1-boshlovchi: Endigi navbat nutq madaniyati va so‘z qudrati haqida tayyorlangan hajviy ko‘rinishga. Marhamat.
Muhabbat vizasi
O‘qidim go‘zal hikmat:
“Sizning yaxshilaringiz
Ahli ayoli bilan
Yaxshi bo‘lganlaringiz”.
So‘kinib jaranglatdi,
Erim o‘z xonasini:
_ _ Hoy, ruchkamni kim oldi?
He, o‘sha olganni...
Dedim:_Voy tilingizni,
Zahar bormi qatida?
Bunday xunuk so‘z yo‘q-ku,
O‘zbekning lug`atida.
Esizgina, yoshlikda
Qanday yigit edingiz?!
“Bitta tabassumingga
Jonim fido”, derdingiz.
Dedi: -Yigitchilikda,
Aytgandirman aytganda,
O‘sha gap turarkanmi,
Yosh ellikka yerganda?
Elligimda, sevgi, deb,
Boshim qotirmay meni,
Topib ber, ellik so‘mga
Olgan ko‘k ruchkam qani?
Dedim:-Telefon raqam
Yozgandim, oling mana
Dedi: -Ming bor aytaman:
Mening narsamga tegma!
Kabinetim, yo‘lagim,
Izim, soyam, vujudim,
Qo`lingni tekkizmagin,
Bari-mening hududim.
Xayol sursam yo‘talib,
Hududimni buzmagin,
Hattoki tushimga ham
Taqillatmay kirmagin.
Yashash kerak tartibli,
Meniki bu-meniki,
Cho‘qilash yo‘q,tegish yo‘q
Seniki bu- seniki.
Ko‘nglim cho‘kd,i muhabbat
To‘ydan keyin o‘larkan,
Erkak kishiyam shuncha
Pastlab ketsa bo‘larkan?!
Donishmand bo‘lar yoshda,
Ongi shuncha tormikan?
Bu dunyoda jentel`men,
Erkaklar ham bormikin?
Alam qildi judayam,
Narsasini olganim,
Ellik so‘mcha qadri yo‘q,
Ayol bo‘lib qolganim.
Shuni sekin aytsa-ku,
Baqirib, so‘kinmasdan,
“Gah” deganda qo‘liga
Qovnmasam, odammasman.
Desa: “Ko‘rmadingizmi,
Ruchkam yo‘qoldi , poshsho?”
Desam: “Uzr, kechiring,
Men olgandim, mavlono”.
Desa: “Xijolat bo‘lmang,
Borligingizga shukur
Menga sirdosh,hamxona,
Yorligingizga shukur.
Mening ruchkam-da sizga
Talpinib turar o‘zi,
Sizni ko‘rganda menday,
Yonib ketadi ko‘zi”.
Der edim: “Oh, azizim!
So‘zingiz totli muncha?
Nima qilay, buyuring?
Qulingizman o‘lguncha”.
Qanday go‘zal muloqot?!
Oh,jonimni qoqardim,
Mosh, guruch sochlarini
Silab yuzga bosardim.
Har narsa yoshlikkami
Sog`liq,mehr, oqibat?
Yosh o‘tganda zarurroq
Bo‘lmaydimi muhabbat?
Ayolga shirin so‘zni
Eri aytib turmasa,
Katta xolasi kelib
Aytadimi bo‘lmasa?
Shunday ekan, yashayver,
Qilmasdan g`iring-piring,
Endi, baribir,boshqa,
Uylanishga kechikding.
Bu yog`i qancha qoldi?
Yerga urmay, poshnangni,
Holin ko‘r oltmish yoshda,
Beva qolgan oshnangni.
Uylanay desa chiqqan
Qizlari tumtayadi,
“Kirin yuvyapmiz-ku”, deb
Kelinlar xo‘mrayadi.
Tayyor xizmatkor bo‘lsam,
Sen uchun pishir-kuydir,
Shukrimni qilmaysanmi,
Ruchkang boshingdan qolgur?!
Qariganda ne kerak
Marhaboga, bir kaft osh.
Tinchlik, sog`lik, muhabbat,
Va bir dona suhbatdosh.
1-boshlovchi: Tabrik navbatini boshlang‘ich qozoq tili guruhiga beramiz.
2-boshlovchi:
1-boshlovchi: Bugungi fayzli tadbirimizni xush kayfiyat ila nihoyasiga yetkazmish uchun davraga “Musiqa” guruhini chorlaymiz.,
2-boshlovchi:
1 -boshlovchi: Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,
Muhrimda porlagan humo o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
2-boshlovchi: Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu iahon iсhra!
To jahon boricha baxting bor bo‘lgay,
Osmoning hamisha beg‘ubor bo‘lgay,
Istiqloling mangu barqaror bo‘lgay,
Yurtboshimiz mehri doim yor bo‘lgay.
O‘zingsan borlig‘im, jon-tanim mening,
Jonlar fldo senga, Vatanim mening!
Tadbir: Til hayot sabogi
1. «Til- hayot sabog`i» nomli tadbir ssenariysi
2. 21 –oktabr «Til- hayot sabog`i» nomli tadbir ssenariysi 1-boshlovchi Har so`zida ilohiylik bor, Haq Olloxdan bir vaxiylik bor Bagrikenglik, zo`r saxiylik bor, Imonimsan,O`zbek tilim,O`zbek tilim. 2-boshlovchi Allasiga duo qo`shilgan, Lafzlariga shifo qo`shilgan Ezgu talab-nido qo`shilgan Senda-hayot, Senda baxt yo`lim! O`zbek tilim ,O`zbek tilim 1-boshlovchi Assalomu alaykum,mehri daryo qalbi quyosh,fidoiy ustozlar! 2-boshlovchi Assalomu alaykum,buyuk O`zbekistonimizning vorislari bo`lgan ilmga chanqoq yoshlar. 1-boshlovchi Barcha-barchangizni bizning ona tilimiz bo`lgan O`zbek tiliga Davlatimiz maqomi berilganiga 22 -yil to`lishi munosabati bilan «Til-hayot sabog`i» nomli tadbirimizni tinglab,tomosha qilishga taklif etamiz! Xush kelibsizlar,azizlar! Alla qushig`i yangraydi. Davraga o`quvchilar kirib keladilar.Ularning o`rtasida, sahnaning markazida ona tili siymosidagi o`quvchi qiz.U oppoq kiyimda,munis ona ko`rinishida farishtaday bo`lib turadi. Qo`shiq pastlagach, “O`zbek tili” so`zlaydi: Alla bilan kirganman Sening jon-u tanangga Onang kabi azizim.
3. Bolajonim men senga. Onajoning o`rgatgan, Onang tili bo`laman. Jondan aziz suyanching Otang tili bo`laman. Bobolardan,momolardan, Meros qolgan tilingman. Shuning uchun bolajonim Sening jon-u dilingman. Millatingni qadrlab, Ko`taraman boshlarga. Tiling qadrin bilmoqni O`rgataman yoshlarga. O`zbek tili-ona tiling, O`zbekiston –vataning. Tiling uchun,eling uchun, Fido bo`lsin jon-taning. 2-boshlovchi: Inson tug`ildi.Ona farzandining boshida parvona bo`lib,alla kuylaydi.Beshikdanok go`dakning qalbiga alla bilan birga ona tili kirib keladi.Bola sehrli ertaklar orqali ona tilimizning betakror jozibasidan bahramand bo`ladi.Bola balog`atga yetadi.Ona tili yangi-yangi so`zlar ila uning qalbiga muhabbat bo`lib tashrif buyuradi.Inson hayot so`qmoqlaridan qadam tashlab boraveradi.Yaxshi -yomon kunlarda ona tili u bilan bir umr hamroxlik qilaveradi. 1-boshlovchi: Ana shunday dunyo yaralibdiki,insonlar o`z ona tilini yaratganlar.Shu asnoda tilimizning asoschisi,buyuk mutafakkir bobomizning nomi nafaqat O`zbekistonda ,balki butun jahonda ulkan ahamiyatga egadir. 2-boshlovchi: Alisher Navoiy forsiy o`lkada dunyoga keldi,adabiy muhitda tili chiqdi.3 yoshida forsiy g`azallar yodladi.Ammo oxir oqibat,turkiy she’riyatning benazir bog`boniga aylandi.Bu tilda «Hazoyin ul maoniy» day minglab turkiyga baytlar majlisidan iborat g`azal mulkini qoldirdi. Sahna ko`rinishi. Kunlardan bir kuni Alisher bilan Xusaynni ustozi Lutfiy oldiga chaqirib shogirdlarining zehnini,nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bo`libdi. Har ikkalasiga ham bosh va qilich tasvirlangan suratini beribdida,unga sharh
4. yozib kelishini topshiribdi.Ertasi kuni Alisher bilan Xusayn ustozi oldiga tashrif buyurishibdi. Ustoz:- xush,Xusayn mirzo,siz sur’atlarni qanday sharhladingiz? Xusayn:- men qilichga hamdu-sanolar aytib,jang-u jadallar haqida madhiya yozdim. Ustoz: - Xush ,Alisherbek siz-chi? Alisher:- Ustoz,bosh aql ramzi bo`lib,u insonlarga xizmat qiladi,qilich esa aqlga qarshi turib,boshga beadat kulfat soladi. Lutfiy ularni sharhlarini eshitib,Alisherga qarab- «Ofarin,Alisherbek ofarin!», debdi. Xusayn mirzoga esa indamabdi. 1-boshlovchi: Darhaqiqat,bobomizga qancha ofarinlar aytsak,tasannolar o`qisak arziydi.Zero,biz uchun bobomizning har bir so`zi, hikmatlari,qoldirgan merosi qimmatli boylikdir. 2- boshlovchi: Keling,bobomizning til balog`ati-yu nutq kayfiyati haqidagi hikmatli so`zlaridan baxra olaylik. O`quvchilar birin- keting sahnaga chiqib,hikmatli so`zlardan aytdilar. 1-o`quvchi: Odamiy til bila sayr hayvondin mumtoz bo`lur va ham anning bila sayr insonga sarafroz bo`lur. 2-o`quvchi: Tilkiy,fasifu dilnazir bo`lgay,xubroq bo`lgay ,agar ko`ngul bilda bir bo`lgay. 3-o`quvchi: Ko`ngil maxzanining qufli til va ul maxzanining kalitin so`z bil! 4-o`quvchi: Saodat baxsh rux ziloliga manba’ ham til,shaxovat naxs kavkabiga matla’ ham til. 5-o`quvchi: Yomon tillik ,andox kim er kungliga jarohat yetkurur,uz boshiga ham ofat yetkurur. 6-o`quvchi: Tiling bila ko`nglimni bir tut,kungli-yu tili bir kishi aytgan so`zga but.! Raqs. 2-boshlovchi: Til-tugalmas boylik.Til-umr bo`yi o`rganiladigan fan.Sayqal bergan sari ochilib,yashnaydigan san’at durdonasi. 1-boshlovchi
5. Tilimizdagi iboralar so`z san’atining duridir,keling do`stlar,shu durlardan teraylik. 2-boshlovchi: Iboralarni gaplar orasida aytsak,gaplar yanada ta’sirchan chiqadi.Shunday emasmi?Qanday qilib deysizmi?Marhamat,tomosha qiling,mana bunday qilib. Muallif: Xalcha xola «Ko`zining oq-u qorasi « bo`lgan yolg`izgina o`g`lini «ye-ru ko`kka ishonmay» parvarish qilibdi. 1-o`quvchi: O`g`li voyaga yetgach,ona uning «boshini ikkita qilmoqchi» 2-o`quvchi: Xalcha xola qarindosh uruglarini,qo`ni-qoshnilarini chaqirdi.Ular «maslahatga mahsi kiydirishdi» 3-o`quvchi: Bu xabarni eshitgan o`g`lining «og`zi qulog`iga yetdi» 4-o`quvchi: Qo`shni qishloqli Xuri xolaning «oy desa oydek,kun desa kunday» xurliqo bir qizi bor edi. 5-o`quvchi: Xalcha xola Xuri xolanikiga «qulchilikka bordi» 6-o`quvchi: Ikki eshik orasida qatnay-qatnayverib, «kovushi yo`lda qoldi». 7-o`quvchi: Xuri xola o`zining « u tovoqqa soldi,bu tovoqqa soldi»,nihoyat rozi bo`ldi. 1-boshlovchi: Aziz mehmonlar,o`quvchilar biz o`zbek tilidagi kinoya va qochirimli iboralarni qo`llab,uning ta’sir doirasi qanchalar keng ekanini aytdik xolos. Hamma insonlar baxtli bo`lishsin. 2-boshlovchi: Tilimizning bebaxo xazinalarini kunt bilan o`rgagnaylik. Tilimizni asrab –avaylaylik,uning qadriga yetaylik. Asrlaring qilgan bir qadam Ming odamni qilgan bir odam. Unutmasin,xalqparvar xotan, Dunyo qadar bilmasin o`lim. O`zbek tilim ,O`zbek tilim! 1-boshlovchi: Demak,ona tiliga bo`lgan muhabbat onaga bo`lgan muhabbat ,vatanga bo`lgan muhabbat,millatga bo`lgan muhabbatdir. 2-boshlovchi:
6. Demak,ona tiliga bo`lgan e’tibor-O`zbekistonning buyuk kelajagiga bo`lgan e’tibordir. 1-boshlovchi: Biz arlardan-asrlarga ona tilimiz orqali yetib boramiz.Tadbirimzni ushbu she’r bilan yakunlaymiz. Ikkala boshlovchi: Siz tilni asrangiz har nedan ortiq, Yagona zaminni asragan simon. Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon.
Maktab sahnasi va zal “So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Til – oinayi jahon” kabi shiorlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk siymolarning suratlari, devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. O‘quvchilar tayyorlagan ijodiy va ilmiy ishlardan namunalar ilinadi.
Sahna pardasi ochilib, 8 nafar ishtirokchi o‘quvchi karnay-surnay sadolari ostida chiqadi va quyidagicha joylashadi:
(Ishtirokchilar she’r o‘qiyotganda ekranda yurtimizning go‘zal manzillari, buyuk ajdodlarimizga oid lavhalar namoish etiladi.)
1-o‘quvchi:
Mir Alisher bobomizdan
Meros bo‘lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim.
Shunday tildan tonar bo‘lsam,
Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.
Alla bo‘lib jaranglagan
Ona tilim – jon-u dilim.
2-o‘quvchi : Assalomu alaykum, qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar hamda bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu ayyom munosabati bilan barchangizni (hamma jo‘r bo‘lib) MUBORAKBOD ETAMIZ!
(Davrani ochish uchun so‘z navbati maktab direktori yoki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga beriladi.)
5-o‘quvchi:
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
6-o‘quvchi:
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.
4-o‘quvchi:
O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.
7-o‘quvchi:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: “O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.
3-o‘quvchi:
Eshitganman ilk bor shu tilda alla,
Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla.
O‘zbegim o‘zligi timsoli sensan,
Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.
(Ona obrazidagi o‘quvchi sahnaga chiqib, beshik tebratadi; alla yangraydi.)
8-o‘quvchi:
So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal jonona tilim,
Asl durdona tilim.
Dilimiz torjimoni,
Sen millatning mulkisan,
Chiroylisan, ko‘rklisan.
Fe’l-atvori, ruhini
Aks ettirgan ko‘zgusan,
Donishmand, dono tilim,
Asl durdona tilim.
Sensiz na ilm bo‘lar,
Na fikr, bilim bo‘lar.
Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,
Bag‘ri ming tilim bo‘lar.
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.
3-o‘quvchi:
Til haqida buyuklar shunday deganlar:
“Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil”. Alisher Navoiy.
“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy.
“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Islom Karimov.
(Sahnaga 6-sinf o‘quvchilari taklif etilib, fonetikaga oid topishmoq va quvnoq she’rlar o‘qiladi).
1. Yettida bor,
«Yettov»da yo‘q.(Javob: “i” tovushi).
2. Bir so‘zda bir xil undosh
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar?
(Javob: qator undosh tovushlar).
3. «Arra»da ikkita bor,
«Yalla»da ham shuncha bor,
Yana qaysi so‘zlarda
Shu holat bo‘lar takror?
(Javob: karra, zarra, alla, malla, kalla, salla...)
4. Til uchi milkka tegib,
Havo yo‘lini to‘sar.
So‘ngra birdan ochilib
Tovushlar portlab chiqar.
Topsin dono bolalar,
Ular qaysi tovushlar?
(Javob: d, t, l, n tovushlari.)
5. Bordir olti xil tovush,
Ular cho‘zib aytilar.
So‘z tuzilmas ularsiz,
O‘ylang, balki toparsiz?
(Javob: unli tovushlar.)
1-o‘quvchi:
Qanday yaxshi so‘z, kalom,
Odob boshi –“Assalom”.
Xush yoqadi hamma vaqt,
“Rahmat”, “Xo‘p-xo‘p”, “Marhamat”!
2-o‘quvchi:
Yayratadi dilingni,
Do‘stlarning “Xush keling”i.
So‘nggi so‘z ham alomat:
“Xayr, bo‘ling salomat”.
(Sahnaga laparchi qizlar chiqib, “Omonyor”, “Chitti gul”, “Jamalagi tillo” kabi xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishadi.
Tadbirda ona tilimizning qadri va boyligini tarannum etuvchi boshqa sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etish, musobaqalar uyushtirish mumkin.
Shu tariqa bayram kechasi yakunlanadi.)
Sadoqat TOJIYEVA,
Asosiy g`oya
Ona tiliga e'tiborni, meqr-muxabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga, milliy o`zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o`rgatish. Ona tili millat ma'naviyatining ko`zgusi ekanini e'tirof etish.
Asosiy g`oyani keng ko`lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to`rida "1991 yil 21 oktyabr' kuni, O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" yozuvi joylashtiriladi. Xona devorlariga til haqidagi maqolalar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O`ng burchakda "Turkiy tillarning shajara daraxti" o`z bezagi bilan saxna ko`rkiga fayz kiritadi. O`quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo`lib joylashadilar. O`rtadagi stol ustida buyuk allomalarimiznig ma'naviy me'rosi bo`lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning "Ona" tili she'ri o`qiladi.
Ona tilim -onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan o`xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga me'ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga ko`zgu til,
Bu dunyoga bag`ishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onjonlar allasidan,
Ko`z yoshidan, oq sutdan,
To`g`aylarning tengsizligi,
Jilg`alarning sho`x hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo`g`rilgan til-ona tilim.
Cho`lponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go`ro`g`lining alp siymosi,
Alpomishning da'vosidan,
Tug`ilgan til-ona tilim.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi "Til bayrami"ga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi:
Bayram munosabati bilan barchangizning o`qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Inson go`zalligi , ma'naviyati, buyuk me'rosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e'zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
1-boshlovchi:
Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 3mingdan ortiq til mavjud.
2-boshlovchi:
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta'minlaydi.Asosiy qonunning 4-moddasida O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta'kidlangan.
(Shundan so`ng, saxna bo`sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi paydo bo`ladi.)
Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o`z yurtiga fidoiy, mard paxlavonlarim. Sizlar o`z ona tilimizni doimo asrab avaylanglar.O`z tilimizning qatorida qardosh, chet tillarni ham o`rganib, xurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o`rinli va unumli foydalanishga xarakat qiling, go`zalligini namoish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomila madaniyatingizda namoyon bo`ladi. "Yaxshi so`z-jon ozig`i", "Bir ko`ngil imorati-ming Makka ziyorati" deganlaridek, shirinsuxan bo`lib, millatning fahri, g`ururi bo`lib yashanglar.
Saxnaga yana boshlovchilar chiqishadi.
1-boshlovchi:
Munis onadon, har bir so`zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o`zingiz bu tuyg`uni, mehrni allangiz ila ko`nglimizga jo aylagansiz.
2-boshlovchi:
Tilimizning barqarorligi o`zga tillar hamjixatligidadir. Bugun 20 dan ortiq tillar oilasi mavjud. Endi e'tiboringizni ona tilimiz tarixiga qaratsak.
O`quvchilar sahnadagi "Shajara daraxti"ga bog`langan turli lentalarni qo`llarida qilpilatadilar. Lentalarga turkiy tillar oilasiga mansub o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, tatar, qoraqalpoq kabi so`zlar yozilgan.
Oqang taraladi.
1-o`quvchi:
Keling, birgalikda bugun tilimizning tarixini, qudratini, madxini kuylaylik.
2-o`quvchi:
Bu azim daraxtning ildizi shunchalik mustaxkamki, har bir bo`g`inida buyuk kutubxona mavjud
3-o`quvchi:
Bunda Rabg`uziy "Qissasi Rabg`uziy" asari ila o`z hikoyatlarini yaratadi.
4-o`quvchi:
Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilig" asari, Mahmud Qashqariy "Devonu lug`otit turk" asari ila til tarihidan so`zladi.
5-o`quvchi:
Alisher Navoiy turk tilida "Xazoyinul maoniy" dek bebaho va "Xamsa"dek shoh asarni yaratib, so`z mulkining sultoni bo`ldi.
6-o`quvchi:
Zahiriddin Muhammad Bobur o`zining betakror "Boburnoma" asari orqali xalq tarihidan so`zlaydi.
7-o`quvchi:
Farobiy fozillar shahrini kitobda qurdi.
8-o`quvchi:
Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz tilimizning qudrati ila ezgulikdan so`zlaydi, buning barobarida jamiyat yuksaldi. Til tarihini so`zlovchilar sahnadan musiqa sadolari bilan kuzatiladi.
1-boshlovchi:
Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o`zbek shoirlari va adiblari o`z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O`zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o`qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
2-boshlovchi:
Tilning buyukligi ana shundaki, kishilarning ma'naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.
1-boshlovchi:
Har bir tilning poydevori
Yozuv harflardir azal.
So`z tuzadi, ular so`zga
Ma'no berar galma-gal.
2-boshlovchi:
Keling, navbatni "Til mushoirasi"ga beramiz. Bunda biz ona tili saboqlarini "Fonetika", "Morfologiya", "Sintaksis" guruhlaridan tinglaymiz.
Nomlari alohida qayd etilgan holda, sahnada uch guruhda besh nafardan o`quvchi chiqadi. Har bir guruh she'riy ta'rif beradi.
"Fonetika" guruhi:
1-o`quvchi:
Bobolardan qolgan ezgu til,
Yozuvi buyukdir buni yaxshi bil.
Tovushlarda aks etadi,
Qalam buni bayon etadi.
2-o`quvchi:
Tovushlarni ta'rif etay,
Ular tilning gavxari.
Shu boisdan alifbodan
Joy olishgandir bari.
3-o`quvchi:
Oltovmiz biz, unutmang,
Bizda bor faqat ovoz.
O va a bizga qondosh,
I va ye esa safdosh,
U va o` g`am bor yana,
Barimiz so`zda bosh-qosh.
4-o`quvchi:
Yigirma uch qarindosh,
Deyishar bizni undosh,
Ovoz-shovqin raqs tushsak,
Quvnaymiz bo`lib qardosh.
5-o`quvchi:
Tutuq belgisi bo`lsam-da,
So`zda mening o`rnim bor.
Jur'at, Sur'at, Sa'dulla,
Yoddan chiqarmang zinhor.
"Morfologiya" guruhi:
1-o`quvchi:
Jonivorga almashtirmang,
So`roqlarim "Kim?", "Nima?",
"Qayer?" ham menga tobe,
So`z turkum sardori "Ot"man.
2-o`quvchi:
So`ylang, qay so`z turkumi
Tovlanadi rang-barang.
Zavq berar darajam ham,
Deyishar "qanday?" "Sifat".
3-o`quvchi:
Hammani bir-bir terib,
Hayron qildim hammani,
Hammani sanab "Nechta?",
Ardoqlab "Son" der meni.
4-o`quvchi:
Nima almashib kelar,
Ot, sifat, son o`rnida?
So`roq qilib, belgilab,
Toki ko`rsatib tursam,
Der, "Olmosh" o`z o`rnida.
5-o`quvchi:
Ovoz beramiz, ish bor joydan,
O`rtog`im belgini bildirar,
So`roqlaridir "qanday?", "qaysi?",
O`zimni hech so`ramang asli,
Doim harakatda bo`laman.
"Fe'l" bo`lib, ishga yuguraman.
"Sintaksis" guruhi:
1-o`quvchi:
O`zim gapning egasiman, egasi,
Hech bo`lakka bo`ysinmas xokimman,
Men ne desam kesim darhol ko`najak,
"Qayer?", "Nima?", "Kim?" deb
So`roqlab qolaman.
2-o`quvchi:
Ega nima buyursa, men shunga tayyor,
Shaxs, sonda va zamonda mosligim bor.
Askariyat fe'ldan hosil bo`lib doim,
Olmosh, otdan, sifat, sondan ifodam bor.
3-o`quvchi:
To`ldiruvchi derlar asli otimni,
Men ikkinchi darajali bo`lakman.
Kesimjonning orqasidan ergashib,
Ma'nosini to`ldirgani kerakman.
4-o`quvchi:
Gapda otga bog`langanman doim,
"Qanday?", "Qaysi?", kabi so`roqlarim bor.
Ismimni der, erkalab "Aniqlovchi",
Ega, kelishikda o`rtoqdarim ko`p.
5-o`quvchi:
Ega bilan ishim yo`q, kesimning oshnasiman,
Ish- harakatning "qachon?", "qanday?" yoki "qaerda?".
Menga kesim bo`lsa bas, laxzada ishim bitar,
Ikkinchi darajali bo`lak, ismimni "hol" deyishar.
Hamma birgalikda jo`r bo`lib, quyidagi she'r bilan kechani yakunlashadi.
Bobolardan bizga me'ros ezgu til!
Barcha qonuniyatin ardoqlab doim,
Ma'naviy me'rosni asragaymiz bil.
Qalbimizga, jonimizga ko`zgu til.
1-boshlovchi:
Ona tilim, o`zingdirsan elni opichlab,
Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo.
Ona tilim, o`zingdirsan yillab asrab,
O`zbek elin Istiqlolga yo`llagan daho.
2-boshlovchi:
"Til bayrami" barchangizga xush kayfiyat bag`ishlagan bo`lsa, minnatdormiz.
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog`san.
Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir targ`iboti namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.
“Til – millat ko`zgusi” tadbiri dasturi
1 – boshlovchi: Bugun joningizga fido jonimiz
Baxtlarga to`lsin, har bir onimiz
Takrorlab aytadi xush zabonimiz
Assalomu alaykum qadrdonlar!
2- boshlovchi: Kunda to`y- tomosha bazmdamiz biz,
Qo`shiq aytib navo – nazmdamiz biz,
Sizga bir umrga ta`zimdamiz biz,
Assalomu alaykum, qadrdonlar!
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli do`stlar, opa – singillar! Mana bugun ona – yurtimizning har bir go`shasida katta bayram, katta shodiyona. Ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilgan kunga roppa – rosa 28 yil to`ldi.
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli davramiz ishtirokchilari. Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo`tabar bo`lgan elimizning ulug` bayrami – til bayrami bilan muborakbod etamiz. “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi” berilgan kunga bag`ishlab 5 – “A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Til –millat ko`zgusi” deb nomlangan kamtarona tadbirimizni e`tiboringizga havola qilamiz! Tabrik uchun so`z beriladi.
“Vatan” qoshi`gi
1 – boshlovchi: Oh, ona tilginam muqaddas tilim
Bir o g`iz so`zingga jonim tasaddiq
Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim,
Bormikan ajib til sendan ham ortiq.
2 – boshlovchi: Endigi navbatni ona tilimizni madh etuvchi she`rlarga bersak. Marhamat.
Ona tili haqida she`rlar ( 12 ta )
1 – boshlovchi: Ha, ona tilimiz har birimizga jon kabi yaqin va aziz, ko`nglimizga cheksiz surur bag`ishlaydi.
2 – boshlovchi: Chunki ona tili ona suti orqali jon – jonimizga, qon – qonimizga singib ketgan. Shu sababli bo`lsa kerak, uni buyuklikda eng mo`tabar zot onaga qiyoslashadi va “ona tili” deb e`zozlashadi.
“Ona” qo`shig`i
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
2-boshlovchi: Baxrom aka , keling, o’zbek tili tarixiga oid bo’lgan ma’lumotlarimizni shu yerda to’xtatib tursak-da, tomoshabinlarimiz qalblariga huzur bag’ishlash niyatida navbatni bir go’zal taronaga bersak. Marhamat!
( raqs )
1 – boshlovchi: O`zbek tilimiz bugun 28 yoshga to`ldi. Shuncha yillar davomida u o`zligini aslo yo`qotmadi.
2 – boshlovchi: Keling Muhammadyusufxon, davramizga ona tili malikasini taklif qilsak va tavallud ayyomlari bilan muborakbod etsak.
Musiqa sadolari ostida ona tili malikasi tashrif buyuradi.
Ona tili : Bugun yurtda shodiyona
Bayram avjida do`stlar,
Tabrik etib qutlagaysiz,
Qadrdon, aziz, do`stlar!
Assalomu alaykum, jannatmakon yurt egalari, mustaqil vatan poydevorlari. Mening tavallud topgan kunim bilan qutlash uchun tashrif buyurgan aziz insonlar!
1 – boshlovchi: Ona tili malikasi, sizning tavallud topgan kuningiz bilan
HAMMA: Tabriklaymiz!
2 – boshlovchi: Necha yillardan beri biz seni ardoqlab, qalbimiz to`rida saqlab kelamiz.
1 – boshlovchi: Malikam, sizni qutlash uchun dunyoning 7 iqlimidan kelgan mehmonlar navbat kutib turishibdi. Ruhsat bersangiz, ularni davramizga taklif qilsam.
1 – mehmon “Amor” ( ingliz tilida tabrik)
2 – mehmon “Kalinka” ( rus tilida)
3 – mehmon “Andijon polkasi” ( Andijonliklar)
4 – mehmon “Bahor va kuz”
Ona tili : Rahmat, azizlarim. Sizlarning tabrik so`zlaringiz mening dilimni shod etdi. Meni e`zozlar ekansiz, millat ko`zgusi bo`lib qolaveraman.
Raqs
Ona tili haqidagi she`rlar aytiladi.
1 – boshlovchi: Durdonaxon, ona tilimizni avaylash haqida so`z borar ekan, hozirgi kunda tilimizni buzib talaffuz qilib, boshlarini telefondan ko`tara olmayotgan yoshlarni ham uchratib qolamiz.
2 – boshlovchi: Yo`g`eee, nahotki shundaylar ham oramizda bo`lsa.
1 – boshlovchi: Bo`lmasa, davramizga mehmonlarni taklif etamiz va ulardan ajoyib maslahatlarni eshitamiz.
“ Telefondan bosh ko`tar” qo`shig`I
1-boshlovchi: Bisyor bo’lsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
2 – boshlovchi: Bu yorug’ dunyoda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom.
Yakuniy qo`shiq
“Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston”
1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, shu bilan bugungi bayram tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Ulug‘ ajdodlarimiz, ota bobolarimiz so‘zlashgan til – bizning yuragimizda ildiz otgan daraxtga o‘xshaydi. Bu daraxt doimo yashnab turmog‘i kerak. Uni ulug‘ ajdodlar qadrlagandek sevishimiz, boyishiga hissa qo‘shishimiz bilan birga, tilimizdagi jozibador so‘zlarning talaffuzini buzmasdan so‘zlashishimiz kerak.
2 – boshlovchi: Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
Qo`qon shahar XTB tasarrufidagi 15 – umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan “Til – millat ko`zgusi” tadbiri
DASTURI
O`qituvchi: To`xtaboyeva D
@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |