Tikuv 1-123 (2013). P65


O‘zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun toðshiriqlar berish



Download 28,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/142
Sana19.06.2023
Hajmi28,89 Mb.
#952326
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142
Bog'liq
Олимов. Тик жихозлари (1)

O‘zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun toðshiriqlar berish
O‘quvchilarga mavzuni to‘liq o‘zlashtirib olgan mavzu ustida
takrorlashlari uchun toðshiriqlar berilishi zarur. Bunda o‘zlari tikuv
mashinasiga iðlarni taqishlari, ignani o‘rnatish, mokini joylashtirish
bo‘yicha vazifalar tanlashlari mumkin. Bu ularga olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun imkoniyat yaratib beradi.
Òahlil va sintezlar
Har qaysi o‘quvchi tikuv mashinasi to‘g‘risida olgan bilim va
ma’lumotlarini qay tarzda qabul qilgan bo‘lsa, shu tarzda tahlil
qilinadi, chunki sintez orqali boshqa ilm-fan sohalari bilan bog‘-
liqlik hosil qiladi.
Baholash
Har bir toðshiriq vazifalar berilgandan keyin baholanishi kerak
bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi o‘zi uchun maxsus baholash varag‘i
tutib, ðassiv va aktiv berilgan fikrlarni baholab borishi shart,
shundagina o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘z maqsadiga erishdimi,
yo‘qmi ma’lum bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish
Amaliy mashg‘ulotlar atroflicha tayyorgarlik ko‘rib o‘tkazilishi
lozim.
Ba’zi hollarda amaliy mashg‘ulot nazariy darsga ulanib ketishi
mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishning turli qoidalari mavjud
bo‘lib, biz bevosita va bilvosita olib boriladigan amaliy mashg‘u-
lotlar to‘g‘risida to‘xtalamiz. Bevosita boshqariladigan amaliy mash-
g‘ulotlarda ma’ruzalar, taqdimotlar va namoyishlardan foydalaniladi.


244
Bularga sxemalar, ðrosðektlar, videotasvirlar, jihozlarning maketlari
va asl namunalari kiradi. Yaxshi ishlab chiqilgan o‘quv materialini
talabalar diqqat bilan tinglab, kuzatadilar. Agar mashg‘ulotlar savol
va javoblarga asoslangan o‘quv suhbatlari, muammolarni muhokama
qilish doirasida olib borilsa yaxshi samara beradi.
Bilvosita olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar asosan o‘quvchi-
larga yo‘naltirilgan mashg‘ulot bo‘lib, unga tayyorlangan toðshiriqlar
vositasida matnli kitoblarni o‘qish, mustaqil o‘rganish orqali o‘yin-
mashg‘ulot olib borish, biror vaziyatni o‘rganish, talabaning o‘zi
mustaqil o‘rganishiga, bilimlarni o‘zlashtirishga turtki berish kabilar
kiradi. O‘qituvchi kuzatuvchi yoki maslahatchi sifatida qatnashishi kerak.
Jarayonga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga davra suhbati, guruhiy
munozara olib borish, moderatsiya usullaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
Ba’zi hollarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv
ustaxonalaridan foydalaniladi.
O‘quvchilar birinchi marta ustaxonalar, ish joylari va sharoitlar
bilan tanishtiriladi va bir ðaytning o‘zida atrof-muhitga ta’sir
etmaydigan faoliyat, mehnat xavfsizligi qoidalari, sog‘liqni saqlash
va energiyani tejab ishlatish haqida xabardor qilinadilar.
Mehnat xavfsizligi qoidalariga baxtsiz hodisalar va ishlab chiqa-
rish jarayoniga ta’sir etuvchi holatlarning oldini olish borasidagi
xatti-harakatlar kiradi. Bularga ish o‘rnida shaxsiy xavfsizlik, himoya
vositalari va mexanizmlardan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inning oldini
olish choralari, olov o‘chiruvchi moslamalar kiradi.
Ko‘ð hollarda mehnat xavfsizligi qoidalarini tushuntirish ish
bilan bog‘liq ravishda olib boriladi.
O‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarga bajariladigan ish bosqichlari,
asbob va mashinalardan foydalanish, sifatni nazorat qilish usullari
kabi turli amaliy ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda 4 ðog‘onali usul yoki yo‘nal-
tiruvchi matn va loyiha usuli kabi zamonaviy usullarni qo‘llash
tavsiya etaladi.

Download 28,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish