224
samaraliroq usullarini toðishni talab qildi. Natijada gazlama bichish-
ning yangi-yangi usullari, jumladan, ðresslarda, rotatsion qurilma-
larda va boshqa uskunalarda maxsus asboblar yordamida bichish
usullari ðaydo bo‘ldi.
Òikuvchilik sanoatida gazlama bichishning bunday usullari ishla-
tilganda, to‘shash
bilan bichish ishlari, bichish bilan kertish
jarayonlari bir vaqtda bajariladigan bo‘lsa, materiallarni ko‘ðroq
tejash va mehnat unumdorligini ko‘ðroq oshirish mumkin bo‘ladi.
Biroq bunday usullarda bichilganda, asboblar turi nihoyatda ko‘ða-
yib, ularga ketadigan xarajatlar ortadi, chunki bunda har bir shakl
va har bir o‘lchamli kiyimning har qaysi detali uchun bittadan
asbob loyihalash va tayyorlash, gazlama bichishning biror usulidan
boshqasiga o‘tish uchun yangi asbobni o‘rnatish va uni uzoq vaqt
ishga moslash kerak bo‘ladi.
Shu sababli, mutlaqo tabiiyki, asbob-
larga ketgan xarajatlar ularning ko‘ð vaqtga chidashi va material-
larni tejash hisobiga qoðlansagina gazlamalarni maxsus asboblarda
bichish samarali natija beradi.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik fabrikalarining ko‘ðchiligida to‘shama-
larni universal usulda qirqishda quyidagi mashinalar ishlatiladi:
ko‘chma bichish mashinalari (EZM-2 tiðidagi vertikal ðichoqli yoki
EZDM-1, EZDM-2, OM-3 tiðidagi disk ðichoqli mashinalar),
statsionar mashinalar (Rl-4 va ShVn-03 tiðidagi lenta ðichoqli
mashinalar).
Vertikal ðichoqli ko‘chma bichish mashinasi to‘shamani alohida
qismlarga (seksiyalarga) bo‘lish, shuningdek, alohida detallarni
qirqish uchun ishlatiladi. Bu tiðdagi mashinalardan jun, yarimjun
va ið gazlamalar to‘shamasining balandligi 13–15
sm gacha
yetganda ham foydalaniladi.
Vertikal ðichoqli EZM-2 ko‘chma bichish mashinasining (140-
rasm) qirqish organi qalinligi 0,8 mm, uzunligi 185 mm va kengligi
22 mm bo‘lgan ðichoq (1) dan iborat. Mashinaning tik tutgichi
(2) ga joylangan ðichoqning ikki yoniga 15°–20° burchakli qilib
charxlangan tig‘i tik tutgichdan 8–10 mm oldinga chiqib turadi.
Balandligi 180 mm li tik tutgich mashinaning ðlatformasi (3) ga
o‘rnatilgan. Òik tutgichning ustida minutiga 3000 marta aylanadigan
elektr yuritgichi (4) bo‘ladi.
Ko‘chma bichish mashinalari ko‘chma statsionar holatda o‘r-
natilsa, ularni lentali bichish mashinalari o‘rnida ishlatish ham
mumkin.
Vengriyaning Pannoniya firmasi qo‘zg‘aluvchan ðichoqli bichish
mashinalarining 20 dan ortiq variantlarini ishlab chiqaradi. Hozirda
firma CS 529 16-1-42-K tiðidagi takomillashtirilgan ðlastinasimon
225
ðichoqli qo‘zg‘aluvchan bichish
mashinasini ishlab chiqarmoqda. Bu
mashina
bosh valining aylanishlar
soni 2800 ayl/min. Elektr yuritgichi
turi F572 NN 01. Gabarit o‘lcham-
lari 560x185x330. Pichog‘ining harakat
yo‘li 26 mm. Pichoq qalinligi 0,7
mm. Qirqiladigan material qalinligi
160 mm. Charxlash organi harakat
yo‘li 156 mm. Pichoqning avtomatik
o‘tkirlanish vaqti 2–2,5 min. Pichoq
20° ostida o‘tkirlanadi.
CS 529 16-1-42-K mashinasi
tolali, to‘qima va sintetik material-
larni bichishga mo‘ljallangan.
Mashina
korðusi (1) da elektryuritgichi (2),
ðichoq va charxlash mexanizmlari
joylashtirilgan bo‘lib, ularni ðlatforma
(4) ga o‘rnatilgan tayanch (3) ushlab
turadi. Pichoq (5) qa vertikal ilgari-
lanma-qaytma harakat krivoshið ðol-
zunli mexanizm orqali uzatiladi. Pichoq (5) ning old tomoniga
materialni bosib turuvchi ðlanka (6) joylashgan. Pichoqning o‘ng
va chað tomonidagi tortqi (7) ga vintlar bilan mahkamlangan
charxlash toshlari (8) o‘rnatilgan. Charxlash toshlari (8) ikki tomon-
lama aylanma harakatni bosh valga o‘rnatilgan disklardan shnurlar
orqali oladi. Charxlash aylanishlari orasidagi masofa 0,5–1 mm
bo‘lishi kerak. Mashina ðlatformasi ortida roliklar o‘rnatilgan bo‘lib,
ular ðlatformaning stol ustida yengil siljishini ta’minlaydi (141-rasm).
Vertikal ðichoqli ko‘chma bichish mashinalariga ðichoq harakati
tezligini ko‘rsatadigan taksometr o‘rnatilsa,
qirqish tezligini keragicha
o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Buning zarurati shundaki, masalan,
sintetik tolalardan to‘qilgan gazlamalar tez eriydigan bo‘lgani uchun
bichish mashinasi elektr yuritgichining aylanish tezligi minutiga
1800 martagacha kamaytirilishi kerak bo‘ladi. Hozir vertikal ðichoqli
ko‘chma bichish mashinalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda.
Buning uchun elektr yuritgich ðodshiðniklari avtomatik moylana-
digan, mashina mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan,
iðlardan mexanik yo‘l bilan tozalanadigan qilinmoqda; mashinaning
ichiga ið yoki siyrak to‘qilgan gazlamalar kirib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydigan va gazlamaning bichish sifatini yaxshilaydigan ði-
choq tig‘ining yangicha konstruksiyalari toðilmoqda. Pichoq tig‘ini
Do'stlaringiz bilan baham: