Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari



Download 190,5 Kb.
bet1/3
Sana17.07.2022
Hajmi190,5 Kb.
#817153
  1   2   3
Bog'liq
Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari


Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari va mexanizmlari
Reja:


1. Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari
2. Tikuv mashinalarining asosiy mexanizmlari

TIKUV MASHINALARINING ASOSIY ISHCHI ORGANLARI
Igna tikuv mashinasining asosiy ishchi organlaridan biri bo`lib shisoblanadi. Hamma mashina ignalari gazlamani teshib, ustki ipni igna plastinasi ostiga olib o`tish va ustki ipdan halqa hosil qilish uchun xizmat qidadi.
Ignalar to`g`ri va yoysimon ko`rinishlarda bo`ladi. Yashirin bahya hosil qilib tikish mashinalarida yoysimon igna materialning yarim qalinligiga sanchiladi. Yoysimon shakldagi ignalar asosan yarim aylana – traektoriya buylab harakatlanadi. Moki bahyali tikuv mashinalarida esa vertikal harakatlanuvchi to`g`ri ignalar qo`llaniladi. Ignaning uzunligi va ish yo`li orqali tikuv mashinasining konstro`qtiv parametrlari aniqlanadi.
Bahya hosil bo`lish jarayonida to`g`ri va yoysimon ignalarning sholati 6-rasmda kursatilgan.



6-rasm. To`g`ri va yoysimon ignaning bahya hosil bo`lish jarayonidagi sholati: a – ignaning gazlamaga sanchilishi, b – igna ipi halqasi hosil bo`lishi, v – moki yoki chalishtirgichning halqani ilib olishi.

Moki ustki igna ipini ilib olib, uni kengaytirib, uz atrofidan aylantirib ostki ip bilan chalishtirish uchun xizmat qidadi. Moki qurilmasi (7-rasm) 1-naycha, 2-naycha kopkogi, 3-moki o`qi,4-naycha ushlagich va 5-moki uchidan tuzilgan. Gazlama 8 ni ustdan tepki 7 bosib turadi. Moki bahyasi hosil bo`lish jarayonida moki uchi 5 igna 6 eng pastki sholatidan kutarilishi paytida hosil bo`lgan ipning halqasini ilib olib, uni kengaytirib naycha ushlagich 4 atrofidan aylantiradi. Moki tashqi diametri buylab aylantirilgan igna ipi moki ipi bilan chalishadi va bahya hosil bo`ladi.





7-rasm. Yashirin zanjirsimon bahya hosil bo`lish jarayoni: a, b-ignaning gazlama ustki qismiga sanchilish nuqtalari. 1-igna, 2-burttirgich, 3-igna plastinasi.

8-rasm. Moki yordamida bahya hosil bo`lishi: 1-naycha, 2-naycha kopkogi, 3-moki o`qi, 4-naycha ushlagich, 5-moki uchi, 6-igna, 7-tepki, 8-gazlama.

Tikuv mashinalarida naychadagi ipning uzunligiga qarab normal va katta xajmli mokilar qo`llaniladi. Tikuv mashinasining loyihalash va takomillashtirish jarayonida uning stabil ishlashi va umrbokiyligini ta`minlash asosan mokilarni to`g`ri tanlashga bog`liq bo`ladi. Tikilayotgan kiyimdagi bahyaqator ko`rinishi ham moki tanlanishiga bog`liq.
YAshirin zanjirsimon bahya hosil bo`lishida yoysimon ko`rinishdagi igna 1, igna plastina 3 tagidagi burttirgich 2 qatnashadi. YOysimon igna 1 gazlama 4 qatlamining yarim qalinligiga sanchiladi. Bu jarayon ignaning yoysimon traektoriya bo`yicha harakati orqali ta`minlanadi (8-rasm).



9-rasm. CHalishtirgich yordamida bahya hosil bo`lishi: 1-chalishtirgich, 2-igna,
3-chalishirgich ipi, 4-igna ipi, 5-gazlama
.
Zanjirsimon bahyali tikuv mashinalarida moki funktsiyasini chalishtirgich bajaradi. Ish jarayonida chalishtirgich 1 igna 2 ipi 4 ning halqasini ilib olib, o`nga o`zining ipi 3 ni o`tqazib, uni ignaning gazlama 5 ga keyingi sanchilishiga tayyorlaydi (9-rasm) va halqaga halqani o`tqazish bilan bahya hosil bo`ladi.
Harakat yunalishi bo`yicha o`ng va chap chalishtirgichlar mavjud. CHalishtirgichning tebranish va aylanish o`qi gorizontal hamda vertikal bo`ladi. Gazlama chetlarini uch ipli yurmab tikuvchi mashinalarda bahya hosil bo`lish jarayonida igna bilan ikkita ustki va ostki chalishtirgichlar qatnashadi. Bir ipli yurmalash bahyasi igna bilan ikkita kengaytirgich ishtirokida olinadi.
Tishli reyka gazlamani bir bahya uzunlikka surish vazifasini bajaradi. Gazlamani surish mexanizmi bahyaqator yirikligini sozlash, gazlama surilish yunalishini o`zgartirish qurilmalaridan tuzilgan. Gazlama surilishi tishli reyka va tepki ishtirokida amalga oshiriladi. Ba`zi tikuv mashinalarida gazlama surilish jarayonida ikki, uch yoki to`rttadan iborat ishchi organlari qatnashadi (10-rasm).
Trikotaj mashsulotlarini tikishda ikki tishli reykali differentsial mexanizm qo`llaniladi. Bunda igna 2 (10-rasm, a) yuqorigi sholatini egallaganda ustki va ostki materiallar 4 va 5 tepki 1 ning ostiga o`rnatilgan tishli reyka 3 hamda ostki reyka 6 yordamida suriladi. Ba`zi shollarda material bilan tepki 1 va tishli reyka 6 orasida ishkalanish koeffitsienti shar xil bo`lishi natijasida gazlamaning ustki 4 va ostki 5 qatlamlarining bir-biriga nisbatan siljishi sodir bo`ladi. Bu shol materialga nisbatan ipning qalinligi to`g`ri tanlanmaganidan kelib chikishi mumkin (10-rasm, b). Ana shunday siljishlarni bartaraf etish maqsadida igna 2 ga ham mashina platformasiga nisbatan ogma harakat berilgan. Gazlama qatlamlari siljishlarini yo`qotish uchun ustki va ostki tishli reykalar qo`llanilgan tikuv mashinalari ham mavjud. CHarm mashsulotlarini va zich materiallarni tikuvchi mashinalarda surilish jarayoni roliklar va tishli reyka ishtirokida ta`minlanadi.
Tishli reyka ellipssimon traektoriya bo`yicha harakatlanadi. Ip tortgich ignaning pastga harakatida, moki atrofida aylantirilishida sarf bo`ladigan ipni uzatish va bahyani taranglash uchun xizmat qidadi. Zanjirsimon chok bilan tikuvchi mashinalarda ip tortgich funktsiyasini ip uzatgich bajaradi.
Ip tortgichlar ko`p shollarda murakkab harakatlanuvchi richag ko`rinishida tayyorlanadi. Ip tortgich uz funktsiyasini igna va moki ishlari bilan hamkorlikda bajaradi. Tikuv mashinalarida turli ko`rinishdagi ip tortgich konstro`qtsiyalari qo`llanilgan. Ip uzatish sistemasiga shar xil turdagi ipni taranglash qurilmasini qo`llamasdan sifatli bahyaqator olib bo`lmaydi. Moki bahyali tikuv mashinalarida naycha kopkogida prujinali taranglash qurilmasi o`rnatilgan. Ipning taranglanishi vint yordamida prujinaga bosim berish natijasida ta`minlanadi. Bahyaqator sifati ustki va ostki iplarning taranglik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Taqsimlagich ko`p ignali tikuv mashinalaridan ustki iplarni taqsimlash vazifasini bajaradi. Taqsimlagich ko`p shollarda bir, ikki va ko`p ipli zanjirsimon chokli ko`p chizikli bahyaqatorlar o`rtasidagi bitta ipni taqsimlash vazifasini bajaradi. Ipni taqsimlash chok tartibini, ko`rinishi va xossasini o`zgartiradi.
Zanjirsimon bahyaqatorlar orasidagi ipni taqsimlash jarayoni 11-rasmda kursatilgan.
Taqsimlagich 3 bahya uzunligiga ko`ndalang tebranma harakatlanib, o`zining ipi 2 ni ignalar 1 orasidan o`tqazadi. Bu sholda turli rangdagi iplar ishlatilganda chiroyli bahyaqator hosil qilish mumkin.



10-rasm. Bahya uzunligi yunalishi bo`yicha buylama tebranma harakatlanuvchan
igna va tishli reyka ishtirokida gazlama surilishi.
1 - tepki, 2 - igna, 3 - tepki asosi, 4 - ustki material,
5 - ostki material, 6 - tishli reyka.







Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish