1-boshlovchi: “Yosh tilshunoslar” to‘garagi a’zolari ijrosida xalq qo‘shiqlari va temalaridan namunalar tinglang.
2-boshlovchi: Baxtimizga yurtimiz tinch bo‘lsin!
Tilimiz sofligi abadiy bo‘lsin!
Omon bo‘lsin el-u yurt, osmon,
Omon bo‘lsin turguncha zamon!
1-boshlovchi: Alla! O‘zbek xalqining qadim-qadimdan e’zozlanib, ardoqlanib kuylanib kelinayotgan, tarjimon talab qilmaydigan, millat, tilidan qat’iy nazar, birdek ezgulikka, yaxshilikka chorlovchi – ma’naviy malham.
2-boshlovchi: Alla sehri – orzu-umidlar, quvonch-u tashvishlar majmuasidir. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida “…jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, - deya ta’kidlagan edilar.
Darhaqiqat, onalarimizning allasi har qanday toshni ham eritishga qodir. Chunki bu – dil nolasi! Chunki bu – tilning beqiyos kuchi!
Davraga milliy libosdagi qizlar yarim doira shaklida joylashadilar. O‘rtaga beshik qo‘yib, bir o‘quvchi qiz beshik tebratib alla aytadi. Davradagi qizlar esa jo‘r bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |