Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944 y.da BrettonVuds (AKSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (q. BrettonVuds bitimi). 1947 y. mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish
1998 y. boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.
1998 y. boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.
XVFning rahbar orgagshari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 y.ga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2 marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3 marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |