O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY
IJODINING ROLI
XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan O`zbek
demokratik shoirlari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tarlarning asarlari o`zining
g`oyaviy mazmundorligidan tashqari, tilining soddaligi va ravonligi bilan ham feodal-
saroy adabiyotiga mansub bo`lgan reaktsion shoirlardan ajralib turadi. Demokratik
shoirlar o`z asarlarining ommaga tushunarli bo`lishiga va unga tezroq borib etishiga
katta ahamiyat berdilar. Adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til
elementlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitishga intildilar.
O`zbek adabiy tili ko`p asrlik traditsiyaga ega bo`lib, u A.Navoiy
tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan edi. Biroq zamonlar o`tishi bilan Navoiy
tilidagi ayrim formalar o`zgarib eskira boshladi. Muqimiy asarlari tili Navoiy
tilining eski o`zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko`p jihatlari bilan
farq qiladi. Bu farq asos-e`tibori bilan tildagi xalqchillikda ko`rinadi.
Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat tema, syujetnigina olmadi,
balki shu bilan birga bitmas-tuganmas manba bo`lgan xalq tilidan ham unumli
foydalandi. Bu jihatdan uning satirik asarlari tili xarakterlidir.
Muqimiy asarlari tilidagi xalqchillik xalqning jonli tiliga xos bo`lgan
kichraytish, erkalash kabi ma`nolarni ifoda qiluvchi so`z formalarini qo`llashda
ko`rinadi.
126
Zulfu kәkilchәlәri yүzginәsigә tushgan
Anga oxsharki, tutar ayginani hālagina.
So`z turkumlaridan ot, sifat va ravishga -gina, - cha, affikslarini qo`shish
orqali yuqoridagi ma`nolarni ifoda qilishga erishgan.
Muqimiy juda ham rang-barang bo`lgan jonli so`zlashuv tili vositalaridan
ustalik bilan foydalandi va adabiy tilni yangi so`zlar, frazeologik birikmalar bilan
boyitdi. Bunday so`z va iboralardan quyidagilarni ko`rish mumkin: «YOtqizib tilsәң
banāgāh qarnidan iqmas alif», «qoydi sāyil kabi nechә xil nān», «qaysi kүn hajdan
keldi boldi rasvābachchag`ar», «Kocha darbāza toy kuni zanjir», «zanchaligi»,
rudāpa, dag`uli «solag`i chiqqan», «luchchak», «hangu mang», «nosu bang».
SHoir satirasi lirikasida xalq so`zlashuv tiliga oid qator so`zlarni uchratish
mumkinki, ularning ekvivalenti shu davrgacha adabiy tilda bo`lgan emas. Masalan,
xalq so`zlashuv tilida «sdacha» ma`nosida «kolg`ich» so`zi ishlatilgan. SHu so`z
Muqimiyda qo`llangan:
Āshiqidin choyxo`rini bexabar qalg`ich olur,
Emdi bolmish it, agar chandiki ilgәri kiyik.
Paqir so`zi ( chaqa pul ma`nosida).
Satar olsaң, ӛzim bahā qoysam,
Bir miri atu bir paqir aravang.
Tag, joy so`zi.
Mag`rur xasisu beshu kam,
Har ganda goz ichkay qasam,
Tag jāy alur maxāvdin ham,
Hāji ӛzi murdār ekan.
Muqimiy satiralarida ba`zi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanib, adabiy tildagi
ma`no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressiv bo`yoqqa ega
127
ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar:
Toyga ӛzi tuxumdin xātin demәdi,
Achchig`idin atasi ash emәdi.
YAkka nafsimga gadālig` әylәsәm, andag` emәs,
Jo`jasi kӛp qip-qizil degәn: qani don?» ko`samen
Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap esәng
Erlәri ornig`a shāld xātunidin tegsә gap.
YUqoridagi baytlardagi tuxum so`zi qarindosh-urug`, jo`ja- bola-chaqa,
ichkari-xotin-qiz, ayol ma`nosida qo`llangandir.
Muqimiy asarlarida jonli tilga xos leksik elementlarigina emas, balki
fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab
Ichkan giyahi bo`lsa ko`knor, aroba qursun.
Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu
Bahaqqi choriyoru hurmati payg`ambaron, bezgach.
Bu fonetik hodisa Farg`ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir.
Muqimiy ijodida so`zlashuv tilida bo`lgan eng uchida, өpkәңni bas, kөzgә
bizi ilmәgәy, ashi misāli tabaqda kөz yashi, changi chiqdi kabi
frazeologik birikmalardan unumli foydalangan.
Muqimiy asarlarida -zor affiksi jonli tildagidek shaxs otlariga ham qo`shilib
kelgan:
Etdim ul oqshom g`am yutub,
Dashti qarakchizār ekәn.
Muqimiy asarlari tili eski o`zbek tilining davomidir. Muqimiy asarlari tilida
klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin.
Navoiy va boshqa klassiklar leksikasida qatnashgan so`zlar Muqimiy lirikasidan ham
128
o`rin olgan.
Uning asarlari grammatik kurilishida esa Navoiy tilida qayd qilingan
barcha formalar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |