[124]. Depozit sertifikati kredit muassasasining omonatchiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag‘lari deponent qilin-ganligi haqidagi yozma guvohnomasidir. Boshqacha qilib aytganda, depozit sertifikati – kredit muassasasining pul mablag‘ini saqlashga top-shirilganligi haqida omonatchining depozitni olish huquqini tasdiq-lovchi yozma guvohnomasi.
Depozit banki – pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi bank.
Depozit indossamenti – depozitlarni boshqasiga o‘tkazish haqidagi o‘tkazma xat.
Do'stlaringiz bilan baham: |