Buxorocha raqs.
1-boshlovchi: Olis tarix o`zi shohid, ishoning,
Men o`zbekman, o`zbekona lutfim bor.
Ona tilim, ona yurtim, g`ururim,
Ona tilim muqaddas va beg`ubor.
Shu til bilan kamol topdi Muqimiy
Shu til bilan Furqat kuyladi yonib.
Shu til bilan Hamza tanildi elga,
Qodiriy tilidan bo`lurmi tonib.
2-boshlovchi: Qodiriy qurbon desa, “O‘tkan kunlar”i yoddir,
Fitrat-u, Cho‘lpon desa, she`r hayqiriq, faryoddir.
G`afur G`ulom, Shayxzoda, Muhammadni eslasam Qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan, asarlari hayotdir.
Sahna ko’rinishi: Abdulhamid Cho‘lponning “ Kecha va kunduz” romanidan parcha.
Sahnada ortidan izoh o`qiladi
Qatnashuvchilar: prokuror,zakunchi, mirshab , tilmoch nazorati ostida Zebi kirib keladi.
Qo‘shiq. “Shukr qil”. Ijro etadi musiqa guruhi tinglovchilari.
1-boshlovchi: Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy til forsiy tildan kam emasligini, turkiy tilning ham imkoniyatlari keng ekanligini ta’kidlagan.
Turk nazmida men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam, deb yozgan.
2-boshlovchi: Alisher Navoiy sharq adabiyotining yigirma janrida ijod qilgan yagona ijodkor sifatida o‘zbek tilining so‘z fondini boyitgan.
«Ko‘ngul durji ichra guhar so‘z durur
Bashar gulshanida samar so‘z durur».
8Jism bo‘stoniga shajar so‘zdurur,
Ruh ashjoriga samar so‘zdurur.
1-boshlovchi: So‘zdurki, nishon berur olikka jondin,
So‘zdurki, berur jong‘a xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin, deya so‘zga nihoyatda yuksak baho bergan.
Shoir o‘zbek tilidagi so‘zlarni yangi ma’nolarda qo‘llab, shu so‘zlardan yangi so‘zlar yasagan. 26 mingdan ortiq so‘z bilan poetik adabiy tilni boyitib, sof o‘zbekcha 9305 ta so‘zni badiiy qo‘llashga olib kirgan.
2-boshlovchi: Navoiy rasmiy ish faoliyatida o‘zbek tilining ham rasmiy til darajasiga ko‘tarilib, saroyda ish yuritadigan til bo‘lish uchun o‘z hissasini qo‘shgan.
1-boshlovchi: O‘zbek tili oltoy til oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon va koreys tillari kiradi. Bu tarmoqda 20 dan ortiq til bo‘lib, ular o‘z navbatida yana guruhlarga bo‘linadi.
2-boshlovchi: Nabbatni “Rus tili” guruhiga beramiz
1-boshlovchi: Bugungi fayzli tadbirimizni xush kayfiyat ila nihoyasiga yetkazmish uchun davraga “Musiqa” guruhini chorlaymiz.
1 -boshlovchi: Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,
Muhrimda porlagan humo o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
2-boshlovchi: Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu iahon iсhra!
To jahon boricha baxting bor bo‘lgay,
Osmoning hamisha beg‘ubor bo‘lgay,
Istiqloling mangu barqaror bo‘lgay,
Yurtboshimiz mehri doim yor bo‘lgay.
O‘zingsan borlig‘im, jon-tanim mening,
Jonlar fldo senga, Vatanim mening
Do'stlaringiz bilan baham: |