Til tarixi ma’ruza matni


XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
til tarixi

XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI 
Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san`atkordir. 
Ayni vaqtda she`riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so`z ustasidir. U Jonibekning 
mahalliy  beklaridan  bo`lgan  Muhammad  Xojabekning  iltimosiga  ko`ra  dajriy  754, 
melodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Ma`lum kirish kism, 
asarning  yozilish  tarixi,  «Muhammad  Xojabek  madhiyasi»,  ulardan  keyin  esa 
nomalar  yozilgan.  Nomalarning  tuzilishi  ham  eski  traditsion  tartibda:  oldin  noma, 
keyin g`azal, undan keyin masnaviylar berilgan va har qaysi noma: 
Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam, 
Bu yo`lda sabr yo`q andesha qilsam 
-  degan  baytli  naqorat  bilan 
xotima  qilingan.  «Muhabbatnoma»  3  nomasi  fors-tojik  tilida  yozilgan.  Bu  asar 
dastlabki  reja  bo`yicha  10  nomadan  iborat  edi,  lekin  noma  tugatilgach,  muallif 
qo`shimcha sifatida yana bir noma yozib, asarni 11 nomadan iborat qiladi. 


 
69 
Xorazmiy  asarning  xalqqa  tushunarli  bo`lishi  uchun  o`sha  davr  o`zbek 
tili  imkoniyatlaridan  unumli  foydalangan.  SHe`r  yor  vasli  oshiq  kechinmalarini 
tasvirlashda xilma-xil badiiy til vositalaridan mohirlik bilan foydalanadi. 
SHoir xalq tiliga xos  o`xshatishni,  metofora  va  jonlantirish bilan  bog`lab 
bera olgandir: 
SHakkarmu әrniңiz yo qand, yo jān,  
Uyalur la`lingizdin ābu hayvān. 
O`zbek  tili  boyliklaridan  yaxshi  foydalangan  shoir  omonim  so`zlar 
vositasida orginal so`z o`yinlari hosil qiladi: 
Ashar yeldin sening yelgәndә atiң, 
 Quyash yangliq jahānim tutti atiң. 
 Boyung sarvu sanubartek beling qil, 
 Vafā qilg`an kishilәrgә vafā kil. 
«Muhabbatnoma»  XIV  asr  adabiy  tilining  yodgorligi  bo`lib,  unda 
g`arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi. 
Jo`nalish  kelishigi  qo`shimchasi  -ә//nә,  -a//na,  tarzida:  әllinә  (qo`liga)
gavharina (gavhariga), nurinә (nuriga), bu tәnә (bu tanga). 
Tushum kelishigi affiksi -i variantida: kөnglүmi, өzimi. Ravishdoshning   -
gәch//-g`ach,   buyruq-istak   mayli   fe`li   -әli//ali   (barali, ketәli) shart fe`li -sar/sәr 
(solisar, bolsar) affikslari bilan shakllanadi. 
Hozirgi  kelasi  zamon  fe`lining  bo`lishsizligi  qisqargan  holda  keladi: 
yavutman (yaqinlashtirmaydi), unutman (unutmayman). 
Sifatning (kelasi-zamon) - yүr//yur affiksi bilan yasalgan turi ham uchraydi: 
sayrayur, yasanlaytur-siginar. 
Asar  leksikasida  o`ziga  xos  xususiyatlar  ko`zga  tashlanadi:  SHunqar-
burgut,  boyla-shunday  qilib,  yuban-ikqilanmoq,  ukush-ko`k,  asru-juda,  yaqtu-yoru. 
Yavut-yaqinlashmoq,  uram-kucha,  taqn-jumladan,  dudaq-lab.  YUqoridagi  til 


 
70 
hodisalarining ayrimlari uyg`ur tiliga ham xosdir. 
YUqoridagilardan  ko`rinib  turibdiki,  «Muhabbatnoma»  asarida  ham  XIV 
asrning oxiri va XV asrning boshlarida Xorazm va Muvaraunnahrda hukm surgan 
kitobiy-poetik til traditsiyasi davom ettirilgan. SHuning uchun unda qipchoq-o`g`uz 
va  qisman  uyg`ur  tili  xususiyatlarini  uchratamiz.  «Muhabbatnoma»  XIV  asr 
o`zbek  adabiy  tiliga  katta  xissa  bo`lib  qo`shildi  va  ayni  zamonda  eski  o`zbek 
tilining keyingi taraqqiyotida muhim rol’ o`ynadi. 
Buyuk  Alisher  Navoiy  «Muhokamat-ul  lug`atayn»da  o`zbek  tilida 
katta 
holni 
ifodalovchi 
maxsus 
«meng» 
so`zi 
borligini 
aytib, 
«Muhabbatnoma»dan quyidagi baytni keltiradi: 
Aning kim el enganda meң yaratti, 
 
Boyi birlә sachina teң yaratti. 
Ko`rinadiki,   Navoiy   tomonidan   «Muhokamatul-lug`atayin» asarida   shu   
misralarning keltirilishi shu davrda asarning til jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi. 
«Muhabbatnoma»  eski  o`zbek  adabiy  tilini  boshlab  beruvchi  asar 
sifatidagina emas, balki ayni zamonda o`zbek adabiyoti tarixiga, ayniqsa, nomachilik 
janri  tarakqiyotiga  kuchli  ta`sir  ko`rsatgan  asardir.  Uning  bevosita  ta`sirida  Said 
Ahmadning  «Taashshuqnoma»  (XV  asr),  Xo`jandiyning  «Latofatnoma»  (X1U-XU 
asr), Amiriyning «Dahnoma» (XV asr) kabi asarlar yaratilgan. 
Demak,  Xorazmiy  o`zbek  adabiyotida  nomachilik  janriga  asos  solgan 
shoirdir. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish