F O N E T I K A Bu bo’limda og’zaki nutqning tovush tizimi o’rganiladi. Shuningdek bo’g’inga ajratish, urg’u, tovushga ajratish o’rganiladi.
---Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi til deyiladi. Shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’lishi , voqealanishi nutq deyiladi. Til---umumiylik,imkoniyat, mohiyat. Nutq---xususiylik,voqelik,hodisaning zidlanishi
---Nutq jarayonida real talaffuz qilingan , qulog’imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan nutq parchasi tovush deyiladi. Tovushlar unli va undosh tovushlarga bo’linadi.
U n l I l a r t a s n I f i Faqat undan ya’ni sof ovozdan iborat bo’ladi. A , I , e , o , u , o’
1.Lablarning ishtirokiga ko’ra: a)lablangan unli: u, o’ b)lablanmagan unli: a, I , e c)oraliqdagi unli: o 2.Og’izning ochilish darajasiga ko’ra: a)tor (yuqori tor) unli: I, u b)o’rta tor(o’rta keng) unli: e, o’ c) quyi tor(quyi keng) unli: a , o 3.Til oldi unli: a, I , e Til orqa unli: o , u , o’
U n d o sh l a r t a s n I f I Undoshlar hosil bo’lishida bo’g’iz bo’shlig’I, og’iz bo’shlig’I, til muhim ahamiyatga ega.
1.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: a) lab undoshlari: lab-lab undoshi: b, p,m.
lab-tish undoshi: v, f b)til undoshi: til oldi undoshi: d, t, z, s, sh, j, dj, ch, l, r, n.
til o’rta undoshi: y.
til orqa undoshi: g, k, ng
chuqur til orqa undoshi: q, g’, x. c)bo’g’iz undoshi: h
2.Hosil bo’lish usuliga ko’ra: a)portlovchi: d, t, b, p, k, q, j, g, m, n, ng. b)sirg’aluvchi: v, f, z, s, y, l, sh, g’, x, h, r, dj. c)qorishiq: ch
3.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra: a) jarangli undosh: d, b, v, z, g, g’, j, dj, m, n, ng, l, r, y b)jarangsiz undosh: t, p. f, s, k, x, ch, sh q, h.
4. sonorlar undoshlar: m, n, ng (burun); l (yon); r (titroq) shovqinlilar: qolgan undoshlar
!!! Undosh tovushlarning fizialogik(talaffuz), akustik, vazifaviy tomonlari mavjud. ---Agar biror undosh tovushni Hosil bo’lish o’rniga va Hosil bo’lish usuliga ko’ra tahlil qilsak fizialogik tomoni hisoblanadi. Masalan: D tovushi → hosil bo’lish o’rniga ko’ra: til undhoshi.
↘hosil bo’lish usuliga ko’ra: portlovchi.
---Agar biror undosh tovushni Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra yoki Sonor va shovqinga ko’ra tahlil qilsak akustik tomon hisoblanadi. Masalan: B tovushi → ovoz va shovqinga ko’ra: jarangli
↘ sonor va shovqinga ko’ra: shovqinli. ---Agar biror tovushning boshqa tovushlardan farqi aytilsa vazifaviy( lingvistik ) tomoni hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhimdir. Masalan: m tovushi n tovushidan farqlanadi.
!!! Nutq tovushlarining birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari mavjud. ---Agar 2 xil undosh tovush Hosil bo’lish o’rniga ko’ra bitta guruhga kirsa birlashtiruvchi belgi bo’ladi. Masalan: B→ Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: lab undosh
P→ Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: lab undosh Demak, B va P undoshlari hosil bo’lish o’rniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega. Chunki har ikkalasi bitta guruhga mansub. ---Agar 2 xil undosh tovush Hosil bo’lish o’rniga ko’ra ikkita guruhga kirsa farqlovchi belgi bo’ladi. Masalan: V→ Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: lab undosh.
D→Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: til undosh Demak, V va D undoshlari hosil bo’lish o’rniga ko’ra farqlovchi belgiga ega. Chunki har ikkalasi ikkita guruhga mansub. Hosil bo’lish usuliga ko’ra, Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra , Sonor va shovqinning ishtirokiga ko’ra ham xuddi shu tartibda tahlil qilinadi. Masalan: D→ Hosil bo’lish usuliga ko’ra: portlovchi
S→ Hosil bo’lish usuliga ko’ra : sirg’aluvchi.
---Bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so’z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan , ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonema deyiladi. M: bol-pol; tosh-qosh. B va p t va q fonema.
!!! Unli va undosh tovushlar to’siqqa uchrash yoki uchramasligi; bo’g’in hosil qilish yoki qilmasligi; shovqin bor yoki yo’qligi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
B o’ g’ I n Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi bo’g’in deyiladi. So’zdagi bo’g’inlar soni unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bir so’zda 5 ta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. M: o’qituvchi—4 ta unli bor va shuncha bo’g’in bor. --- Agar bo’g’in unli tovush bilan tugasa ochiq bo’g’in hisoblanadi.M: o’-qi-tuv-chi→3 ta ochiq bo’g’in bor. ---Agar bo’g’in undosh tovush bilan tugasa yopiq bo’g’in hisoblanadi. M:o’-qi-tuv-chi→ 1 ta yopiq bo’g’in bor. ---Agar bo’g’in unli bilan boshlansa berkitilmagan bo’g’in hisoblanadi. M: o’-qi-tuv-chi→1 ta berkitilmagan bo’g’in bor ---Agar bo’g’in undosh bilan boshlansa berkitilgan bo’g’in hisoblanadi. M:o’-qi-tuv-chi→3 ta berkitilgan bo’g’in bor. !!! So’zni bo’g’inga ajratganimizda bir bo’g’inda 2 ta undosh yonma-yon kelsa qator undoshli so’z hisoblanadi. M: sta-kan, no-mard, da-raxt. So’zda bitta undosh takror kelsa, qo’sh undoshli so’z hisoblanadi. M: metal, gramm
!!! ng tovushi o’zbekcha so’zlarda 2 ta unli o’rtasida kelsa keyingi bo’g’inga ko’chiriladi. singil→si-ngil, ko’ngil→ko’-ngil Chetdan kelgan so’zlarda ng tovushi yo’q. n va g tovushlariga ajraladi. M: shtan-ga
F o n e t I k o’ z g a r I sh l a r ---So’zga qo’shimcha qo’shganimizda yoki biror so’z qo’shganimida bir tovush boshqa tovushga almashsa , tushsa, ortsa fonetik o’zgarish ( tovush o’zgarishi, fuziya hodisasi) hosil bo’ladi. M: qishloq+im=qishlog’im (almashish); o’yin+a=o’yna, ayta +oladi=aytoladi, oqigan +edi=o’qigandi (tushish); shu+day=shunday, o’sha+cha=o’shancha (ortish). Tovush o’zgarishlari 3 ga bo’linadi.
1.Tovush almashinishi--- bir so’zga qo’shimcha yoki so’z qo’shganimizda natijada so’z tarkibida bir tovush boshqa tovushga almashishi kerak. M: sovi+q=sovuq; son+a=sana; sina+v=sinov; ong+la=angla; quri+q=quruq; terak+im=teragim; ayta + ber=aytaver.
!!! k va q tovushlari bilan tugagan so’zlarga g tovushi bilan boshlanadigan qo’shimcha qo’shsak qo’shimchadagi g tovushi k va q tovushlariga almashadi. M:qishloq+ga=qishloqqa; terak+ga=terakka; ek+gan=ekkan.
2.Tovush tushishi---bir so’zga qo’shimcha yoki so’z qo’shsak bir tovush tushishi kerak. M:shahar+im=shahrim; past+ay=pasay; o’yin+a=o’yna; ayir+il=ayril; men+ning=mening; men+ni=meni; ayta+oladi=aytoladi.
3.Tovush ortishi---So’zga qo’shimcha qo’shganimizda bir tovush ortishi kerak. M:achi+q=achchiq; isi+q=issiq; shu+ch=shuncha; obro’+im=obro’yim.
U r g’ u Gapdagi so’zning so’zdagi bo’g’inning boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi urg’u deyiladi. Urg’u 2 ga bo’linadi. 1. Gap urg’usi(mantiqiy, logic, ma’no). 2. So’z urg’usi(leksik) ---Gap urg’usi gapdagi biron so’zga , ya’ni gapdagi oxirgi so’zga emas , undan oldingi so’zga tushadi. M: Biz qiyinchiliklarni birga yengamiz.
---So’z urg’usi so’zdagi kuchliroq talaffuz qilingan unli tovushga tushadi. Chetdan kirgan so’zlarda har bir unli tovush aniq talaffuz qilinsa , so’zning boshidagi yoki o’rtasidagi unli tovushga tushadi. M: Respu’blika → ushbu so’z chetdan kirgan va har bir unli tovush aniq talaffuz qilinadi. Shuning uchun o’rtadagi unliga tushadi. ---Chetdan kirgan so’zlarda har bir unli tovush aniq talaffuz qilinmasa , unda aniqroq talaffuz qilinganiga urg’u tushadi. M: Vodoro’d ( talaffuzda vadarod) → boshidagi 2 unli aniq talaffuz qilinmadi, shuning uchun oxiridagi aniq talaffuz qilinganiga urg’u tushdi. ---O’zbekcha so’zlarda urg’u asosan oxirgi bo’g’inga tushadi. Qo’shimcha qo’shsak urg’u qo’shimchaga qarab siljib boradi. M: Bola’ bolala’r bolalarga’
U r g’ u o l m a y d I g a n q o’ sh I m ch a l a r --cha→ bu qo’shimcha -dek va -day bilan almasha olsa urg’u olmaydi. M: Mana bu ayol erka’kcha ishladi. Bu yukning qu’shcha og’irligi yo’q. Anhorning kattaligi qishlo’qcha keladi. Bu qo’shimcha kichraytirish ma’nosini bildirganda yoki shu qo’shimchani olgan so’z qanday so’rog’iga javob bo’lsa urg’u oladi. M: Mana bu qizcha’ chiroyli ekan. Andijoncha’ osh yedim.
--ma→ bu qo’shimcha harakatning inkorini bildirganda , ya’ni harakat bajarilmasa urg’u olmaydi. M:yugu’rma, o’qi’ma, ye’ma. Bu qo’shimchani olgan so’z qanday? Nima? So’rog’iga javob bo’lsa urg’u oladi. M:Ulama’ soch taqqan. Burama’ bolt. Tortma’ chiroyli ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |