Pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga tulanadigan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazishlari, turli ko’rinishdagi xukumat yordamlarini (insonparvarlik) o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganga nisbatan yuqori, ya’ni bu operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zahiralarini kamaytiradi (-7). - Pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga tulanadigan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazishlari, turli ko’rinishdagi xukumat yordamlarini (insonparvarlik) o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganga nisbatan yuqori, ya’ni bu operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zahiralarini kamaytiradi (-7).
- Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar to’lov balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-82), bu esa shuni anglatadiki, mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifidan ortiq bo’ldi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikka ega. Uni qoplash uchun mamlakat yo qarz oladi (uzoq va qisqa muddatli kreditlar), yo o’z ko’chmas mulkini (er, bino) va moliyaviy aktivlarini (aktsiya va obligatsiyalar) sotadi. Biroq mamlakat joriy to’lov balansining ijobiy qoldig’iga ega bo’lishi mumkin. Agar uning eksport operatsiyalari import operatsiyalaridan ortiq bo’lsa, shunday hol yuz beradi.
Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’langan. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-82) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga (+53) moliyalashtiriladi. Va aksincha, agar joriy operatsiyalar bo’yicha balans aktivga ega bo’lsa, u holda bir vaqtda kapitallar harakati balansi bo’yicha kapitallarning sof kelib chiqishi amalga oshirilgan bulardi.
SHunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-birini tenglashtirib boradi va aslida ham bir-biriga teng bo’lishi kerak, biroq amalda doimo taqchillik yoki ortiqchalik yuzaga keladi. SHuning uchun turli mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy rezervlar deb ataluvchi xorijiy valyuta zahiralariga ega. Bu rezervlar joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |