a) xususiy tilshunoslik alohida olingan tilning tovush tizimi, lug‗at boyligi va
grammatik qurilishini o‗rganadi, shu sababli bunday tilshunoslik ―o‗zbek
tilshunosligi‖, ―rus tilshunosligi‖ kabi nomlar bilan ataladi.
b) umumiy tilshunoslik yer yuzida mavjud bo‗lgan barcha tillarning umumiy
xususiyatlarini, kelib chiqishini, dunyo tillarning tasiflanishini o‗rganadi. U o‗z
tadqiqotlarida xususiy tilshunoslik yutuqlaridan unumli foydalanadi.
2. O‘rganish maqsadiga ko‘ra:
a) nazariy tilshunoslik til hodisalariga nazariy jihatdan yondashadi, ya‘ni shu
hodisalar bo‗yicha umumlashma tarzida chqarilgan xulosalar, qoidalar yaratadi.
b) amaliy tilshunoslik tilga amaliy nuqtai nazardan yondashadi, ya‘ni uning
insonlar hayotidagi amaliy ahamiyatini o‗rganadi. Masalan, chet tillarni o‗rganish,
avtomatik tarjima kabi masalalar bilan shug‗ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |