Depozitariyning faoliyati
I CH K I
deponentlarni qabul qilish;
hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar qayd etish;
bitimlarni ro‘yxatga olish;
deponentlarga xabar yetkazish;
qimmatli qog‘ozlar yuzasidan daromad to‘lash va h.k.
T A SH Q I
transfer-agentlik operatsiyalari;
reyestrda aksiyadordan depozitariyga (nominal saylovchiga) qayta ro‘y-xatdan o‘tkazish va aksincha;
emitentdan (ro’yxatdan o‘tkazuvchi-dan) axborot olish;
emitentga axborot o‘tkazish.
28-chizma. Depozitariyning bajaradigan ishlari.
Depozitariyning asosiy faoliyati «depo» hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hamda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni depozitariy ro‘yxatidan o‘tkazishga qaratilgan.
«Depo» hisobvaraqlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar uchun depozitariyda qabul qilingan baholarda mijozdan haq undiriladi, u depozitariy kassasi orqali hisob-kitob varag‘iga kelib tushadi.
1994-yil aprel oyida O‘zbekistonda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida «Vaqt» milliy depozitariysi tashkil etildi. Uning ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, «O‘z-moliyainvest» aksiyadorlik jamiyati, SAMTU «Granit», «Toshkent» respublika fond birjasi hisoblanadi. «Vaqt» AJ aksiyadorlari orasida «Turon» aksiyadorlik tijorat banki, Rossiyaning «Rinako» depozitariysi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bor.
Milliy depozitariyning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha muomaladagi qimmatli qog‘ozlarni hisobga olinishi, saqlanishi hamda harakat qilishini ta’minlashdan iborat.
Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug‘ullanadi:
bozorda muomalada bo‘ladigan jami chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
aksiyadorlar reyestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini naqdsiz shaklda rasmiylash-tirish;
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ular-ni soxtalashtirish va yo‘qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati;
qimmatli qog‘ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, sovg‘a qilish, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish) amalga oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
O‘zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni hisobga olish.
Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida ish olib bormoqda:
elektron pochta tizimi;
yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzo va kript himoya tizimi;
elektron shakllar yordamida ma’lumotlarni elektron ayirboshlash tizimi;
abonent o‘rinlaridan foydalanish;
elektron pochtamtlar.
Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabat-lari o‘rnatgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo‘lishini tezlashtirish hamda aholi mablag‘larini xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlov asosida davlat mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan.
Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazishda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zining filiallari va ro‘yxatga olish punktlarini ochgan.
[126]. Jahon banklari amaliyotida banklar, odatda, arzon depo-zitlarni jalb qilish va ularni sotish orqali daromad olishga harakat qila-dilar. Aholining chek ko‘rinishidagi depozitlari, shu jumladan, oddiy foizsiz depozitlari eng arzon depozitlar hisoblanadi.
Bunday chek depozitlari bilan ishlash va ularni hisobga olish katta xarajatlarni talab qilgani bilan, mijozlar juda kam foiz daromadlari (ba’zida esa umuman foyda olmaydilar) oladilar. Bu esa bankka jalb qilinadigan boshqa mablag‘lar manbalariga qaraganda uning xarajat-larini kamaytiradi.
Fuqarolarga beriladigan chek depozitlarga nisbatan tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlari banklar uchun ancha arzonga tushadi. Chunki tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlar xarajati xususiy shaxslarga beriladigan chek depozitlar xarajatining yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, xususiy shaxsning chek depoziti hajmi tijorat firmasining chek depoziti hajmining 1/3 qismidan oshmaydi. Le-kin banklar va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar o‘rtasidagi chek depozitlari bo‘yicha raqobatning kuchliligi tufayli banklar bunday depozitlardan keladigan sof daromadni uncha katta deb hisoblamaydilar.
Muddatli depozitlar, nafaqa hisobvaraqlari, depozit sertifikatlari va pul bozoridagi hisob raqamlar, ularga mablag‘lar qo‘yish yoki ulardan olish yuzasidan kam muddatli depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraq-lariga o‘rnatiladigan foiz stavkasining ancha yuqori bo‘lishi tufayli ular jamg‘arma qo‘yilmalar bilan tenglashib qoladi. Yirik bo‘lmagan banklar yirik banklarga qaraganda jamg‘arma depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlar bo‘yicha katta xarajatlar qilsa ham, muddatli depozit va nafaqa hisobvaraqlari bo‘yicha qilinadigan xarajatlari, yirik banklarga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
Banklarning maqsadi ancha arzon depozitlarni jalb qilishdan iborat bo‘lgani bilan, qanday depozitlarni taklif qilish mijozlarga bog‘liq. Mijozlar talablari bilan kelisha olmaydigan banklar ularning talablarini bajarishga rozi bo‘lgan banklar foydasiga mijozlarini yo‘qotadilar.
[127]. Depozitlar bo‘yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank boshqaruvchisi uchun murakkab muammo hisoblanadi. Chunki ko‘proq mablag‘ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan yaxshi daromad olishni ham ko‘zlaydilar. Albatta, bu faoliyatni amalga oshirishdagi kuchli raqobat bank daromadiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor o‘rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o‘rnatgan foiz stavkasidan foydalanib, ko‘proq depozitlarni jalb qilish yoki qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkasi negizida ko‘proq depozitlarni jalb qilish yohud o‘rnatilgan foiz stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depo-zitlar hajmini kamaytirish ma’qulligi to‘g‘risida bir qarorga kelishi lozim. Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o‘sishni tanlaydi. Qimmat depozitlarning ko‘p hajmda jalb qilinishi bankning o‘sishini ta’minlaydi, lekin bank daromadi hajmi pasayadi.
Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari mavjud:
«xarajat + daromad»;
depozitlarga eng yuqori hajmdagi xarajatlarga asoslangan holda foiz stavkasini o‘rnatish;
alohida qo‘yilmalarga o‘rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga bo‘lish;
depozitlar bozoriga kirib borish maqsadida foiz stavkasi o‘rna-tish;
yuqori daromadli mijozlarni jalb qilish maqsadida depozitlarga qiymat o‘rnatish;
mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga foiz stavkasi o‘rnatish (qiymatni o‘rnatishning ko‘p omilli usuli);
bankning o‘z maqsadlariga erishishini ko‘zlab, depozitlarga baho o‘rnatish usuli.
Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o‘rnatish usuli keng qo‘l-laniladi.
[128]. Yirik hajmdagi DS – rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz bo‘yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan ortiqcha mablag‘ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli shaxslardan va nihoyat, Markaziy bankdan ma’lum bir muddatga ma’lum miqdorda qarz olish uchun beriladi. DS – foizli tilxat bo‘lib, olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz stavkasi o‘rnatiladi. Yirik hajmdagi DSlaridan qisqa muddatlarda, asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, bunday DSni ro‘yxatdan chiqarish muddati kelgun-cha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning uchun ham, uni «o‘tkazma» DSti deyiladi. Foiz stavkasi o‘rnatilgan DS lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni sotib oluvchi xaridorga yillik 8% miqdorida foiz stavkasi va’da qilsa, depozitor 6 oydan so‘ng quyidagi mablag‘ga ega bo‘ladi.
Misolimizda:
Xaridorga to‘lanadigan summa
|
=
|
100000
|
+
|
100000
|
·
|
180 kun
|
·
|
0,08
|
=
|
104000 $
|
|
|
|
|
|
|
360
|
|
|
Demak, xaridor 6 oyda 4000 dollar foyda topadi. Hisobdan chiqarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan DSlaridan depozitor har 6 oyda foiz daromadi oladi.
Depozit bozorining 20 foizini tashkil qiluvchi o‘zgarib turuvchi foiz stavkasi bilan chiqarilgan DSlari ma’lum bir muddat ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Yangi foiz stavkasi depozitlarning ikkilamchi bozorida qo‘llanila-yotgan foiz stavkasi asosida yoki banklararo o‘rnatiladigan «libor» foiz stavkasi asosida o‘rnatiladi.
DSlarini sotuvchi bank foyda keltiruvchi qarz mablag‘lariga ega bo‘ladi, chunki depozitlar uchun rasmiy zaxira talablari o‘rnatilmagan. Yirik banklarning chek hisob raqamlari uchun esa 10 foizlik zaxira talablari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, DS larining hisobdan chiqarish muddatlari turlicha bo‘lgani va bu muddatdan oldin hisobdan chiqarish qonun bilan taqiqlanganligi tufayli, bank depozitlarining mustahkamligi va barqarorligi ta’minlangan. Lekin yirik hajmdagi DSlarning foiz stavkasi o‘zgarishiga bo‘lgan sezuvchanligi yuqori bo‘lganligi tufayli bunday DS laridan muntazam foydalanuvchi banklar daromadining doimo mustahkam bo‘lishini ta’minlash maqsadida ish olib borishlari (hatto foizlarni sug‘urtalash usullaridan foydalanishlari mumkin) lozim.
[129]. Depozitlar bank mablag‘larini tashkil qilishning asosiy man-bayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun depozitlar hajmi yetarli bo‘lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbir-larni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o‘z mablag‘larini nodepozit qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiradi.
Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari bank mablag‘lari manbayining asosiylari hisoblanadi:
kapital bozoridagi yirik hajmdagi qisqa muddatli depozit sertifikatlari;
banklararo depozitlar;
qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog‘ozlari hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar;
kliring chek hisobvaraqlari.
Bank boshqaruvchisi bank mablag‘larini tashkil qilish bilan passivlarni boshqaradi. Shu maqsadda boshqaruvchi mijozlar talabini qondirish uchun qancha miqdorda va muddatga depozit mablag‘lar kerakligini, uning qaytarilishini ta’minlashni hisoblab chiqishi lozim.
Bu o‘rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo‘l keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag‘-lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |