Eslatma: Tilshunoslik fani LINGVISTIKA deb ham yuritiladi. Lotincha “lingua” til degani.
Tilshunoslik fani ikkiga bo’linadi: 1) umumiy tilshunoslik; 2) xususiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik butun dunyo tillarini o’rganadi. Xususiy tilshunoslik faqat bitta til va uning paydo bo’lishi, grammatik qurilishi kabilarni o’rganadi. Tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini mikrolingvistika (kichik tilshunoslik), tilning boshqa fan yo’nalishlari bilan taqqoslangan holatini esa makrolingvistika (katta tilshunoslik) o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |