til, kel, ko`z va h.o.
2. O`zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko`p bo`g`inli so`zlar juda kam.
Asosan bir bo`g`inli: ot, ov, oy; ikki bo`g`inli bo`ladi: ikki, olti, etti va h.o.
3. Barcha turkiy tillardagi singari so`zlar ko`p ma`nolidir: bosh, tosh, tish,
uch.
4. Ayrim ko`makchilarni hisobga olmaganda, so`zining oxirgi bo`g`inida
undoshlar qator kelmaydi: ostki, ustki.
5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so`z oxiriga qo`shiladi. Bundan
fors-tojik tilidan o`zlashgan prefikslar mustasno.
6. Barcha turkiy tillardagi singari o`zbek tilida agglyutinatsiya qonunlari
amal qiladi va h.o.
YUqoridagi o`xshashliklar bilan bir qatorda o`zbek adabiy tili o`ziga
xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi.
Masalan; o`zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o`, u, i) qirg`iz tilida
sakkizta (a, ә, o, ө, u, ү, i, i), uyg`ur tilida ham sakkizta (a, e, o, ө, e, u, ү, i),
xakos tilida esa to`qqiztadir.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyatiga amal qilmaydi,
boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi.
Eski o`zbek tilida unlilar uyg`unligi bo`lgan, lekin u qattiq va
yumshoqlikka qarab farqlangan: kәlduk, kөrүң, bardi.
8
O`zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo
turkiy tillardan ba`zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi.
O`zbek va turkman tillarida so`z boshida keladigan y tovushi qipchoq
guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo`q –jo`q, etti —
jetti.
O`zbek tilida k, t bilan boshlanadigan so`zlar o`g`uz guruxidagi turkiy
tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve — deva, til - dil, ko`z — go`z, kun -
gun kabi.
O`zbek tilida ayrim so`zlarda ch, sh undoshlari ishlatilgani holda,
qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshlari ishlatiladi: kuch — kush, och - ash, tish —
tis, bosh-bas kabi.
O`zbek tilida g` undoshi bilan tugagan so`zlar tatar, boshqird, qirg`iz, qozoq,
qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog` – tav – tau, bog` – bav – bau,
sog` – sav – sau kabilar.
O`rta Osiyo va Qozog`istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham
o`xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so`z turkumlari, so`z yasovchilar, so`z
o`zgartiruvchilar, shakl yasovchilar bir-biriga o`xshaydi. Ammo affikslar har bir
tilning o`z fonetik tuzilishiga ko`ra turlicha variantlarda keladi.
Masalan, o`zbek adabiy tilidagi ko`plik -lar afiksi bilan ifodalanadi.
Boqsha turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoq tilida oltita (-lar, -lәr, -
dar, - dәr, - tar, - tәr), qirgiz tilida o`n ikkita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr, -
lor, - lәr, - dor, - dәr, - tor, - tәr) varianti bordir.
Xuddi yuqoridagi kabi o`zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs,
zamon, affikslari boqsha turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko`ra turlicha fonetik
variantlarda ishlatiladi.
O`zbek tili bilan boshqa turkiy tillar o`rtasidagi o`xshashlik va
noo`xshashliklar ularning lug`at tarkibida ham mavjuddir. Agar o`zbek tili lug`at
tarkibini ko`zdani kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O`rta Osiyo va
9
Qozog`iston turkiy tillarga tegishli va faqat o`zbek tilining o`ziga xos so`zlarini
uchratamiz.
Umumiy turkiy tillarga tegishli so`zlarning dastlabki qo`llanishini runik
yozma yodnomalarda uchratamiz. O`rta Osiyo va Kozog`istondagi turkiy xalqlarga
aloqador bo`lgan so`zlarning dastlab ishlatila boshlanishi X-XIII asrlar
yodgorliklarida ko`ramiz.
O`zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkiy
bo`lmagan tillarda so`zlashuvchi unsurlarning ta`siri ham bor. Bu hol o`zbek tili
materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiy-
tarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi.
Tillarning qarindoshligini qiyosiy-tarixiy usul asosida o`rganishni
birinchi marta Mahmud Qoshg`ariy boshlab bergan. Biroq uning jahon axamiyatiga
ega bo`lgan «Devonu lug`atit turk» asari etarli darajada o`rganilmagan.
Ma`lumki, VI asrda turkiy kabilalar kuchayib, o`zlarining ko`chmanchi
Tukyu imperiyasini tuzadi.Bu imperiyaning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx,
Hindistonga borib taqalar edi. O`zaro urushlar va arablar istilosi natijasida Tukyu
davlati ikki qismga ajraladi. Biri markazi Ettisuv bo`lgan g`arbiy turklarga va
ikkinchisi markazi Mo`g`iliston bo`lgan sharqiy turklarga ajraladi. Ettisuvdagi Tukyu
davlati turgeshlarga o`tadi. VIII asrda o`g`iz va qarluqlarning siquvi ostida bu davlat
qarluqlarga o`tadi va Tukyu davlati IX asrning boshigacha Ettisuvni egallab turganlar.
Uyg`urlar 745 - yilda dastlab sharqiy tukyu eriga, so`ng g`arbiy tukyu
eriga xujum qilib, butun Tukyu davlatini bosib oladi. 840 yilda qirg`izlar
uyg`urlarga qarshi kurashib, hokimiyatni qo`lga kiritadilar. SHundan so`ng
uyg`urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi.
Xuddi ana shu davrda hozirgi vaqtda amalda qo`llanib kelinayotgan
turkiy tillardan birontasiga ham to`la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili
paydo bo`ladi.
Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari turk-runiy (O`rxun-
10
Enasoy) va turk-uyg`ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali etib
kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo`lmaydi. CHunki
ularda O`rta Osiyo va Qozog`istonda yashovchi turkiy xalqlarga tegishli fonetik,
grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz.
Masalan: Kultәgin yoq, әrsәr, kөplөltari әrtigiz. Inim Kultegin kәrgәk
Do'stlaringiz bilan baham: |