«O`G`UZNOMA» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
O`rta Osiyo turkiy xalqlari - o`g`uz va qarluq-uyg`ur dialektining qadimgi
yodgorligi hisoblangan «O`g`uznoma»ning qachon va qaerda ko`chirilganligi xaqida
48
hozirgacha aniq ma`lumot yo`q. N.M.Mallaev bu asarni XIII- XIV asrlarda,
A.M.Sherbak XV asrda kitobat qilgan deb ma`lumot beradilar.
Nemis olimi V.Bang «O`g`uznoma»ning til xususiyatlarini taxlil qilish
asosida afsonaning tilini shartli ravishda yangi sharqiy turkiy til deb ataydi va
P.Pellioning fikriga ancha yaqin mulohazani ilgari suradi. A.M.Shcherbak
«O`g`uznoma»ning turli qo`lyozmalarini o`rganish, uning tilini boqsha asarlar
bilan qiyoslash asosida shunday xulosaga keladi: asl nusxa ko`lyozmaning tili
«y»lovchi shevada yozilgan, so`z negizining fonetik shakllanishida lablashmagan
tovushlar ko`proq ishtirok etadi. Asar XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Turfon
(Qashqar)da yozilgan.
Qabila ittifoqlarining birlashishi tamoyilining kuchayishi, buning natijasida
ancha qat`iylashgan qarluq, uyg`ur, o`g`uz tili xususiyatlaridan tashqari, keyinroq kirib
qolgan qipchoq unsurlari ham asar tilida aks etgan. Bu dialektlarning hammasi esa
birgalikda eski o`zbek tilining negizini tashkil qiladi.
Asarda qadim zamonlarda yaratilgan mifologik afsonalar bilan birga
dahshatli istilo va urushlar tasviri berilgan. Bu, ehtimol, Chingiz istilosining in`ikosi
bo`lishi mumkin. Asar tilidagi mo`g`ul elementlari ham shundan dalolat beradi.
Asar tilida qarluq-uyg`ur, o`g`uz qabila ittifoqi xususiyatlarini uchratamiz.
Afsona tilida yuqori-tor unlilardan so`ngi til orqa unlilarning qo`llanishini ko`ramiz:
adug, tirig, tag` va x.o. Darhaqiqat, «O`g`uznoma» tilida nisbatan yangi fonetik,
leksik va fammatik xususiyatlar anchagina uchraydi. Masalan, so`zda d, dz ga
nisbatan y tovushining ustunligi hodisasini ko`rish mumkin: adg`ir, qon o`rnida ayg`ir,
qoy ishlatiladi. Ammo bu holat hali qat`iy bo`lmay, ularning muvoziy qo`llanishi ham
uchraydi: ayg`ir, adug (ayiq) kabi. Unlilar uyg`unligi to`la saqlangan: urungudun
son qalmqlari (eshik) tzmurdun erdilar. Undoshlarda jarangsizlanish hodisasi kuchli:
atni keldurdi. Tan erte boddukta. So`z oxirida tor va keng unlilardan keyin tilrrqa
g`, g tovushlari saqlanadi: tirig, olug, tag`, adug`. Kishilik olmoshlarining I shaxsida
b undoshi m shaklida keladi: baluqni (shahar) benga saqlab kelgil. Menge atam bu
baluqn’! Berub turur. Qaratqich kelishigining -n’ң, -nuң turlari ko`proq uchraydi:
49
bәshin өgulm, og`uz qag`anniң ati, anuң bashi, qagannuң chәrigi kabi.
Asarda tushum kelishigining qadimgi -ig`,—ig affiksli shakli, -i/-n,-/-i/-n
affiksi orqali yasalgan shakli qo`llanmaydi. Asarda -duk, -dүk, -g`u, -gү affiksli
sifatdoshlar uchrab turadi: yibarguda erdi. Urushg`udun son. Og`uz kөrdүktә өzi
kәtti kabi.
Tartib sonlarning ikkinchi (ikinchi o`rnida), үchүnchү, үchүnchi
(үchүnch o`rnida» shakllari qo`llangan. SHart fe`li asosan -sa (-sar o`rnida)
affiksi bilan keladi:
birinchisiga Kun at qoyd’shar, ikkinchisige Ay at qayd’shar..., kulsm,
yshlasa kabi.
Bu yodgorlikda leksik jihatdan tapuq (xizmat), tәlim (ko`p), tug` (bayroq),
baluq (shahar), bәrgu, qapug`, uqg`ulug`, chәrig, muran (daryo), achqich (kalit),
toqush, koruklug kabi eski turkiy, mo`g`ulcha so`zlar uchraydi. Bu faktlar asarda
qarluq-uyg`ur tili xususiyatlarining ustun ekanligini ko`rsatadi. Asar tilida uchraydigan
bir qator mo`gulcha so`zlar esa o`sha davrlarda turkiy tillarga kirib o`zlashib qolgan
yangi leksik qatlamni tashkil qiladi. «O`g`uznoma» asarining tili faqat ba`zi bir
xususiyatlari bilangina eski o`zbek adabiy tilidan farq qiladi, u ko`proq qarluq-
uyg`ur tili an`analariga yaqin turadi. Demak, «O`g`uznoma» asarining til materiallari
orqali eski o`zbek adabiy tilining qarluq-chigil-uyg`ur til birligi bilan yaqin
munosabatda, uzviy aloqador ekanligi aniqlanadi.
So`z o`rtasida d-y tovushlari almashadi; adug-ayug`
Jamlik son: - egu, uch egu, ik egu, besh egu.
Harakat nomi: -ish//-ish/-/sh affikslari va h.o.
Afsona tilida X- XII asr yodgorligida uchrovchi tushum kelishigining -
ig`//ig I qurol vosita kelishigining -in/-/n affikslari bilan h.k. formalari uchraydi.
YUqoridagi faktlar «O`g`uznoma» asarining XIII- XIV asr yodgorligi
shu davr adabiy tilining namunasi deb karashga to`la imkoniyat beradi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |