditsiyalarini davom ettirgan bo`lsa,
ijtimoiy-siyosiy lirikasida, ma`rifatparvarlikni ifoda qilgan asarlarida o`zbek adabiy
tilini yangi so`z va ma`nolar bilan boyitishda katta xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |