SHuningdek, AQSH dollari, Frantsiya franki va boshqa rivojlangan mamlakatlarning pul birliklaridan ham keng foydalanilgan. Milliy valyutalarni bir mamlakatdan boshqasiga «o’tib yurishi» ularga bo’lgan talab va taklifga, ular o’rtasidagi nisbatga ta’sir qilib turgan va natijada ularning bozor kursi yaratilgan. Milliy valyutalarning bozor kurslari oltin paritetdan oltinni to’lov uchun tashish bilan bog’liq bo’lgan transport harajatlari miqdorida farq qilgan. Bunday farq unchalik sezilarli darajada bo’lmay nibsatan barqaror bo’lgan, shuning uchun ham valyuta kurslari amalda qayd etilgan hisoblangan
Do'stlaringiz bilan baham: |