4. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi XIX asrda paydo bo‗lgan. Bu nazariyaga
ko‗ra, yer yuzidagi odamlar tushunchalarga nom berishda o‗zaro kelishib olishgan
emish. Bunga turtki bo‗lgan narsa shuki, 1887-yilda taxallusi Doktor Esperanto
(―umidvor shifokor‖ degani) bo‗lgan polyak ko‗z shifokori Lyudvik Zamenxof
4
tomonidan esperanto tili o‗ylab topilgan
5
. Bu til ko‗pgina Yevropa tillaridan
olingan so‗zlar asosida shakllangan. Bundan tashqari, olimlar ayrim ilmiy
atamalarni qo‗llashda o‗zaro kelishib olishi ham bunga sabab bo‗lgan. Masalan,
1892-yilda ximiklarning Jeneva shahrida o‗tkazilgan qurultoyida terminologiya
masalasida kelishib olingan. Albatta, sun‘iy tilning va atamalarning yaratilishi
bo‗yicha kelishuv dastlabki tilning paydo bo‗lishini izohlay olmaydi. Buning
sabablari quyidagicha oddiydir:
1) bu nazariya ijtimoiy kelishuvgacha tilning mavjudligini inkor qiladi;
2) bu nazariya tabiiy tilning emas, balki sun‘iy tilning yaratilishinigina tushuntira
oladi.
Ko‗rib o‗tilgan barcha nazariyalarning eng asosiy kamchiligi shundaki, ularda
insonning faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan hodisani, ya‘ni tilni shu faoliyatdan
ajratgan holda tushuntirishga harakat qilinadi.
Inson hayvonot olamidan ajralib chiqqandan keyin ijtimoiy mehnat bilan
shug‗ullana boshlagan. Bu jarayon, albatta, juda uzoq davom etgan. Shu davr
mobaynida odamsimon mavjudot jamoa bo‗lib yashashni va mehnat qilishni
o‗rganadi. Mehnat jarayonida bu mavjudotlarda (ular arxeologlar tomonidan
4
Энциклопедик луғат. ―Ўзбекистон Миллий энциклопедияси‖ давлат илмий нашриѐти . Н-Ҳ. –Т.: 1990, 440-бет.
5
Энциклопедик луғат. ―Ўзбекистон Миллий энциклопедияси‖ давлат илмий нашриѐти . А-Н. –Т.: 1990, 289-бет.
avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal odami kabi nomlar bilan ataladi)
tafakkur shakllana boradi. Buni taxminan quyidagicha tushuntirish mumkin.
Oldiniga mehnat harakatlari mehnat predmetidan ajralmagan holda amalga
oshirilgan. Masalan, biz nafas olish uchun o‗ylab o‗tirmaymiz, ya‘ni miyani
ishlatmaymiz. Bu instinktiv tarzda yuz beradi. Yuqoridagi jarayon ham shunday
bo‗lgan bo‗lishi kerak. Ma‘lum bir davrda mehnat harakati va mehnat predmeti
bir-biridan ajraladi, chunki mazkur harakatlar odamsimon mavjudotning ibtidoiy
xotirasida saqlanib qolgan edi va u endi o‗z tasavvurlariga taqlid qilishi mumkin
bo‗ladi, natijada mehnat predmeti bo‗lmasa ham, u bilan qilinadigan harakatlar
amalga oshirilishi mumkin bo‗ladi. Bu esa odamsimon mavjudotda ibtidoiy
ongning dastlabki kurtaklari shakllanayotganidan dalolatdir. Hozirgi odamga eng
yaqin turgan odamsimon mavjudot fanda homo sapiyens (lot. ongli odam) deb
yuritiladi. Ana shu homo sapiyens o‗z taraqqiyotining ma‘lum davrida o‗z
jamoadoshiga nimanidir aytish istagini sezgan bo‗lishi kerak va natijada dastlabki
ibtidoiy so‗zlar talaffuz qilingan. Albatta, ungacha homo sapiyensning nutq
a‘zolari muayyan tovushlar miqdorini talaffuz qilashga moslashgan bo‗lishi kerak
edi. Bizningcha, ana shu tariqa dastlabki til paydo bo‗lgan.
Kembridj universiteti professori Jorj Yulning yozishicha, tilning paydo bo`lishida
quyidagi manbalar mavjud bo`lgan:
1.
Ilohiy manba (The divine source).
2.
Tabiiy tovush manbasi(The natural sound).
3.
Ijtimoiy o`zaro ta‘sir manbasi(The social interaction source).
4.
Jismonan moslashish manbasi (The physical adaptation source).
5.
Instrumental manba (The tool-making source).
6.
Genetik manba (The genetic source).
6
Do'stlaringiz bilan baham: |